162
qanoatlanmaslik, norozilikni his etishdan iborat bo‗ladi. Hissiyotlarning vujudga
kelishi MAT ning ixtisoslashgan tuzilmalari faollashuviga bog‗liq. Bu tuzilmalardan
ayrimlarining qo‗zg‗alishi ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi va organizm ularni saqlab
qolish, kuchaytirish va takrorlashga intiladi. Boshqa xil tuzilmalarning qo‗zg‗alishi
manfiy
hissiyotlarni rivojlantiradi, organizm bularni yo‗qotishga yoki
salbiylashtirishga intiladi. Hissiyotlar shaxsning hayotiy tajriba orttirishining asosini
tashkil qiladi. Hissiyotlar musbat va manfiy mustahkamlovchi vazifani bajarib,
biologik jihatdan maqsadga muvofiq hatti-harakatlarni
rivojlanishini, yoki aksincha
biologik tomondan ahamiyatsiz reaksiyalarning yo‗qolishini ta‘minlovchi, uning
moslashuvchanlik imkoniyatlarini kengaytiruvchi
omil vazifasini bajaradi, ruhiy
faoliyatga ta‘sir qiluvchi asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Odamning
hissiyotlari, odatda, ijtimoiy asosga ega, ular ma‘lum jamiyatning qonun-qoidalariga,
urf-odati, ahloqiga bog‗liq bo‗ladi. Odamning oliy hissiyotlari ma‘naviy, estetik va
zakovatli ehtiyojlar asosida shakllanadi. Odamning
qaysi bir ehtiyojini olmaylik, u
qoniqmaslikdan paydo bo‗ladi. Odam o‗z maqsadiga yetmasa, ehtiyojini qondira
olmasa, qaysi yo‗l bilan bo‗lmasin oldida turgan qiyinchiliklarni
yengishga harakat
qiladi.
Odamning maqsadga yetishga qaratilgan faoliyatlari mexanizmi. Odamning o‗z
ehtiyojlarini takroran qondirishga, ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirishga intilish
tug‗diradi.
Peyps fikricha, hissiyotning shakllanishida miyaning limbik tuzilmalari
asosiy rol o‗ynaydi. Gippokampda paydo bo‗lgan hissiyotning qo‗zg‗alishi mamillyar
tanalarga tarqaladi, keyin talamus orqali belbog‗ pushtaga o‗tadi
va undan miya
po‗stlog‗iga yetib keladi. His-hayajonning qo‗zg‗alishi bu tuzilmalar o‗rtasida uzoq
vaqt aylanib yurishi mumkin. Ba‘zi hissiyotlarning turg‗unligi ana shu halqada
qo‗zg‗alishning uzoq vaqt uzluksiz harakatda bo‗lishi bilan tushuntiriladi.
Hissiyotlar odam kayfiyatini o‗zgartirishdan tashqari, bir qator ichki a‘zolar
faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi: qonda adrenalin miqdori ko‗payadi,
yurak
faoliyati tezlashib, qon bosimi ko‗tariladi, gazlar, modda va energiya almashinuvi
tezlashadi, skelet mushaklar faoliyati o‗zgaradi (47-rasm). Oddiy sharoitda mushaklar
163
birin-ketin
ishga tushsa, his-hayajon paydo bo‗lgan vaqtda hammasi birdan faol
holatga o‗tishi mumkin. Mushaklarda charchash jarayoni sekinlashadi. Bundan
Dostları ilə paylaş: