156
ular ikkinchi signal tizimining funksiyalarida bir yarim
sharning ahamiyati kattaroq
ekanligini ko‗rsatadi; ikkinchidan, ular bir yarim sharning ko‗proq ahamiyatga ega
ekanligi mehnat faoliyatida katta rol o‗ynaydigan qo‗lga qandaydir bog‗liq ekanligini
ko‗rsatadi.
Ikkinchi signal tizimi normal ishlashi uchun miya po‗stlog‗ining keng zonalari
kerak. Ammo, ikkinchi signal tizimining faoliyatida miyaning ba‘zi qismlari kattaroq
rol o‗ynashi shubhasiz. Nutq, so‗zlarning ma‘nosini
tushunish, ularni aytish,
buyumlarni tanib, maqsadga muvofiq ish ko‗rish, ish natijasini oldindan bilish bilan
bog‗liq bo‗lgan murakkab funksiyalar yuzaga chiqishi uchun dinamik jihatdan
vujudga keluvchi murakkab asab strukturalari, ya‘ni miya po‗stlog‗ining birgalashib
ishlovchi ko‗p apparatlari kerak. Ana shu apparatlar juda ko‗p neyronlar va ularning
zanjirlaridan iborat «burjlarni», ya‘ni funksional tizimlarni hosil qiladi.
Miya katta yarim sharlari po‗stlog‗ida faqat birinchi yoki faqat ikkinchi signal
tizimlariga taalluqli asab elementlari anatomiya nuqtai
nazaridan bir-biridan
chegaralanmaganligini nazarda tutish kerak.
Odamda buyumni tanib olish, maqsadga muvofiq ish ko‗rish va nutq
funksiyalari ko‗proq
buziladi, ularni anatomiya-klinika nuqtai nazaridan kuzatish
ikkinchi signal tizimi asab strukturalarining lokalizasiyasini aniqlashda asosiy metod
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: