I oliy va o`rta



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Nazorat topshiriqlari. 
1. O`tmishda ota-bobolarimiz tarbiyada kanday usullardan foydalangan? 
A) Nasixat, tushuntirish, ragbatlantirish. 
B) Maktash, na‘muna kursatish, tanbex berish. 
V) Ta‘kiklash, majbur kilish, kurkitish. 


28 
D) Barcha javoblar tugri. 
2. Qanday usullar kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashda muxim axamiyatga ega? 
A) Yul- yurik kursatish
B) Tushintirish , 
V) Jazolash, 
G) A va B javoblar tugri. 
2-asosiy savol buyicha o`qituvchining maqsadi: Talabalaraning maktabda 
ukitiladigan fanlarda urf-odatlar Xalq ogzaki ijodining axamiyati tugrisidagi bilim, 
tushuncha, malakalarni shakllantirish. 
Identiv o‘quv maqsadlari
1. Maktabda ukitiladigan fanlarda urf-odatlarning axamiyatini aytadilar. 
2. Xalq ogzaki ijodinig ahamiyatini tushintiradilar. 
2-asosiy savolning bayoni: 
Ma‘lumki, odob har bir axvol va odatda aql buyurgan ravishda harakat qilish, 
ya‘ni yaramas ishdan, yomon so‗zdan nafsini tiyish, o‗zining xam boshkalarningsh xam 
izzatlarini saqlab, obro‗sini to‗kmaslikdir. Adab inson kamolotining birlamchi 
omillaridan sanaladi.Badanimizning kuvvatlanishi uchun yeyish, ichishga muxtoj 
bo‗lganimiz kabi, insonning akli xam odobga muxtojdir. Odobli bo‗lmagan akl egasi 
kurol aslaxasiz baxodirga o‗xshaydiki, u xech bir ish kila olmaydi, aksincha 
dushmanlarga maglub bo‗ladi. Odob ziynati bilan ziynatlanmagan odam, dushmanlarini 
sevintiradi,do‗stlarini esa kaygulantiradi. 
Ota 
-onalar 
suzining 
ma‘nosini 
tushuntirishda bolalarini majlis odobi, til odobi, do‗stlik odobi, kiyim kiyish odobi, choy 
ichish , ovkatlanish odobi, mulokot odobi xaqida, ta‘lim berganlar: 
―Majlisda biror odam gapirayotgan vaktda uning suzini yaxshilab tinglang, nutkni 
buzmang, sababsiz kulmang. Majlisda aytish mumkin bo‗lmagan so‗zlavrni 
so‗zlamang, majlisda bo‗lganlarning xurmatini bajo keltiring.
O‗zingizdan katta yoshli odamlar o‗zaro so‗zlashib turgan bo‗lsalar, ularning 
so‗zlariga aralashmang, sizdan biror narsa so‗ragan vaklarida ochik va muloyim tovush 
bilan javob bering,bir so‗zni ko‗p marta qaytarmang‖.
Ota bobolarimiz ―Ogzingdan chikkan so‗zni kuloging eshitsin‖,- deb juda to‗gri 
so‗zlaganlar. Nima to‗grisida so‗zlashni istasang avval yaxshi tushunib, o‗ylab, keyin 
so‗zla. Til - kilichdan o‗tkir, kilichdan yegan yara tuzaladi, ammo til yarasi tuzalmaydi. 
Shuning uchun tilni yaramas so‗zlarni so‗zlashdan saklash kerak.
Odamnig shodlik va kayguli vaktlarida tayanchi shuxbasiz uning do‗stlaridir. 
Shuning uchun yosh va bosh jixatdan o‗zingizga mos keladigan kishilarni tanlab 
do‗stlashing. Samimiy do‗st bo‗lingiz. Aziz bolalarim xar bir bilgan ko‗rgan va 
o‗rgangan narsamizni boshka kishiga so‗zlashga xakli emasmiz,bir kishining aybini 
kamchiligini ko‗rsak yoki eshitsak uni oshkor kilishga xakkimiz yo‗kdir.O‗z ayb va 
kamchiligimizning oshkor bo‗lib, odamlar ogzida so‗zlanib yurishini albatta 
istamaymiz. Shunday ekan o‗zimiz istamagan narsani boshkalar uchun ravo ko‗rsak 
yaxshimi? Do‗stlarimizdan yoki tanish bilishlarimizdan bittasi o‗z sirini bizga so‗zlagan 
bo‗lsa uni saklab ogzimizdan xech bir chikarmaslik va xech kimga bildirmaslik 
burchimizdir. Bir inson o‗z kaygu alamini, ogir xolda kolganini yoki xato kilganini o‗z 
do‗stiga so‗zlay oladi.Uning bunday maqsadi kaygusini biroz ketkazish, do‗stining 


29 
shirin so‗zlari bilan o‗zini ovitish edi. Do‗sti uning so‗zlarini xammaga yoyib yuborsa u 
vaktda do‗stlikning kanday kimmati koladi?.Chin, samimiy do‗st, do‗stning kaygusiga 
kaygulanadi, shodligiga shodlanadi, do‗stining ko‗nglini ko‗taradi. Do‗stimizning 
shodligi o‗z- shodligimiz kaygusi bo‗lishi kerak, uning sirlarini xammaga yoysak
yonimizda bitta xam do‗stimiz kolmaydi. 
Bolalarim, bir biringiz bilan chin samimiy do‗st bo‗ling, urishmang, talashmang, 
bir - biringizni siringizni saklang, xar kimga aytib yurmang. Bir donishmandning, ―xar 
kim tilini tiysa‖, tinch roxatda yashaydi, valdir-vassar bulsa, sir saklay olmasa, 
falokatga tushadi‖- degan suzni unitmang. unda xam etibor va dikkat bilan kiyim 
kiyishga urining, kiyinishdan maksad - issik va sovukdan saklanish va odam ko‗ziga 
yaxshi ko‗rinishdir. 
Toza, tinik suv ichishga odatlanig, muz va kor suvlarini ichishdan saklaning. Xar 
kim bilan go‗zal muomilada bo‗lib, tinch va totuvlik bilan yashang. Inson fakat 
jisimdangina iborat bo‗lmasdan balki xayot fikiriga xam egadir shuning uchun fikr 
tarbiyasi xamma uchun xam lozimdir. 
Ota-bobolar kilgan bu o‗gitlarga amal kilgan bolalar odobli bo‗lib, kamol 
topganlar. Go‗zal fazilatlarga ega bo‗lgan bola ota-onaga, do‗stlariga umuman 
xammmaga muruvatli bo‗ladi, axloq va poklikka rioya kiladi. O‗tmish donishmandlari 
―insonning birinchi fazilati, boshkalarning xukukiga sharaf nomu va orzulariga xurmat 
va rioya etishdir‖, deb o‗kitilganlar. Donishmandlar aytgan xikmatlarga amal kilgan 
ota-bobolar bolalarga murojat etib deydilarki: ―Aziz bolalar, ota-onangizni xurmat 
kiling. Ota-onangizni xurmat kilishingiz ular sizning koshingizda doim muxtaram 
ekanliklaridan dalolat beradi. Ota-onangizga fakat yoshlari sizlardan katta bo‗lganlari 
uchungina emas, balki chakoloklik vaktingizdan to yigitlik vaktingizgacha sizlarni 
tarbiyalab, maktabga yuborganlar va xar narsangizga dikkat fido etganlari uchun xurmat 
kilishga majbursiz. 
Umringizning xar kuni xar soatida sizlargi kilgan xizmatlarini 
esingizga tushiring. Ota-onaga xurmat butun umringiz bo‗yicha eng baxtli, shodlik yoki 
kaygulik vaktlaringizda xam davom etishi lozim, ularga ochik yuz shirin so‗z 
muloyimlik bilan so‗zlang, sizlarga kilgan yaxshilik va fidokorliklarini aslo unitmang. 
Ba‘zi vakt karilik ularning kayfiyatlarini buzadi, shunday vaktlarda ularni oviting 
ko‗nglini ko‗taring. Ularning buyurgan xizmatlarini bo‗yin tovlamay ado eting‖. Islom 
dini ta‘limoti bo‗yicha .‖Quron‖dan keyin turadigan ikkinchi mukaddas kitobi 
hisoblangan ―Xadis‖da va Ismoil Buxoriyning ―Al-adab al-mufrat‖(Adab durdonalari) 
xadisida ota onani rozi kilish xakkini ado etish sevgi do‗stlik nasilga meros bo‗lib 
o‗tishi raxm-shavkatli bo‗lish, qo‗shnini yakin tutib undan yaxshilikni ayamaslik 
yetimparvarlik shu bilan bir katorda, razolat kibr-xavo xiyonat kabi illatlar koralanadi. 
O‗tmishda ragbatlantirish usili bola, yoshlar kilgan ishini xulk atvorini makullash 
maqtash tabriklash shaklida qo‗llanilgan. 
Bolanig yaxshi xatti xarakatini xulkini makullash, unga ijobiy ta‘sir etadi, unda 
kelgusida yana go‗zal ishlar kilishga o‗z qobiliyati va bajargan yaxshi ishlaridan 
faxirlanish tuygusini o‗stirishga xizmat kiladi. 
Taqdirlash usuli bolaning qilgan ishidan mamnunlik foydasi bo‗lgan . Barakalla, 
raxmat bolam omon bo‗l deyish, yoqimli kulish, boshini silash, peshonasidan o‗pish 
shaklida amalga oshiriladi. 


30 
Tanbex usuli kichik yoshdagi bolalarga nisbatan o‗rtoklari bilan qo‗pol 
muomilada bo‗lgan topshiriklarni bajarmagan yoki yomon bajargan qiz bolani noo‗rin 
ranjitgan o‗gil bolaga nisbatan qo‗llaniladi.
Bola noo‗rin qilgan xatti-xarakatini tezkor takrorlaganda yoki o‗ziga topshirilgan 
ishni bajarmaganda ogoxlantirish usulidan foydalaniladi. Rizosizlik usuli jazolanishning 
yuqori bosqichi hisoblangan, rizosizlik bola ruxiyatiga kuchli ta‘sir etgan unda ruxiy 
tushkunlik yuz bergan. Shu sababli bu usul Xalq pedpgogikkasida kam qo‗llanilgan. Ota 
va ona ayniqsa ona o‗gli yoki qizi tomonidan yomon xati xarakat sodir bo‗lganda 
rizosizlik bildirilgan. 
O‗zbek Xalq pedagogikasida man etish buyruk berish usullari uyatli iboralar 
aytgan, so‗kingan giyoxvandlik, qimor o‗ynash kabi inson sha‘niga dog tushuruvchi 
ishlarga berilgan o‗smirlarga nisbatan qo‗llanilgan. 
Xalq pedagogikasida keng o‗rin olgan sinash usuli bolaning odamlar va o‗rtoqlari 
bilan mulokatda, jamoat o‗rtasida mexnat munosabatlarida axloq qoidalariga rioya 
etishni kuzatishda qo‗llanilgan, bu xaqida maqollar xam ijod etilgan.
Kechirish va oliy xikmatlilik usuli bolalar faoliyatida kamchilik sodir bo‗lganda 
qo‗llangan. Ota-ona va muallim bunday vaqtda ularning kamchiliklarini kechirgani 
bunday ishlarga yo‗l qo‗ymaslik uchun yordam berishni o‗zlarini vazifalari deb 
bilganlar. Darxaqiqat kechirish oliyjanoblik yaxshi xulqli ota ona va ustozlarga munosib 
bir sifatdir. ―Kichiklardan adashish, kattalardan kechirish‖,- deb to‗gri aytilgan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin