1. Biznes tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o‘rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir



Yüklə 18,29 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü18,29 Kb.
#132442

1. Biznes tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o‘rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va tashkilotlaming maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yo‘nalishga va maqsadga bo‘lgan marketing tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi. Bu o‘rinda mashhur «Marks end Sienser» kompaniyasining boy tajribasi diqqatga sazovor. Angliyada yirik va nufuzli sanalgan ushbu tashkilot «yumshoq tovarlari» (kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlari) chakana tovar oborotida 16 foizni tashkil etadi. Har bir kvadrat metrga to‘g ‘ri keluvchi tovar oboroti hajmi bo‘yicha bu kompaniya dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 80-yilIarda «Marks end Sienser» Parijda o ‘z shahobchasini ochish va fransuz xaridorlari didiga mos keluvchi tovarlami taklif qilish maqsadida 18 oy mobaynida muttasil marketing tadqiqotlarini o ‘tkazdi. Vaholanki, britaniyalik va fransuz oilalarining turmush tarzi, hayotiy ko‘nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari birbirlariga juda o ‘xshash bo‘Isa ham, mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha farq qilar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir tashkilot, firma o ‘z bozori va xaridori ko‘lamini saqlash, ular salmog‘ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog‘i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlami talab etadi. Asosan yirik firmalar o ‘z tarkibiy tuzilmalari, sho‘ba tashkilotlari miqyosida marketing tadqiqotlarini o‘tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo‘yicha tadqiqotlami o ‘tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy boimaganligi hamda xodimlami butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushishi sababli, ayrim muammolami ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar. AQShda eng yirik va mashhur firmalar o‘z marketing tadqiqotlarini asosan besh sohada amalga oshiradilar.
1. Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.
3. Tashkilotning ichki va tashqi mas’uliyatini baholashga oid tadqiqotlar.
4. Bozordagi holat tahlili.
5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.
Mavzu jihatdan marketing tadqiotlari bir-birini to‘ldiruvchi bo‘lishi bilan birga, bir-biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv shaxobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hokazo. Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublaming qoMlanishi, axborot ko‘lamining qayta ishlanishi, boshqa ko‘rsatkichlaming inobatga olinishi, bir necha variantli yechimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu mavzular bo‘yicha sunggi paytlarda ishlab chiqarilgan umumiy va maxsus kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin.
2. Kompaniya strategiyasini belgilashga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillaming o ‘zaro ta’sirida bir tarmoqda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, vaqt davomida o‘zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Firma hamisha ham o ‘zi xohlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning harakatlari qonun, siyosati, ijtimoiy tartibot va jamiyat mavqeyi bilan chegaralanadi.
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilami nazarda tutadi: • jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik ko‘rsatish; • ijtimoiy afzalliklar va jam iyat ehtiyojlariga ijobiy qarab, o ‘z faoliyatini tartibga solish; • tartibga soluvchi m e’yorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarur harakatlami o ‘z vaqtida amalga oshirish; • hissadorlar va jamiyat manfaatlari o ‘rtasida muvozanatni saqlash; • jamiyatda kompaniyaning fuqarolik mavqeyini ta’minlash.
Tarmoqning jozibadorligi va raqobatchilik darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir ko'rsatadi. Kompaniya strategiyasini ilgari shug‘ullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi anglangan sohasiga qurilishi lozim. Strategiyada hisobga olinishi lozim boigan va aslida uni belgilovchi birlamchi omillaming oddiy modeli 5-chizmada keltirilgan. Bu omillaming o‘zaro ta’siri, odatda, har tomonlama mazmunga ega boiib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi. Odatda, ichki va tashdi vaziyat o ‘rtasidagi farq aniq boim asa, raqobatli ustunlikka erishilmasa, kompaniya faoliyati yaxshilanmagan boisa, strategiyaning o ‘zi muvaffaqiyat keltira olmaydi.
SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) so‘zlaridan tuzilgan akronimdir. SWOT - tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: -Kompaniya o ‘z strategiyasida o‘zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning hech qanday ajralib turuvchi ustunlikiari boim asa, uning qanday potensial kuchli jihatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin? Kompaniyaning zaif jihatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jihatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jihatdan kelib chiqqan holda qaysi zaif jihatlarga tuzatish kiritish kerak? Qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? Shuni qayd qilib o‘tish lozimki, foydalanish usullari boim agan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
3. Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bo g iiq boigan. “Biznes” - so‘zi inglizcha so‘z boiib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilami foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. Biznesmen (tadbirkor) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo b o iib , u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkomi mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g ‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkomi o‘zi, o ‘z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o ‘zi xo‘jayinlik qiladi. Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, xayotni o ‘zi so‘ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes - bu xorijiy so‘zdir. U butun dunyo bo'yicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanidilar. 0 ‘zbek tilida esa biznes so‘zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. 0 ‘zbekcha so‘z xorijiy so‘zga to‘g‘ri keladi, lekin unga qo'shimcha ma’no ham beradi. Bu so‘zlami ortida “ish” ya’ni ish bilan shug‘ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes - bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, ishlab chiqarish korxonasi, savdo do‘koni, xizmat ko‘rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokatlik idorasi, bank va hokazo). Demak, biznes bu yo‘q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o ‘qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o ‘qishi, izlanishda boiishi kerak. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlaming yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “0 ‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunida tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlikmulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir”. Kichik biznes taraqqiyotning muhim garovlaridan biri- faoliyatda marketingdan keng foydalanish, uning ilg‘or innovatsion yo‘nalishi va vositalaridan amalda yetarlicha samara ko‘rsatib, ishlashdan iboratdir. Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bogiiqdir, shu bois marketing so‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market - bozor, in g - faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi). Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo‘nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. Talab bilan taklifning o ‘zaro ta’siri alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini uzluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon, o‘z navbatida, shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlaming iste’moli (ishlatilishi) kiradi
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik kishining biror-bir narsa yetishmasligini his tishidir. Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab xarid quvvatiga ega ehtiyoj .Talab - mavjud, potensial hamda xohish talabga bo‘linadi. Tovar - ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tibomi tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovami ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini moMjallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz ishbilarmonlari orasida marketing tizimlaridan qaysi birini qo‘llash, respublikamizning qaysi sharoitlarini, xususiyatlarini qanday tartibda e ’tiborga olish lozim, degan savollar tug‘ilishi tabiiydir. Bu savollarga to‘liq javob topish murakkab va u birqancha omillarga bog‘liq, ya’ni korxonalaming iqtisodiy-moliyaviy holati, shakllanayotgan bozor konyunkturasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi, raqobat va korxonaning bozor talablarining o ‘zgarishiga mos ravishda mahsulotni takomillashtirish va boshqalar. Kichik biznes faoliyatida ishlab chiqarish va savdo faoliyatini tashkil qilishning o ‘ziga xos xususiyati bu turdagi tadbirkorlik sohasiga marketing tamoyllarini tatbiq etish jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kichik biznes faoliyatida marketing tizimini qoMlashning eng muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotda boMish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing funksiyasi bozomi tashkil etishdan boshlab, sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlami tashkil etishgacha o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Kichik biznes faoliyati ishlab chiqarish xarakteriga ega boMgan korxona boMganligi uchun marketing faoliyatning barcha elementlarini o‘zlashtiradi va ular orasida quydagilar asosiy o ‘rinda turadi
4. Bozor nima? Bozor — iste’molchi va sotuvchilaming xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlami ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo'lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega boigan potensial iste’molchilaming majmui tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi tovar yoki xizmatlami sotib oluvchilaming mavjud va potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora bilan qandaydir umumiy belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi. (masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar (iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o ‘smirlar yoki katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, 0 ‘zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki G ‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Sumsung firmasi mobil telefonlarining jahon bozorida, “Gloriya Jins” - Rossiya kiyim bozorida ishlaydi.
Bozor - tovami xarid qiluvchi va sotuvchilami har qanday kelishuvlar (shartnomalar) yordamida shu tovami oldi-sotdi qilish bo‘yicha munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) - tovar xo‘jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va Tovar muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi)lar o ‘rtasida sodir boiadigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o ‘z ichiga oladi
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor tovar-pul munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik yuritish qurolidir
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilaming yetishmasligi va hokazo. Bozor ma’lum bir qiymatga ega boigan turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, intelektual bozor, shou-biznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilaming turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.
Bozor konyunkturasi - ma’lum davrda shakllangan bozor holati (baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.lar). Bozor konyunkturasi - ayrim bozorlarda muayyan holatlaming mavjudligi. Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanat(talab va taklifhing bir-biriga nisbati)ning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra, bozor konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Uning yechimi bo‘yicha tanqidiy fikriarini ham berishlari m a’qo'llanadi.
Bozor konyunkturasi - bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, narxlar darajasini, tovar zaxiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlami tavsiflaydi.
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganish zarurati quyidagilarga bog‘liq boiadi: a) odatda bozoming sigim i, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o‘zgarib boradi, shu sababli ulaming monitoringini amalga oshirish lozim; b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi sababli ulami alohida o‘rganish tegishli samara bermaydi; c) bozor to‘g ‘risidagi m aium otlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi
Yüklə 18,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin