Kompozitsiya xususiyatlari



Yüklə 0,68 Mb.
tarix09.06.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#127881
5-VAZIFA

KOMPOZITSIYA XUSUSIYATLARI

Gap odam gavdasi tuzilishi bilan bog'liq narsalar haqida bo'lgani uchun bunda shaklning odam figurasi va fazo bilan o'zaro ta'siri muhim shartdir. Bu o'zaro ta'sir xarakteri eng avvalo simmetriya yoki asimmetriya bilan aniqlanadi.

  • Gap odam gavdasi tuzilishi bilan bog'liq narsalar haqida bo'lgani uchun bunda shaklning odam figurasi va fazo bilan o'zaro ta'siri muhim shartdir. Bu o'zaro ta'sir xarakteri eng avvalo simmetriya yoki asimmetriya bilan aniqlanadi.
  • Simmetriya — bu shakl holatini aniqlovchi kompozitsiyaning eng yorqin va ko'zga tashlanuvchi xususiyatlaridan biri, bu shakl tashkil etuvchi vosita, va nihoyat, bu kompozitsiyaning eng faol qonuniyati. Ma'lum bir nuqta, o'q yoki tekislikka nisbatan bir xil joylashgan figuraning bir xil elementlari simmetrik bo'ladi. Figuraning markaz, o'q yoki tekislik atrofida burilishida simmetrik elementlar to'liq mos keladi. Simmetriya libosda odam figurasi simmetrik shaklining qobig'i sifatida kompozitsiyaning yaxlitligi va badiiy ifodaliligiga erishishning muhim vositalaridan biri.

Simmetriyaning turli xillari mavjud: oynali, markaziy, tekislikli, o'qli va hokazo. Amaliyotda loyihalashtiruvchi ko'p uchratadigan simmetriya xususiyatlaridan biri simmetrik shakllarda nosimmetriyaning namoyon bo'lishidir. Simmetriyadan cheklanish shaklning buzilishi degani emas. Asimmetrik elementni ratsional kompanovkalashda keyingisi qolgan hajm bilan uzviy bog'lanadi hamda kompozitsion muvozanatga erishiladi, umuman, simmetrik kompozitsiya nozik o'ziga xoslikka va ajiblikka ega bo'la oladi.

  • Simmetriyaning turli xillari mavjud: oynali, markaziy, tekislikli, o'qli va hokazo. Amaliyotda loyihalashtiruvchi ko'p uchratadigan simmetriya xususiyatlaridan biri simmetrik shakllarda nosimmetriyaning namoyon bo'lishidir. Simmetriyadan cheklanish shaklning buzilishi degani emas. Asimmetrik elementni ratsional kompanovkalashda keyingisi qolgan hajm bilan uzviy bog'lanadi hamda kompozitsion muvozanatga erishiladi, umuman, simmetrik kompozitsiya nozik o'ziga xoslikka va ajiblikka ega bo'la oladi.
  • Asimmetrik shakl ham, agarda uning asosida birgalikda asimmetrik shaklning kompozitsion muvozanatini aniqlovchi ma'lum qonuniyatlar yotsa, yuqori tashkil etilgan bo'la oladi. Asimmetriya kompozitsiyaning o'ziga xos prinsipi sifatida xizmat qila oladi. Asimmetrik kompozitsiya odatda yechim, dinamiklikni qayd etish uchun qo'llanadi. Simmetrik shakl yaxlitligining asosiy sharti — bu uning kompozitsion barqarorligidir. Simmetriya va asimmetriyaning mohirona qo'llanishi turli-tuman poyabzal, libos modellarini yaratishga imkon beradi.

Kompozitsion tashkil etilgan shakl (libosning, poyabzalning, sumkaning yoki umuman libosning) o'z asosiy qismiga yoki kompozitsion markazga ega bo'lib, boshqa tobe qismlar unga bo'ysunadi. Asosiy qism — hamma elementlar o'rtasidagi asosiy, muhim bog'lanishlar to'planish joyi. Shaklning istalgan elementi, uchastkasi kompozitsion markaz bo'la oladi. Kompozitsion markazni turlicha ajratish mumkin: miqdoriy, markaziy joylashuv bilan, sifatli, mazmuniy omil sifatida (masalan, pardozlash). Kompozitsiyaning murakkab ko'rinishlarida o'zaro bog'langan bir necha kompozitsion markazlar bo'lishi mumkin.

  • Kompozitsion tashkil etilgan shakl (libosning, poyabzalning, sumkaning yoki umuman libosning) o'z asosiy qismiga yoki kompozitsion markazga ega bo'lib, boshqa tobe qismlar unga bo'ysunadi. Asosiy qism — hamma elementlar o'rtasidagi asosiy, muhim bog'lanishlar to'planish joyi. Shaklning istalgan elementi, uchastkasi kompozitsion markaz bo'la oladi. Kompozitsion markazni turlicha ajratish mumkin: miqdoriy, markaziy joylashuv bilan, sifatli, mazmuniy omil sifatida (masalan, pardozlash). Kompozitsiyaning murakkab ko'rinishlarida o'zaro bog'langan bir necha kompozitsion markazlar bo'lishi mumkin.

Libosda kompozitsion markaz poyabzal, sumka bo'la oladi. Bunda erkaklar libosida shim pasti va tuflilar, ayollar libosida bel yoki yelka libosi va etiklar usti o'rtasidagi nisbatlar kabi kompozitsiya uchastkalarining yaxlit yechimi muhimligini qayd etish lozim. Erkaklar modasiga shimlar osilib turishining kirishi bilan uning poyabzal bilan aniq kompozitsion aloqadorligi o'rnashdi. Ko'p holatlarda uzaytirilgan shimlar pasti poyabzal ustiga tushib, qisman uning ustini qoplab turadi, kengaytirilgan shim pasti poyabzal ustini to'liq qoplab turadi. Biroq bunda sof utilitar talablarga ko'ra tagcharm va poshna ochiq qoladi. Bu borada shim pasti va poyabzal bo'ylama izi yechimining ifodaliligi, bu chiziqlarning plastikligi alohida ahamiyat kasb etadi.

  • Libosda kompozitsion markaz poyabzal, sumka bo'la oladi. Bunda erkaklar libosida shim pasti va tuflilar, ayollar libosida bel yoki yelka libosi va etiklar usti o'rtasidagi nisbatlar kabi kompozitsiya uchastkalarining yaxlit yechimi muhimligini qayd etish lozim. Erkaklar modasiga shimlar osilib turishining kirishi bilan uning poyabzal bilan aniq kompozitsion aloqadorligi o'rnashdi. Ko'p holatlarda uzaytirilgan shimlar pasti poyabzal ustiga tushib, qisman uning ustini qoplab turadi, kengaytirilgan shim pasti poyabzal ustini to'liq qoplab turadi. Biroq bunda sof utilitar talablarga ko'ra tagcharm va poshna ochiq qoladi. Bu borada shim pasti va poyabzal bo'ylama izi yechimining ifodaliligi, bu chiziqlarning plastikligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin