I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4


Aldovchi va sohta harakatlarga orgatish texnikasi, taktikasi va usuliyoti



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə8/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
kurash-haqida

2.2 Aldovchi va sohta harakatlarga orgatish texnikasi, taktikasi va usuliyoti


Trenerning tushuntirishlari. Aldash – o’zi uchun qulay pozitsiya yoki tomonni aniqlash maqsadidida o’z raqibida himoya reaksiyasini uyg’otish va usulni qo’llash uchun undan foydalanishga qaratilgan harakatlardir.


Sportda aldashni fint deb atash qabul qilingan. Aldash, ya‘ni fintlar juda xilma- xil va individuallardir. Ular bir yoki ikki qo’l bilan, gavda, oyoq va hatto yon tomonga qarash bilan bajarilishi mumkin.
Xususiy vazifa: kurashchini aldash va sohta harakatlarga o’rgatish. Trener mashg’ulot boshlanishidan oldin kurashchilarni oraliq masofani uzoq masofada ancha keng qilib olib, ikki sherenkaga saflaydi. So’ngra biror o’quvchi bilan birga qo’l, oyoq, gavda bilan turli xildagi aldash harakatlarini ko’rsatadi. Shug’ullanuv- chilar e‘tiborini turli tomonlarga aldashning ifodaligiga qaratadi, sohta ushlashlar qiladi, shundan keyin asosiy ushlashni bajaradi va raqibini muvozanatdan chiqaradi. 1-topshiriq. Uzoq masofada, so’ngra o’rtacha masofada siljish, qo’li va gavdasi bilan aldash harakatlarini bajarish, qulay paytni poylab, sherigini istalgan usul bilan
ushlab olish va uni muvozanatdan chiqarish9.
Sherigini ushlash va uni o’ziga orqasi bilan aylantirib olishga ruxsat beriladi. 3 daqiqa shug’ullaniladi.
Metodik ko’rsatmalar.
Sherigi yiqilayotganda-kiyimdan tutib qolib ehtiyotlash.
...hujum, himoya va qarshi hujum harakatlari qo’llaniladi. Ular xilma-xil tayyorlovchi harakatlar: hiyla ishlatish usullari, turli xilda siljish, ushlash, muvozanatdan chiqarish, sohta usul va aldashlar bilan, istalgan harakatlar qilishga majbur etish va ayrim usullarni qo’llashga o`rinib ko’rish, chalg’itish, xavf solishlar,
silkitish, soxta himoyalanishlarning immitatsiyasi, oraliqdagi masofalar va qo’qqisidan o’zini chetga olib qochish, yolg’ondakam bo’shashish va hokazolar.


Yiqila turib uloqtirish
Raqibni urib orqaga yiqitish va bir zarb bilan ko’tarib uloqtirish.
Sherigini turli usulda ushlash, aldash va soxta harakatlar qilib qo’llar yordamida muvozanatdan chiqish va bir zarb bilan ko’tarib yiqitish usullari qo’llaniladi. Bunda har qanday hollarda ham sherigi to’nidan, belbog’idan va qo’llaridan ushlab ehtiyot qilinadi.
Raqibni urib orqaga yiqitish. Bu usul bilan hujum qilishni tayyorlash va o’tkazishda qo’llar muhim rol o’ynaydi. Hujumchining harakati raqibga qo’l orqali beriladi. Shubhasiz, bunda oyoq va gavda harakatlari ham katta ahamiyatga ega. Raqibini urib orqaga yiqitish kerak. Yiqilayotganda sherigini yelkasidan ushlab turish kerak.
Raqibini urib orqaga yiqitish usuli bilan oldinga, o’ngga-oldinga-yon tomonga, orqaga oldinga-pastga va hokazo tomonlarga yiqitish mumkin. Raqibini urib orqaga uloqtirish usulidan himoyalanish:

  • qo’llarni pastdan va yuqoridan harakatlantirib ushlashdan bo’shatish;

  • tomonlarga egilish va aksincha uni yiqitishga o`rinib qo’rish;

  • orqaga ketib, gavdani engashtirish;

  • qarshi harakatlar;

  • qarshi yiqitish usullarini qo’llash;

  • oyoqlari bilan orqaga ketish va o’sha tomonga yiqitish;

  • u yoki bu oyoqni bukish, hamda qarama-qarshi tomonga yiqitish va hokazo. Bir zarb bilan ko’tarib uloqtirish.

Raqibni qulay ushlagandan keyin uni ikkala qo’llar bilan o’ziga pastga, o’ziga va yon tomonga, oldinga va yon tomonga keskin harakatlar qilish hisobiga, gavda va oyoqni ma‘lum tomonga faol harakatlantirib, bir zarb bilan ko’tarib uloqtirish kerak.
Bir zarb bilan ko’tarib uloqtirish raqibni to’nidan, belbog’idan, qo’llar bilan ikkala qo’lini ushlab olgandan keyin, qo’llarni keskin siltab tortib va gavdani faol burib raqibni orqasiga yiqitish bilan bajarilishi mumkin.
Bir zarb bilan ko’tarib uloqtirishdan himoyalanish: ushlab olish imkonini bermaslik va qo’llarni bo’shatishga harakat qilish:

  • yaqin masofadan uzoq masofaga o’tish;

  • orqa tomonga og’ish va oyoqni oldinga chiqarish;

  • qarshi harakatlar xuddi avvalgi usullardagidek.




Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin