I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4


IV BOB KURASHCHINING TEXNIK, TAKTIK TAYYORGARLIGI VA O’RGANISH USULIYOTI



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə5/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
kurash-haqida

IV BOB KURASHCHINING TEXNIK, TAKTIK TAYYORGARLIGI VA O’RGANISH USULIYOTI

2.1 Kurashchining texnik, taktik tayyorgarligi


Kurashda usullar texnikasi va harakatlar taktikasi bir butun holatda namoyon bo’ladi. Texnika-kurash priyomlarini bajarish uslubi, taktika esa kurash vaqtida turli xil vazifalarni hal etish uchun texnik harakatlarini qo’llash usulidir. Bunda o’zi hamda raqibining imkoniyatini hisobga olish kerak, albatta.
Kurashish usullari va harakatlariga o’rgatish, ularni takomillashtirishni quyidagi prinsip asosida ya‘ni priyom harakatlariga o’rgatish va ularni takomillashtirish har bir priyom va harakatlarni ularni kombinatsiyalarini tushunish asosida olib borish lozim.
Texnik tayyorgarlik – o’quv-trenirovka protsessining eng muhim tomoni. O’quv yillari davomida takomillashtiriladi va individuallashtirib boriladi. Shuning uchun ham unga katta e‘tibor beriladi. Sportchining texnikasi qanchalik boy bo’lsa, hamda u kurashdagi ayrim priyomlar va harakatlarning taktik ma‘nosini qanchalik yaxshi tushunsa, uning taktik mahorati shunchalik yuqori bo’ladi6.
Kurashchining texnik tayyorgarlik darajasining yuqori bo’lishligi bu texnik tayyorgarlikka, ya‘ni kurash sohasidagi harakat ko’nikmalarini konkret ravishda tarkib topdirish, ularni takomillashtirish, shu bilan birga eng muhim jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirishga bog’liq ekanligiga asoslanishi kerak. Shu sababli kurash maktabi bilan belgilangan harakat priyomlari va ish ko’rish usullarini tarkib topdirish va takomtllashtirishda faqat usullar texnikasini egallab olish emas, balki turli raqiblar kurashganda, shu texnikani mohirona qo’llash muhimdir. Bu – sportchi kurash texnikasini yuksak darajada egallangan bo’lishi va kurash vaziyatida g’alabaga erishish uchun mana shu texnikani mohirona qulay bilishi, ya‘ni rangba- rang taktikaga ega bo’lishi kerak, degan gapdir. Bularning hammasi texnika va taktika bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’lanibgina qolmay, balki axloqiy va irodaviy tayyorgarlik jihatidan ham o’zaro bog’liq ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin