174
I. Mustaqil hayotining birinchi daqiqalaridan boshlab yosh organizm tashqi
rag‗batlarning yetarlicha barqaror to‗plami bilan ta‘minlanadi.
Bu bosqichda,
o‗rganish noassosiativ mujassamlangan tavsifga ega bo‗lib, muhit omillari to‗plami
bilan belgilanadi va ularni organizmning bir butun faoliyati bilan assosiasiyasini
shartligini talab qilmaydi. O‗rganish rag‗batga bog‗liq tavsifga ega.
O‗rganishning bu shakliga summasiyali refleks, odatlanish, tasvirlanib qolish
(imprinting), taqlid qilish (imitasiya) kabilarni kiritish mumkin. Summasiya asosida
sensibilizasiya (ushbu qo‗zg‗atuvchi agentga organizmning sezuvchanligini ortishi)
va fasilitasiya (aynan shu javob reaksiyasini ishga tushishini yengillashtirish) turadi.
Xulq-atvorning bunday ko‗nikmalari: harakatlanishning ma‘lum
bir marshrutini
o‗zlashtirish, fazaning ma‘lum bir joylarida to‗planish, ovqatlanish uchun yaroqli va
yaroqsiz mahsulotlarni farqlash va h.k.
Bu va bunga o‗xshash ko‗nikmalar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) ular uzoq muddat saqlab qolinmaydi va yo‗q bo‗lib ketadi;
2) ularni yuzaga keltiruvchi qo‗zg‗atgichlar ixtisoslashgan signalli ahamiyatga
ega emas;
3) ushbu ko‗nikmalar yo‗q bo‗lgandan keyin mustaqil ravishda tiklanmaydi.
Oxirgisi shundan dalolat beradiki, ushbu ko‗nikmalarni yo‗q bo‗lib ketishi bu
vaqtinchalik tormozlanish emas, balki vayron bo‗lish jarayonidir.
Summasion reaksiya tirik mavjudotlar evolyusiyasining ilk bosqichlarida
paydo bo‗lib, yuksak hayvonlarda individual o‗rganishning ancha murakkab
shakllarini muhim elementi sifatida o‗zgargan, ayrim hollarda esa niqoblangan
ko‗rinishda namoyon bo‗ladi.
Odatlanish, summasion reaksiyaga qarama-qarshi ravishda, o‗rganishning
shunday shakli sifatida namoyon bo‗ladi. O‗rganishning bu shakli, biron-bir biologik
ahamiyatga ega agent (ovqatlanish, mudofaa va b.) bilan hamroh bo‗lmagan
qo‗zg‗atuvchini ko‗p marotaba ta‘siri oqibatidagi reaksiyani nisbatan barqaror
susayishidan iborat.
Tuban hayvonlar uchun summasiyali reaksiya va
qisqa muddatli odatlanish
175
individual tajriba orttirishning yagona mexanizmlari hisoblanishi mumkin.
Odatlanish evolyusiya davrida mukammallashadi va xulq-atvor adaptasiyasi
repertuarida muhim rol o‗ynaydi. Ma‘lum bir ma‘noda odatlanish - bu, reaksiyalarni
bostirilishi bo‗lib, hayot faoliyatini qo‗llab-quvvatlash uchun ularning ahamiyati
katta emas. Odatlanish charchash yoki sensorli adaptasiya natijasida yuzaga
kelmaydi, u, qisqa va uzoq muddatli bo‗lishi mumkin. Bu hol, odatlanishni har xil
xotira turlarini o‗rganish uchun model sifatida foydalanish imkonini beradi.
Hayvonot dunyosida odatlanishning eng ko‗p tarqalgan shakli - orientirlanish
refleksi hisoblanadi va uni yuzaga keltirgan qo‗zg‗atuvchi qayta ta‘sir
qilganda,
odatlanishning barcha belgilari bilan birga so‗nadi. Orientirlanish refleksini
rivojlanishidagi asosiy omillar qo‗zg‗atuvchini yangilanishi, kutilmaganligi va
mohiyatliligi hisoblanadi. Orientirlanish reaksiyasi tarkibida ikkita jarayon ajratiladi:
1) bezovtalanish va hayronlik reaksiyasining boshlanishi bo‗lib, ular mushaklar
tonusini ortishi va gavda holatini fiksasiya qilish (pisib turish), miyani elektrli
faoliyatini generalizasiyalangan o‗zgarishi (nospesifik moslanish) bilan birga sodir
bo‗ladi;
2) diqqat-e‘tiborni
tadqiqotchilik reaksiyasi, ya‘ni qo‗zg‗atuvchi manbasi
tomonga qarab boshni, ko‗zlarni burish, reseptorlarni orientasiya qilish. U, miyaning
bioelektrik faolligini lokal o‗zgarishlari bilan birga sodir bo‗ladi.
Orientirlanish reaksiyasi aynan rag‗batga nisbatan emas, balki rag‗batni asab
tizimida oldingi qo‗zg‗atuvchi tomonidan qoldirilgan izli jarayon bilan solishtirish
natijasida paydo bo‗ladi. Agar rag‗bat bilan iz bir-biriga to‗g‗ri kelsa orientirlanish
reaksiyasi paydo bo‗ladi. Agarda, rag‗bat to‗g‗risidagi axborot va xotirada saqlangan
izlar bir-biriga to‗g‗ri kelmasa orientirlanish reaksiyasi paydo bo‗lmaydi va bunday
mos kelmaslik
qanchalik yorqin ifodalansa, reaksiya shunchalik jadal bo‗ladi.
Boshqacha aytganda, asab tizimi o‗zining elementlarini kombinasiya qilishi yo‗li
bilan rag‗batning «asabli modelini» quradi. Uni shakllantirish dinamikasi, aynan
orientirlanish reaksiyasini so‗nish jarayonlarida aks etadi.
Dostları ilə paylaş: