157
bog‗lamaydi. Eshituv agnoziyasi bo‗lgan bemor bong
tovushini yoki shaldirab
tushayotgan suv tovushini tanimasligi mumkin, ammo bongni tashqi ko‗rinishiga
qarab, suvni unga qo‗l botirib his qiladigan sezgisiga qarab darrov taniydi.
Eshituv
agnoziyasi odatda miyaning chakka bo‗lagi zararlanganda kuzatiladi. Eshituv
agnoziyasida nutqni idrok etish funksiyasi buziladi.
Taktil agnoziya
buyumning tegib turganini bemor his qilgani holda uni
paypaslab tanimasligida namoyon bo‗ladi,
binobarin, taktil agnoziyada bemorning
oddiy taktil sezgilari saqlanib turadi. O‗ng yarim sharning emas, balki ko‗pincha chap
yarim sharning yuqoridagi tepa bo‗lagi zararlanganda taktil agnoziya kuzatiladi.
Apraksiya.
Apraksiya (grekcha
―praksis‖ — ish, harakat so‗zidan) muayyan
maqsad yo‗lida ish ko‗rish, masalan, iroda bilan
muayyan harakat qilishning
buzilishida namoyon bo‗ladi. Masalan, apraksiya bo‗lgan bemor ko‗pincha gugurt
chaqa olmaydi, qo‗lini qimirlatib,
salomlasha olmaydi, non kesolmaydi va hokazo.
Ayni vaqtda qo‗li falaj bo‗lmay, ayrim oddiy harakatlarni bajara oladi - qo‗lini
istagan bo‗g‗imidan buka va yoza oladi. Bemor qiladigan ish-harakatini tushunishi,
ammo shu bilan birga maqsadga muvofiq harakatni bajara olmasligi apraksiyaga
xarakterli. Apraksiyada harakat qilish tashabbusi
keskin darajada susayadi, shuning
oqibatida ixtiyoriy harakatlar kamayadi.
Dostları ilə paylaş: