I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə15/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
kurash-haqida

Tuxfat Odilov. O`zbekistan Kurash Federasiyatsining sobiq raisi, g`amxur murabbiy, faol tashkilotchi bo`lish bilan bir qatorda zukko nazariyotchi, mahoratli qalamkash ham edi. O`nlab nashrlarda uning jismoniy madaniyat va sportga oid ilmiy va ommabop maqolalari chop etilgan.
Shuningdek, 1975 yilda‖ Milliy kurash‖, ―Sportning ommaviy turi‖, 1981 yilda
―O`zbek milliy kurash qoidalari‖ singari kitoblari nashr etilgan.
Haqberdi Nortoji Norboev. Olim ―Surxon polvonlari‖ kitobi muallifi. Mazkur kitobda tarixiy polvonlar va polvonlik sirlari haqida qimmatli ma‘lumotlar
keltirilgan. Olimning kurashga doir ko`plab maqolalari, risola va qo`llanmalari nashr etilgan.
Abdurashid Mirzaev, kurash faxriysi. A.Mirzaev quyidagi kurash haqida quyidagi fikrlarni bildirib o`tgan:
Ustozlar o`z shogirdlariga kurash usullaridan saboq berish jarayonida ularning qalbi va aqliga sharqona falsafiy-axloqiy g`oyalarni singdiradilar. Buning natijasida ma‘naviy yetuk, jismonan sog`lom, komil avlod tarkib topadi. Pahlavon yoshlarimiz mardlik timsoli sifatida birinchi bo`lib vayronakor g`oyalarga qarshi kurashda qalqon bo`lishga qodirdirlar, kuchlarini faqat ezgulik, bunyodkorlikka sarflaydilar.
Rustam To`raev. II-darajali ―Sog`lom avlod uchun‖ ordeni (1995), ―O`zbekiston Xalq maorifi a‘lochisi‖ (1997), ―Eng yaxshi trener‖ ko`krak nishoni (2000)
―O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustozi‖ unvoni (2001), "Mustaqillikning 10 yilligi‖ ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.
Taniqli murabbiy Rustam To`rayev 1998-2000 yillarda Dzyudo kurashi bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasiga rahbarlik qilgan. 1998-2000 yillarda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasida hakamlar bo`yicha direktor bo`lib ishlagan. Rustam To`rayev 1998 yilda Respublikada yilning ―Eng yaxshi sport ustozi‖ deb tan olindi. 1999 yilda To`rayevlar oilasi Respublikada ―Eng yaxshi sportchilar oilasi‖ deb topildi. R.To`rayevning shogirdlari qatoriga Kamol Murodov, Ramziddin Sayidov, Hikmat Kurtov, Alisher Kuryozov, Akobir Turopov, Farxod To`raev, Shuxrat Boboev, Feruz Sayidov, Mansur Jumaev, Shamsiddin Sayidov va Rishod Sobirovlarni kiritish mumkin.

Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin