I oliy va o`rta


-asosiy masala buyicha o`qituvchining maqsadi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
1-asosiy masala buyicha o`qituvchining maqsadi: O‗tmishda bola tarbiyasida 
qo‗llanilgan usullar, urf-odatlar, an‘analar, xaqida talabalarga bilim berish va ta‘lim 
berishda xalq pedagogikasining o‗rnini tushuntirish. 
Identiv o‘quv maqsadi 
1.1. O‗tmishda bola tarbiyasida qo‗llaniladigan usullar va vositalar haqida bilimga ega 
bo‗ladilar.
1.2. O‗tmishda bola tarbiyasida qo‗llangan usul va vositalarning hozirgi kundagi bolalar 
tarbiyasida tutgan o‗rni haqida bahs yuritadilar. 
1-asosiy savolning bayoni: 
O‗tmishda 
ota-bobolarimiz 
tarbiyada 
nasixat, 
tushuntirish, 
maqtash, 
rag‗batlantirish, na‘muna ko‗rsatish, tanbex berish, taqiqlash, majbur qilish, po‗pisa 
kilish, qo‗rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Jamoa azolari bu usullarni qo‗llashda, 
ahlok qoidalariga suyangan xolda, qilgan ishi, xatti-xarakatining to‗gri yoki noto‗griligi 
xaqida bolada ishonch xosil kilishga xarakat qilganlar, unga ahloklilik va ahloksizlik, 
odillik va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning ma‘nosini tushuntirganlar. Bu tartib 
tarbiyada asosiy qoida hisoblangan. Tushuntirishda bolalarning yoshi hisobga olingan.
Ota-onalar bolalarga ahlok koidalarini tushuntirishda, «Kamtarlik xam bir xislat», 
«Odob-kishining zebi ziynati», «Eshik ochik bo‗lsa ham so‗rab kir‖, maqollari, ―Yotish 
qoidasi‖ hikoyasi, ―Xasis va afandi‖, ―Xovlikma‖, ―Maqtanchoq‖ kabi latifalaridan 
foydalanishgan. Chunki makol va latifalarning obrazliligi bolalar ongiga, hissiyotiga 
kuchli ta‘sir etgan. Xalq pedagogikasida bolaga fikrni qisqa, anik bayon etish 
qobiliyatini o‗stirishga e‘tibor berilgan. Yaxshi so‗z, yaxshilik qilish, yomonlik va ko‗p 
so‗zlashning zarari haqida maqollar ijod qilingan. 
Oz so‗z-soz so‗z, Yaxshidan bog‗ qolar, 
Tilga ixtiyorsiz- Yomondan dog‗ g‗olar. 
Elga e‘tiborsiz. Yaxshi odam oshini yer, 
Yaxshilik yerda qolmas. Yomon odam boshini yer. 
va boshqalar. 


24 
Axloq qoidalari bir guruh bolalarga va bir bolaga aloxida tushuntirilgan. Ayrim 
vaqtlarda kattalar birlashib bolasi axloqsizlik qilgan oilada suxbat o‗tkazishgan, 
bolaning xatti-xarakatidagi noo‗rin jixatlarni ko‗rsatib, ota-onalarga tegishli maslaxatlar 
berganlar. O‗tmishda axloq tarbiyasida nasixat kilish, maslaxat berish usuli xam keng 
qullangan. Ota-onalar o‗z bolalariga kattalar o‗rtasida ular bilan so‗zlashganda 
mexmonga borilganda, o‗zini qanday tutish xaqida nasixat qilganlar, axloq qoidalariga 
rioya etgan bolalar va kattalar nomini o‗rnak kilib tilga olganlar. Shuningdek, ular o‗z 
uylarida mexmonni kabul kilish, tartibini buzgan-―assalomu alaykum‖ deb kutib 
olmagan, ovkat va choy keltirishda noo‗rin xarakat kilgan, mexmon qo‗liga suv kuyib, 
sochik tutmagan, ketishda xayrlashishni unutgan, bolalarga mexmon ketgandan keyin 
nasixat kilib, yo‗l qo‗ygan kamchiliklarini ikkinchi marta takrorlamaslikni uqtirganlar.
Ota-onalar o‗z farzandlariga bo‗lgan muxabbat va xayrixoxliklarini amaliy 
ravishda ko‗rsatishga xarakat kilganlar. Ularning fikricha, bola bir yaramas ishni 
bilmasdan kilgan bo‗lsa, kechirish kerak, bilib qilgan bo‗lsa, nasixat kilib, qilgan 
ishining yomonligini tushuntirish, agar u yana yomon ish kilsa, jazo berish kerak. 
Ammo uni yaramas so‗zlar bilan so‗kib, xakorat qilmaslik lozim, bu uni yomon 
so‗zlarga o‗rgatadi. 
Yaramas ish qilgan bolaning aybini o‗zidan eshitmokchi bo‗lib: ―To‗g‗risini ayt, 
ont ich, aytmasang kaltaklayman‖,-deb qo‗rkitmaslik kerak. Agar shunday kilinsa, bola 
ko‗rkanidan yolgon ont ichshga aybni yashirishga yolgnonchilikka odatlanib koladi. 
Shu sababli, o‗tmishda ota bobolar, onalar ayrim xollarda ertaklardan ifodalangan 
vokea, kaxramonlar misolida bolalarga nasixat kilganlar:
-Baxorning go‗zal kuni 
edi, xavoni bulut o‗rab oldi, yomg‗ir yogdi. Keyin yana kuyosh chikdi, xamma yok 
go‗zallashdi. Bir kichik sichkon yomgirdan keyin o‗ynamok uchun inidan chikmokchi 
bo‗ldi, onasi unga: 
-Bolam, hozir inimizdan chiqma, mushuk bizning chiqishimizni poylab turibdi, 
agar chiqsak darrov tutib yeb qo‗yadi,-dedi. 
Bolasi onasining so‗zini tinglamadi, inidan chiqqan zamoniyoq, poylab turgan 
mushuk uni yeb qo‗yadi.Mana, aziz bolalarim bu hikoyamdan ota-onaga itoat 
qilmaslikning zararina bildingiz. Endi mening ikki og‗iz nasixatim esingizdan 
chiqmasin: 
1. Xar ona o‗z bolasini sevadi, doimo uning yaxshi bola bo‗lishini istaydi, unga xar 
vakt go‗zal nasixat kiladi. 
2. Bolalar xam ota-onalarining so‗zlarini tinglashlari, nasixatlarini kuloklariga 
olishlari kerak.Bobolarimiz bola tarbiyasida ota-onalar oldiga shunday talablar 
ko‗yganlar: 
Ota-ona bolaga ustozdir. Ular: 
-bolani yaramas ishlardan saklab yaxshi ishlarga kiziktirishlari, uning yonida 
yomon kiliklardan saklanishlari, odob, tarbiyaga, zid so‗zlarni gapirmasliklari lozim, 
-bolani xech kimga yomonlik kilmaslikka, ko‗ldan kelgancha yaxshilik kilishga 
ko‗niktirish, uning ko‗ngliga shavkat, marxamat tuyg‗ularini solishga gayrat kilishi 
kerak, 
-bolani yaxshi to‗g‗ri yo‗lga yo‗naltirib, o‗zlari xam shu yo‗ldan ketishlari lozim. 
Ota-onaning odob, tarbiya, ekanligi xar bir xatti-xarakatidan ko‗rinib tursin, bolalarga 
namuna bo‗lsin, 


25 
-yaxshi deb bilgan ishni ishlab ko‗rsatish va u ishning yaxshiligiga bolani 
ishontirish kerak, 
-bola tarbiya qiladigan ota-onaning o‗zi to‗g‗ri so‗zli bo‗lishi, muxabbat asarini 
ko‗rsatib, xar bir vakt unga xayrixox bulganini bildirishi lozim. 
-yaxshi tarbiyalanib turgan bolani o‗z darajasiga loyik mukofotlash va uning 
aksincha, bo‗lganlarga islox kilarlik ravishda jazolash tarbiyaninig negizidir. Mukofot 
uchun shirin so‗zlar bilan ularni maktash, sevgan narsalariga erishtirish birga o‗tirib 
suxbatlashish kerak. Bola ota-onasininig yuzida norozilik alomatlarini ko‗rib uning jazo 
ekanini bilsin. Mukofot yoki jazo bolalarning saviyasi darajasida bo‗lsin. -bola 
bolaligini kilmasdan ko‗ymaydi, katta-kichik bo‗lmagur ishlarni kilib ko‗yadi. Uning bu 
kamchiliklarini bira-to‗la bitirish mumkin emas, vakti-vakti bilan sekin asta tuzatish xar 
bir ishda sabrli bo‗lish lozim. Bolalar yonida xar vakt odillik bilan ustozlarcha ish olib 
borish, tarbiyaning eng muxim negizidir. 
Bobolarimiz bola xakki –ulug Xalqlarning ulugi bo‗lib, bunga ota—ona va 
murabbiylar mas‘uldir, deydilar: Shuning uchun bu xaklarini bilish va kerakli paytda 
ado etish, ota-ona va murabbiylar uchun lozimdir. Bola yoshlik vaktida xar xil tarbiyaga 
kobil bo‗lgani uchun bu vakt ulug ganimatdir. Shunga ko‗ra, uni yoshlik-bolalik 
vaktidan boshlab, tarbiya kilish kerakdir. Agar bolaga go‗zal tarbiya berilsa, u baxtli 
saodatli bo‗ladi, xar bir yaxshi ishlari bilan ota-ona va murabbiylarini shodlantiradi.
Bolalarni go‗zal tarbiyali etish uchun, ota-onaning o‗zlari axloqli tarbiyali 
bo‗lishlari shartdir. Bolalarga bergan tarbiyalariga o‗zlari amal kilmasalar, xulk –
atvorlarini tuzatmasalar, bolalariga umirlari bo‗yicha tarbiya bermasalar foydasi 
bo‗lmaydi. Ota-ona bolalarini to‗gri so‗zlash to‗gri ishlashga o‗rgatib tarbiya 
etsa,bolalari to‗gri so‗zlash va to‗gri ishlashga odatlanadilar. Yomon tarbiya bolalarni 
baxtsiz kiladi. 
Bolalarning buzik so‗zlarni eshitib kulib turishi, yaramas ishlarini olkishlash, 
ularni orsizlik axloqsizlikka odatlantirishdir. Nazorat ostida bolalarga go‗zal o‗yinlar 
o‗rgatish ularning zexnlarini ochadi. Bolalarni foydali o‗yindan ajratmaslik kerak. 
Bolalarni ularning tabiatlariga mos bo‗lgan ko‗ngillari istagan o‗yinlardan ayirish 
istedod –kobiliyatlarning rivojiga ta‘sir ko‗rsatadi. Zero, o‗yinlarni man etish natijasida 
bolalar asabiy o‗zlarini tuta olmaydigan va muxokamasiz bo‗lib yetishadilar. Bir 
donishmand: ―Ota-ona va murabbiylarning bolalarini zararsiz o‗yinlardan xam maxrum 
etishlari ularning marxamatsiz ittifoksiz va kishilarga yokimsiz bo‗lishlariga sababchi 
bo‗ladi‖ - deb aytadi. O‗tmishda ishonch xosil kilish usuli noo‗rin xarakat kilgan, kilgan 
ishida adolatli bo‗lmagan, bolalarga nisbatan ko‗llangan. Ishontarish usulida boladan 
yo‗l ko‗ygan xatosiga ikror bo‗lish talab etilgan, talab ―nima uchun kilding?‖, ―nega bu 
ishni kilding?‖ ―Kim senga bu ishni kilgin dedi?‖ savollariga javob olish tarzida 
bo‗lgan. 
Bola tarbiyasida o‗gil bolalarga karaganda kiz bollarga ko‗prok e‘tibor berish 
lozim. Chunki qiz bola voyaga yetgach boshqa xonadonga kelin bo‗lib tushadi. Agar u 
uy ishlarini bilmasa oilaga raxbarlik qila olmaydi. Yo‗l yo‗riq ko‗rsatish, tushuntirish 
usuli kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashda muxim axamiyat kasb etadi. Chunki, bu 
yoshdagi bola ota-onadan kattalardan axloq koidalari xaqida birinchi bor sabok oladi, 
koidalarni doimo xotirada saklab tura olmaydi, o‗z xayotida unga izchillikda amal 
kilmaydi. Kichik yoshdagi bolalarda bu xususiyatning bo‗lishi tabiy xoldir. Shu sababli 


26 
xam o‗tmishda Xalqi qo‗llagan tushuntirish usuli an‘ana sifatida xozirgi vaqtda xam 
ijodiy tarzda davom etilmokda.
O‗tmishda xozirgi davrda xam axloq tarbiyasi ota-onaning, katta yoshdagilarning 
o‗z yaxshi fazilatlari, xulk atvorlari bilan bolalarga yoshlarga namuna bo‗lishlari shart. 
Shu sababli xam Xalq ijodining makol va iboralarida namuna bo‗lishning axamiyati 
keng ifodalangan. Ota-ona va kattalarga izzat xurmat ko‗rsatish olkishlash taksinga 
sozovor ishdir. Ota-onaning roziligini olishga diqqat va g‗ayrat qilmok lozim. Yoshi 
anchagina soqol mo‗ylablari chiqqan o‗g‗il ham otasi huzuriga chiqqanda qo‗l 
qovishtirib salom berishi kundalik qarzdir. Farzandlarning go‗zal odobli tarbiyali 
bo‗lishlari uchun eng avval ota-onalarning o‗zlari go‗zal xislatga, yani yaxshi tarbiyaga 
odobga ega bo‗lishlari shart. Bir olim fozilning: ―Go‗zal tarbiyali ota-onadan tarbiyali 
odobli farzand yetishadi‖- degan so‗zi juda to‗g‗ri. 
Bayt. Barcha yerda istasang o‗tsin so‗zing, 
Tabiat birla, kurollangil o‗zing. 
Ona bo‗lish –ulug bir ne‘mat va nazrsiz bir sharafdir. Bola tarbiya etish usuli 
bilan oshno bo‗lish, xotinlar uchun lozim bo‗lgan ishlarni bilish go‗zal va xunuk 
xulklardan xabardor bo‗lish, xotinlarning vazifasidir, yana bola tarbiyasi uchun lozim 
bo‗lgan soglikni saklash bilan tarbiya ilmidan olgan ma‘lumotlarini ortirish uchun 
gayrat kilish lozimdir.
Bolani urib, kattik ko‗llik bilan emas, balki muloyimlik bilan tarbiya etish kerak. 
Zarar bilan foydani xali ajratolmagan yosh o‗smirni nazoratsiz koldirish xatodir.
O‗zbek Xalqi axloqiy tarbiyada o‗z bolasiga namunali va yaxshi xatti- xarakati 
bilan boshkalarga namuna bo‗ladigan urtogini maktash va ibrat ramzi bo‗lgan kishilar 
xayotidan ayrim lavxalarni ogzaki ijod asarlaridagi ijobiy kaxramonlarning axloqiy 
fazilatlarini xikoya kilib berish usulidan xam foydalanadi. ―Xikoyat: Sulton isimli bola 
o‗z o‗rtogi Yusufjonga:
- Yusufjon, Ali akaning bogidagi yongoklarni ko‗rdingmi? Kanday yaxshi shirin 
yongoklar. Yur shu yongoklarni chuntagimizni tuldirib olaylik, - dedi. Yusufjon unga: 
- Yuk bulmaydi, - deb javob berdi. 
-Nega sen yongokni yomon ko‗rasanmi? Men bilan, sen yongokni yaxshi 
ko‗rasan, nima uchun bo‗lmaydi deysan?
- U yongoklar Ali akaning yongoklari, egasidan so‗ramasdan olish yaxshi emas, 
shuning uchun kabul etmayman. 
-O‗rtok, yo‗k dema, bizni xech kim ko‗rmaydi. Men daraxtga chikib yongok 
kokaman sen terib olasan, kel, yo‗k dema.
- Yo‗k dedim-ku, bo‗lmaydi.
-Bugun senga nima bo‗ldi. Fakat ―yo‗k bo‗lmaydi‖ degan so‗zni qaytarib 
turasan, buning sababini so‗zla.
-Sababini so‗zladim-ku, yongoklar bizniki emas, o‗grilik kilmayman. 
-O‗grilik deysanmi? Kizik bola ekansan. Xech kim ko‗rmagandan keyin 
o‗griligi nimasi? 
- Xech kim ko‗rmasa ko‗rmasin, lekin vijdonimiz ko‗rib turadi, u bizni yomon 
ishlardan qaytaradi, shuning uchun sening taklifingni kabul kilmayman‖. 
―Sevimli o‗gillarim, - deydi ota - doimo yomon ishlardan saklaning, birov sizni 
yomonlik kilishga taklif etsa, Yusufjondek ―yo‗k bo‗lmaydi‖ deb javob bering‖. 


27 
Bobolarimiz bolalar bilan suxbatlar o‗tkazib, ularning xar bir inson sharafi, 
obro‗si yaxshi xulki bilan ortishining, yomon xulk bilan kamayishini bilib olishlariga 
aloxida etibor berib, yaxshi va yomon xulkning ma‘nosini tushuntirib, nasixat kilib 
deganlar: ‖Aziz bolalarim ,bu so‗zlar buyuk bir xakikat, doimo yodimizda bo‗lsin. 
Doimo yomon xulklarimizni yo‗kotishga, uning o‗rniga yaxshi xulkka ega bo‗lishga 
gayrat kilaylik. Kelinig, xammamiz birgalikda yaxshi va yomon xulklarning ba‘zilarini 
bu suxbatimizda tekshirib o‗taylik. 
Yomon xulklardan biri takabburlik va gururdir. Xar kim o‗zini sevadi va o‗zining 
kamsitilishini istamaydi.Takabburlik, magrurlik, manmanlik esa boshkalarni mensimay 
o‗zini xammadan yukori kilib ko‗rsatishdir. Magrur va takabbur odamlar tez orada 
xamma do‗stlarini yo‗kka chikaradilar. Olimlardan biri shunday degan: 
-Magrur, manmanlikka mukkasidan ketgan odam tinchilik bilan ertalab nonushta 
kiladi, zo‗rga- zo‗rga tushki ovkatni yeydi, xijolatlar ichida kechki ovkatni yeyishga 
kirishadi. 
Buning ma‘nosi shudir:
Magrur va takkabbur, odam oldin boy bo‗lsa xam, keyinchalik juda muxtojlikka 
tushib koladi.Chunki gurur, takabburlik insonni doimo isrofga chakiradi. Magrur 
odamlar o‗zlarini xammadan yukori ko‗rsatish uchun ilm, mexnatdan kochadilar. Shu 
sababli, zarurat va muxtojlik bosh ko‗rsatadi. Muxtojlik va zarurat bilan barobar uyalish 
va xijolat chekish keladi. Xar narsa yetarli bo‗lib, roxatda yashagan birovning ko‗nglini 
magrur va takabbur odam muxtojlikka tushgan vaktida xech kimdan yordam va yaxshi 
muomula ko‗rmaydi. Xatto bir vakt undan ko‗ngli kolgan odam tomonidan yaxshi 
muomila ko‗rsa, juda xam xijolat chekadi. 
Yomon xulklardan yana bittasi maxtonchoklikdir. Masalan: bir bola xech bir 
rasm tushurishni bilmasa xam:‖Men falon rassom kabi rasm chizaman,men chizgan 
rasmni uncha muncha rassom chiza olmaydi‖- deb o‗zini maktasa, u bolaga
maxtonchok bola deyiladi. So‗zning xulosasini aytganda, bir odam o‗zida bo‗lmagan 
sifatlar bilan maktansa,u odamni ―maktonchok‖ deb chakiradilar. Odam o‗z obrusini 
ma‘nosiz so‗zlar bilan ortira olmaydi.Maktonchoklar o‗zlarini kulgiga koldiradilar,Xalq 
koshida beobro‗ bo‗ladilar, maxtochoklik axmoklikning dalilidir. 
Tavoze-o‗zini kamtar tutishlikdir. Takabburlik, gurur, maxtonchoklik yomon 
xulk bo‗lgani kabi, tovoze xammaga makbul bir xulk fazilatdir. Tovoze manmanlik va 
maxtonchoklikning aksidir. Tavozeli odam o‗zida bo‗lgan avzallikni aslo tilga olmaydi, 
o‗zini kamtar tutadi Donishmandlardan biri tavoze xaqida shu go‗zal so‗zni aytadi: 
-Afzallik,ortiklikni yukorilashtiradigan va uni yana xam porlok ko‗rsatadigan 
tovozedir. Insonda biror afzallik bo‗lsa, uni xar kim ko‗radi, Afzallik o‗z- o‗zini 
ko‗rsatuvchi bir nur kabidir.Tavoze uning atrofidagi doglarni ketkazadigan tozalaydigan 
bir fazilatdir‖. 
Ota onalar o‗z bolalari xaqida boshkalardan salbiy fikr eshitmaslik, bolalarida 
go‗zal axloqli odamlarga nisbatan xavas, ularga o‗xshashga intilish tuygusini 
tarbiyalash va o‗stirishga, ularning odob- adab so‗zlarining ma‘nosini anglab olishlariga 
xarakat kilganlar . 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin