I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə14/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
kurash-haqida

Istomin Aleksandr Alekseevich. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Xalqaro toifadagi hakam, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan murabbiy.
Aleksandr Istomin o`zining ko`p yillik faoliyati davomida o`qitish, ish, fan, sport va hakamlik yo`nalishlarida samarali mehnat qilib kelmoqda. U erkin kurash bo`yicha fahriylar o`rtasida uch karra jahon chempioni bo`ldi. U ko`plab mutaxassis o`qituvchilar va murabbiylarning sevimli ustozi samimiy do`stiga aylangan inson. Shuning uchun ham u ko`pgina yutuqlarga sazovor bo`ldi va el- yurtning obru- e‘tiborini qozondi. A.Istomin o`z ish faoliyati jarayonida, yunon-rum, sambo, dzyudo kurashlari bo`yicha minglab shogirdlar tayyorladi. Ulardan ko`pchiligi Respublika, sobiq Ittifoq, Yevropa, Osiyo va jahon chepionatlarining g`olib va sovrindorlari bo`lishgan. Aleksandr Istominning shogirdi Abdulla Tangrievning sport maydonlarida erishgan yutuqlari fikrimiz isbotidir. ―O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan murabbiy‖ unvoni bilan taqdirlangan. Ko`plab ilmiy maqolalar va qo`llanmalar muallifidir.
Kerimov Fikrat Azizovich. Pedagogika fanlari doktori, professor, Xalqaro pedagogika va ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro Kurash Federatsiyasi
- FILA, hozirgi – UWWning ilmiy komissiyasi a‘zosi, O`zbekistan Armrestling Federatsiyasi Prezidenti, erkin va yunon - rum kurashlari bo`yicha Xalqaro toifadagi hakam.
F.Kerimov ish faoliyati jarayonida ko`plab yuqori malakali sportchilar tayyorlash, fan nomzodlari tayyorlash masalalariga alohida e‘tibor berdi, jahon sport maydonida mamlakat shonu-shuhratini oshirayotgan yuzlab sportchilar, fanimiz ravnaqi yo`lida tinimsiz ishlayotgan o`nlab pedagog-olimlarni tayyorladi va tayyorlamoqda. Olim
―Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar‖ (2004), ―Kurash tushaman‖ (1990), ―Erkin kurash‖ (1987), ―Sport kurashi nazariyasi va uslubiyati‖ (2001) kabi ko`plab kitoblar muallifidir.
Ismoil Turobov (marhum). Erkin va yunon rum kurashi va kurash bo`yicha sport ustasi. Ismoil Turobov kurashning nasliy vakili hisoblanadi. Turobovlar uchun kurash oilaviy an‘anaga aylangan. Ismoil polvonning otasi, bobosi va amakisi ham mashhur polvonlar bo`lganlar. Otasi Turob Sharopov va amakisi Bahrom Sharopov kurash musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashgan va dong taratgan polvonlar edilar. Buxoro amiri Olimxon ularni o`z saroyida kurashchi bo`lib xizmat qilishga taklif etgan. Pekin polvonlar amirga xizmat qilishdan bosh tortganlar va uning jabrini ko`p marotaba tortishgan. 1958 yildan 1969 yilgacha Ismoil Turopov erkin kurash bo`yicha O`zbekistan chempioni, 1956 yildan 1962 yilgacha kurash bo`yicha Respublika chempioni bo`lgan.

Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin