164
farqlanadi: 1) organizmnning diqqat-e‘tibori va ish qobiliyati kuchayadi,
ruhiy va
jismoniy imkoniyatlarini ishga soladi. Bunday holat organizmni chiniqtiradi, ish
qobiliyatini kuchaytiradi, foydali bo‗ladi; 2)
ehtiyojni qondirish, maqsadga erishish
uchun birinchi darajadagi zo‗riqish holatida ishga solingan imkoniyatlar yetarli
bo‗lmasa, zo‗riqishning ikkinchi darajasi rivojlanadi, manfiy hissiyot paydo bo‗ladi,
odam norozi bo‗ladi, jahli chiqadi. Ammo, u imkoniyatlarini iloji boricha ishga solib,
oldida turgan masalani
yechishga harakat qiladi; 3) agar qondirilishi zarur bo‗lgan
extiyojlarni organizm ega bo‗lganidan ko‗p miqdorda talab qilinsa, organizmning
imkoniyatlari turgan masalani yechish uchun yetarli bo‗lmasa, zo‗riqishning uchinchi
darajasi rivojlanadi. Maqsadga yetishga ko‗zi
yetmagan odam siqilib, eziladi.
Zo‗riqishning bu darajasida organizm a‘zolari va tizimlarining faoliyati keskin
salbiylashib ketadi. Aqliy va jismoniy imkoniyatlari kamayadi, odam hech bir ishga
qo‗l
urgisi kelmaydi, zarar yetkazuvchi omillarga qarshiligi pasayadi. Bunday
holatning uzoq davom qilishi organizmga ziyon keltirib,
turli kasalliklarning
rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun zo‗riqishning uchinchi darajasini
organizmning o‗ziga xos himoya reaksiyasi desa bo‗ladi; 4) imkoniyatlari yetarli
emasligini bilgan organizm maqsadga erishishdan voz kechishga majbur bo‗ladi.
Ammo,
maqsadning ahamiyati, unga yetishish zaruriyati saqlanib qolsa, organizm
mushkul ahvolga tushadi, endi zo‗riqish to‗rtinchi darajaga o‗tadi.
Dostları ilə paylaş: