I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə6/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
kurash-haqida

Usul tizimlari va texnik harakatlar klassifikatsiyasi

Kurashchining texnik usullari haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish uchun tayyorlovchi va asosiy gruppalar berilgan. Usullarni tayyorldovchi gruppasida kurashchining asosiy holati va harakatlari, asosiy gruppada uloqtirish, himoya va qarshi usullar ochib berilgan. 1 va 2 gruppalarda turli xil kombinatsiyalashgan harakatlar bo’lishi mumkin.


Kurash texnikasi usullari va harakatlar taktikasining o’zaro bog’liqligini tushunish uchun kurashdagi taktik harakatlar sxemasini o’rganish zarur. Undan biz, harakatlarning 3 gruppasi borligini, ya‘ni birinchi tayyorlovchi harakatlar –bular asosiy harakatlar: razvedka, raqibining zaif tomonlarini qidirish, manyovr qilish, hiyla ishlatish, maskirovka, raqibini chalg’itishlarning muvaffaqiyatini ta‘minlashi kerak. Ikkinchi asosiy taktik harakatlar – hujum va himoya harakatlari, qarshi hujum harakati, 3 ayrim usul va harakatlarini qo’llab turlicha kurashish, trenirovka kurashishi, turnir, musobaqa kurashlari va hokazo7.
Kurash usullari va taktik harakatlar to’g’risida umumiy tasavvurga ega bo’lgan usullar sistemasini va taktik harakatlar klasifikatsiyasini tahlil qilamiz. Bu klassifikatsiyada biz kurash usullari sistemasini o’qish, ya‘ni jarayondagi o’rganish izchilligida to’zishga harakat qildik. Shubhasiz, usullar sistemasining bunday
tuzilishi qat‘iy emas, albatta. Shu sababli ham bir trener ta‘lim izchilligini shug’ullanuvchilar kontingentiga qarab o’zgartirish va takomillashtirish mumkin.
Kurashdagi taktik harakatlar tasnifi va mazmuni

Kurashchilarning bellashuvi tayyorlovchi va asosiy taktik harakatlardan iboratdir.


Tayyorlovchi harakatlar – ular musobaqa qoidalari tomonidan yo’l qo’yiladigan, hujum va himoya harakatlarining muvaffaqiyatini ta‘minlaydigan harakatlardir. Kurashish bellashuvida bular razvedka, raqibining zaif tomonlarini qondirish, manyovr qilish hamda o’z rejalalari harakatlari va holatidan iborat.
Razvedka – kurashchining raqib to’g’risida, uning gavda tuzilishi, xususiyatlari, sifatlari imkoniyatlari va holati haqida: kurash olib borish uslubi – aktiv yoki passiv, hujumkor yoki himoyalanuvchi kurashchiligi to’g’risida: uning yaxshi ko’rgan harakatlari, o’y-fikrlari va hokazolar haqida tashqi va ichki axborotlar olishga qaratilgan hatti-harakatlardir.
Razvedka bellashuvidan oldin va bevosita bellashuv vaqtida ham olib boriladi.
Bellashuvgacha sportchi raqibning familiyasi, millati, malakasi, unvoni haqida umumiy ma‘lumot oladi: uning taxminiy bo’yini, tashqi ko’rinishini, holatini va hokazolarni aniqlaydi.
Bellashuv vaqtida sportchining eng sevimli turish holati qandayligini, qanday masofada turishini, qanday ushlash usulini qo’llashini va ularning kuchini, oyoqlari bilan qanday harakat qilishga intilayotganini, biror usulni bajarish uchun tayyorgarlikni qanday olib borishini, niyatlarini, qanday hujum qilishi, himoyala- nishini va qarshi hujum qilishini, ularning kuchi qandayligini, chaqqonligi va chidamliligini aniqlash ayniqsa muhimdir. Razvedka ko’proq tayyorlovchi xarakterdagi haqiqiy va soxta harakatlar bilan hamda kurashish sevimli usullarini qo’llash bilan olib borilishi mumkin.
Kurashish vaqtida kurashchi psixolog bo’lishi – raqibining holatini bilishi; fiziolog bo’lishi – harakatlari, nafas olishi va ter chiqishiga qarab raqibining holatini bilishi; artist bo’lib, raqibni soxta harakatlar bilan aldab, to’g’ri usul qo’llashdan adashtirib o’ynashi, raqibga o’z kurash rejasini majbur etuvchi va bu bilan o’z rejasini qat‘iy amalga oshiruvchi hamda g’alabaga erishuvchi mard, irodali sportchi bo’lishi kerak.
Hiyla ishlatish – yakka holda raqibini ushlab olish turli xilda siljish, qulay sharoitlar yaratish hamda usulni muvaffaqiyatli qo’llash, himoya va qarshi hujum uchun qulay payt tanlash maqsadlarida tayyorlovchi harakatlar qilishdir. Turli holatda va turli masofalarda turib, aldash harakatlari va soxta harakatlarni, undash, taklif qilish usulini qo’llab, shuningdek, tanlangan usulni yoki qarshi hujum harakatini o’tkazish uchun hujum va himoya harakatlaridan foydalanib hiyla ishlatish mumkin. Hiyla bilan sportchi tashabbusni o’z qo’liga olishga, faollik ko’rsatishga, kerakli harakat uchun to’shakdan qulay joyni tanlashga ba‘zan esa raqibidan qochishga harakat qiladi.
Raqibidan o’zining haqiqiy niyatlarini yashirish, uning xushyorligini yo’qotish, chalg’itish va o’zi o’ylagan rejasini amalga oshirish maqsadida harakatlari va holati
maskirovka qilinadi. Maskirovka harakatlarida tajribali sportchilar raqiblariga o’zlarini bamaylixotir, sustkash qilib ko’rsatadilar, ba‘zilar bo’shashgan bo’lib, to’satdan butun kuchlarini ishga soladilar, ba‘zi birlari iste‘dodli artist kasbiylikni ifodalaydilar – u yoqdan bu yoqqa yuradilar, muskullarini silkitadilar, boshqalari esa kurashish oldidan bamaylixotir, bo’shang yoki o’ziga ishonch bilan o’tiradilar va hokazo.
Har bir kurashchi o’ziga xos maskirovka uslubiga ega bo’ladi. Shuning uchun ba‘zan uning niyati chin yoki soxtaligini aniqlash juda qiyin bo’ladi.



Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin