I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4


I BOB MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI VA FALSAFASI



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə2/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
kurash-haqida

I BOB MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI VA FALSAFASI


    1. Milliy kurashning tarixi


Millatimizning faxri bo’lgan kurash an‘anasi bir necha ming yillik tarixga ega bo’lib, o’zida o’zbek xalqining ko’plab urf odatlarini va udumlarini mujassamlashtirgan. Olimlarning tadqiqotlari natijalari dastlabki sport o’yinlaridan biri hisoblangan o’zbek kurashi 3,5-5 ming yil ilgari tarqala boshlaganligini ko’rsatadi. Surxon, Zarafshon va Farg’ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlaridan topilgan noyob topilmalar, qoyatoshlarga chizilgan tasviriy san‘at namunalari ham bu fikrlarni to’laqonli tasdiqlaydi.


O’rta Osiyo xalqlari og’zaki ijodi namunalaridan bo’lmish
―Alpomish, ―Go’ro’g’li, ―Avazxon, ―Rustam, ―To’lg’onoy kabi dostonlarda pahlavonlar kurashi madh etilib, epchil va chaqqon, zukko hamda dono polvonlar ulug’langan. Ular millat qaxramonlari timsoli sifatida e‘zozlangan. Aslini olganda mazkur xalq og’zaki ijodi namunalarida xalq bahodirlarining va mardlik hamda jasurlik bobidagi ishlari ulug’langan hamda komil inson timisoli sifatida tasvirlangan. Ulug’ mutafakkirlar Abu Ali ibn Sinoning ―Kitob al-qonun fit-tib, (Tib qonunlari), Firdavsiyning ―Shohnoma, Amir Temurning ―Temur tuzuklari, Alisher Navoiyning ―Xamsa, Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma, Husayn Voiz Koshifiyning ―Futuvvatnomai sultoniy kabi asarlarida kurash haqida qimmatli ma‘lumotlar berilgan1.
Kurash o’zbek xalq ertaklarida ham aks ettirilgan. Masalan, ―Hasan va Zuhro ertagida biz quyidagi satrlarni o’qiymiz: ―oradan etti yil o’tib ketibdi, Hasan va Zuhro ancha ulg’ayibdilar. Kunlardan bir kun Hasan bolalar bilan kurash tushibdi va shu zaylda butun qishloq bolalarini yyengibdi. Hasan ulg’ayib, yoshi ulg’aygan sari kuchi ham oshib boribdi. Kurashda katta yoshli kishilarni ham kuragini yerga tegiza boshlabdi. Qo’qon xoni qo’shinlari jang bilan O’ratepaga yurish qildilar.
Polvonlar bellashuvi ramziy ma‘noga ega bo’lib, kurashuvchi tomonlarning jismoniy tayyorgarligini, ma‘naviy qiyofasini aks ettirar hamda jangchilarning jangovarlik kayfiyatini ko’tarishga yordam berar edi. ―Xirs polvon ertagida polvonlik sifatlarini shakllantirishda mashq qilishning roli qayd qilinadi. ―Men hozirgi vaqtgacha - deydi ertak qahramoni – kuchlilikda o’zimga teng keladigan raqibni uchratmadim. Raqib bilan uchrashganda mag’lub bo’lishni hech istamayman. Shuning uchun kurashishni doimo mashq qilaman. Bular jismoniy tarbiya jismoniy tayyorgarlikka yordam beruvchi muayyan sistemadagi mashqlar haqida dalolat beradi. Masalan, Xirs polvon ―qoqma‖ deb nomlangan usulni qo’llaganligi ushbu ertakda keltirilgan. E‘tiborlisi shundaki, hozirgi vaqda ham kurash texnikasida ushbu usuldan foydalaniladi. Xalq og’zaki ijodi asarlari orasida ―Alpomish dostoni alohida o’rin egallaydi. Undagi badiiy g’oya hayotiy asosga ega bo’lib, real tarixiy voqealar bilan qo’shilib ketadi. Dostonda polvonlarning bellashuvi, ularning kuchlilik, chaqqonlik, chidamlilik, botirlik va kurashish usullarini qo’llay bilish sohasidagi xususiyatlari badiiy formada tasvirlanadi. Jumladan, Barchinoyga bo’lgan muhabbati tufayli sherdil bo’lib ketgan Alpomish kurashda Ko’kaldoshni osmonga otib yuborib, hammani hayajonga soladi. ―Alpomish dostonida quyidagi baytlarni o’qishimiz mumkin: Mardlar olishmaydi, siltab otadi, Maydon bo’lsa ish ko’rsatib ketadi Bul odamning ishi keyin ketadi, Chertib Ko’kaldoshni ko’kka otadi, Ancha er havoga chiqib ketadi. ―Alpomish dostonida tasvirlangan kurash manzarasidan kurashuvchilar maxsus kiyim va belbog’iga ega bo’lganligini, kurash vaqt jihatidan cheklanmaganini, raqibini belbog’idan ushlab olish asosiy usul hisoblanganligini ko’rish mumkin2.
Tarixchi, etnograf va faylasuf olimlarning olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlari, kuzatishlari natijasida topilgan ashyoviy dalillar kurash haqida bizga qimmatli ma‘lumotlar beradi. Kurash qadimgi Movarounnahr xududida paydo bo’lgan dastlabki yakkama-yakka bellashuv hisoblanadi. Qadim-qadimdan bu yurtning to’y va tantanalarida, milliy bayramu-shodyonalarida mard va alp yigitlar kurash tushib, xalqning olqishini olishgan.
Qadimiy qo’lyozmalarda eramizdan oldingi davrlarda ham kurashning ommaviy tomoshalar va xalq yig’inlari tarkibidan munosib o’rin olganligi haqida ma‘lumotlar mavjud. Buni ko’pgina yozma va tarixiy yodgorliklar tasdiqlaydi. Masalan, Antik dunyo olimi Elian Klavdiy ma‘lumotlariga ko’ra hozirgi O’zbekiston hududida qadimda Sak va Massaget kabi qabilalar yashagan. Ular o’rtasida kuchlar sinovi – kurash keng tarqalgan bo’lib, yigitlar uylanadigan bo’lishsa, qalliqlarini kurashda yengishi lozim bo’lgan. Bu an‘ana o’sha davrda xotin-qizlar ham kurash bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi. Mashhur sharqshunos va etnograf S.P.Tolstov o’zbeklar o’tmishda Iydi Ramazon, Qurbon hayiti kabi marosimlarida, Navro’z kunlarida va sayillarida kurashga katta ahamiyat berganligini yozib o’tgan.
Shu bayramlarning dastlabki uch kunida keksalar rahbarligida kurash uyushtirilgan, el tomoshaga chiqqan, mahbuslar ozod qilingan, aybdorlarning gunohidan o’tilgan. O’zbek xalqining turmushi va hayotida kurash muhim ahamiyat kasb etgan. Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlari davrida bu yerda jismoniy tarbiya keng rivojlangan edi. O’rta Osiyoda qadimgi Yunonistondagi olimpiada o’yinlariga o’xshash xilma-xil o’yinlar o’tkazilgan. So’g’diyona va Baqtriya askarlari mavjud bo’lgan davrlar miloddan oldingi IIV asr O’rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil akrobat-dorbozlar juda mashhur bo’lgan. Epchil, jismoniy jihatdan juda chiniqqan dorbozlar, Yunoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o’zlarining ajoyib va xatarli o’yinlarini, qiziqchi va masxarabozlarning o’tkir satira va kulgi bilan sug’orilgan turli sirk sahnalari, o’qdek uchadigan muallaqchilar va kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarning o’yinlari, hukkachi va yog’och oyoqlarning jo’shqin raqslari, ot o’yinlarini, korfarmonlarning chuqur ma‘noli so’zlari va baytlarini, sozandalarning bu o’yinlarga moslangan mashqlarini ko’z-ko’z qilganlar. Qadim zamonlarda jamoa jismoniy tarbiya sohasida o’z davrlari zimmasiga ma‘lum majburiyatlar yuklangan. Yosh qiz va yigitlar hayotda kerak bo’ladigan epchillik, chidamlilik, chaqqonlik, qat‘iylik va jasurlik kabi qobiliyatlarga ega bo’lishlari lozim edi.
Qadimgi grek tarixchisi Kvint Kursiy Ruf Aleksandr Makedonskiyning qo’shini O’rta Osiyoni zabt qilish vaqtida 30 bahodirni asir qilib olganligini yozadi. Bahodirlarning o’ldirilishi aniq bo’lgan edi. Ular buni bilganlari holda o’zlarini mardonavor tutganlar, qo’shiq aytib, raqsga tushganlar. Bu bilan o’zlarini o’limni pisand qilmasliklarini ifodalaganlar. Aleksandr Makedonskiy ularning qat‘iyligi va mardligini yuqori baholab, ularning hayotlarini saqlab qolgan. Tarixiy asosga ega bo’lgan rivoyat davrlar o’tsa ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q. Arablar O’rta Osiyoga bostirib kirib Samarqandga yaqinlashib keldilar, ammo shaharga kira olmadilar. Shunda ular shahar devorini teshishdi. Shaharga yo’l ochildi. Lekin shahar devori teshigida bir bahodir paydo bo’lib, yo’lni to’sdi va uzoq vaqt shaharga kirish uchun dushmanga imkon bermadi va qilichi bilan ko’p dushmanni er tishlatdi. Shunda arab xalifasi Qutayba o’sha polvonning boshini keltirgan kishiga 10000 dirham in‘om qilishini e‘lon qiladi. Shundan so’ng dushmanlar devorga katta kuch bilan yopiriladilar va bu tengsiz jangda polvon yigit mardlarcha halok bo’ladi. Afsuski, bu mard bahodirning nomi tarixda saqlanmagan.



    1. Yüklə 331,16 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin