158
kamroq kishilarda (chapaqaylarda) o‗ng yarim sharning tegishli qismi zararlangan
bo‗lishi mumkin.
Nutq funksiyasi buzilishining ikkinchi shakli —
sensor
yoki
chakka afaziyasi,
yoki
Vernike afaziyasi
nutq idrok etishning buzilishi bilan ta‘riflanadi.
Sensor
afaziyali bemor nutqni tushunmaydi, ayrim so‗zlarni eshitmaydi, so‗zlash qobiliyati
saqlanish
bilangina qolmay, hatto sergaplikda namoyon bo‗ladi. Sensor afaziyada
bemor o‗z nutqini idrok eta olmasligi tufayli so‗zlarni ko‗pincha buzib aytadi va
uning uzluksiz nutqi mutlaqo tushunilmaydigan bo‗lishi mumkin. Sensor afaziya
bilan
bir vaqtda
aleksiya
(ya‘ni ovoz chiqarmasdan yoki ovoz chiqarib o‗qish
qobiliyatining buzilishi) va
amuziya
(ya‘ni musiqani idrok etish qobiliyatining
buzilishi) ham uchraydi.
O‗naqaylarda chap yarim sharning birinchi chakka pushtasi zararlanganda
sensor afaziya kelib chiqadi.
Afaziyaning maxsus turi -
amneziya
yoki
tepa amneziyasi, amnestik afaziya
ayrim so‗zlarni, ko‗pincha ot, nomlarni unutib qo‗yish bilan ta‘riflanadi. Amneziya
bo‗lgan bemor nima haqida gapirmoqchi ekanligini biladi-yu, ko‗pincha zarur so‗zni
esiga tushirolmaydi va buyumning nomini atash uchun uni uzundan-uzoq tasvirlashga
majbur bo‗ladi. Afaziyaning bu shaklida chap tomondagi pastki tepa pushta
zararlangan bo‗ladi. Bu pushta zararlanganda ko‗pincha agnoziya va apraksiyalarning
boshqa simptomlari, jumladan, sanay olmaslik—
akalkuliya
ham kuzatiladi.
Bir qancha kuzatishlarga asoslanib,
buyumni tanish, maqsadga muvofiq ish
ko‗rish va nutq jarayonlarida tepa sohasining orqadagi qismi va peshananing oldingi
pushtasi maxsus rol o‗ynaydi, deb faraz qilinadi.
Miya po‗stlog‗idan ba‘zi qismlarining zararlanishi ikkinchi signal tizimining
funksiyalariga ayniqsa ko‗p ta‘sir etadi, garchi shunday bo‗lsa ham, miyaning hatto
bir-biridan ancha uzoqdagi ko‗p qismlari zararlanganda har qanday murakkab
funksiya (tanish, maqsadga muvofiq ish ko‗rish, nutq, yozish, o‗qish, sanash)
buzilishi mumkinligini A. R. Luriya va boshqa tadqiqotchilar ko‗rsatib berishgan.
Shu bilan birga miya po‗stlog‗idan biror qismining zararlanishi oqibatida aksari bitta
159
funksiya emas, balki bir qancha funksiyalar buziladi.
Shunday qilib, ikkinchi signal
tizimi muayyan funksiyalarining markazlari haqida juda shartli qilib gapirish
mumkin, xolos.
Dostları ilə paylaş: