176
qiluvchi darajada, uni onasi bilan kontakt qilishiga bog‗liq bo‗lib, ular uni yashashini
amalga oshiradi. Yangi tug‗ilgan hayvonni onasi bilan birlamchi aloqasini amalga
oshiradigan xulq-atvor adaptasiyalarining majmui, embrional davrini qayta o‗zgarishi
zanjirini yakunlovchisidek bo‗ladi va unga his qilish va reaksiya qilishning
shakllangan mexanizmlarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu jarayon imprinting
(tasvirlash) deb ataladi. Ushbu hodisaning detallashtirilgan biologik tavsifini
K.Lorens ta‘riflagan bo‗lib, u imprintingning to‗rtta asosiy xususiyatini ifodalagan:
1) noilojlik (kritik) yoki ta‘sirchanlik
davri deb ataladigan, hayotning
cheklangan davriga mos keladigan imprinting;
2) imprinting qaytmaydi, ya‘ni kritik davrda paydo bo‗lib, keyingi tajribasi
tomonidan yo‗q qilinmaydi;
3) imprinting, mos ravishdagi xulq-atvor (masalan, jinsiy)
hali rivojlanmagan
paytda sodir bo‗lishi mumkin; boshqacha aytganda, imprinting yo‗li bilan o‗rganish
qo‗llab-quvvatlashni talab qilmaydi;
4) imprinting paytida hayot uchun muhim ob‘ektning individual tavsifi emas,
balki turga xos tavsiflari tasvirlanib qoladi. Masalan, jo‗ja tuxumdan chiqish paytida
yonida faqat quyonni ko‗rsa, uning orqasidan ergashib ketaveradi. Taqlid qilish
(imitasiya) natijasida hayvon, o‗z turiga mansub, boshqa hayvonlarning harakatlarini
bevosita kuzatish orqali turga xos harakatlarni bajaradi. Bu, ayniqsa yosh
hayvonlarga xos bo‗lib, ular ota-onalarining xulq-atvorini imitasiya qilish yo‗li bilan,
o‗zining turiga xos xulq-atvor repertuarini turli ko‗rinishlarini o‗rganadi. L.A. Orbeli,
imitasiyali xulq-atvorni turni saqlovchi asos,
deb hisoblagan, chunki eng katta
afzallik shundan iboratki, o‗z to‗dasining a‘zosini shikastlashishi aktida ishtirok
etayotgan ‖tomoshabinlar‖ reflektorli himoya aktlarini
ishlab chiqadilar va shu
tarzda, kelgusida xavflardan qochishlari mumkin.
Shunday qilib, mujassamlangan, noassosiativ o‗rganish mustaqil hayot
kechirish davrining birinchi bosqichlarida zotning hayot faoliyatini ta‘minlaydi
hamda turga xos xulq-atvor xarakteriga asos soladi.
Ontogenezning ancha keyingi bosqichlarida, borgan
sari yuqori darajada faol
177
xarakterga ega bo‗ladi.
Organizmning bir butun biologik reaksiyasi (assosiativ,
fakultativ o‗rganish) bilan birgalikda bo‗lishiga bog‗liq holda, signal ahamiyatiga ega
bo‗lish qobiliyati bo‗lgan tashqi omillar spektri kengayadi. Bu davrda, o‗rganish
samaraga bog‗liq xarakterga ega bo‗ladi, ya‘ni organizmni muhit bilan kontaktini
samaraligi bilan belgilanadi.
Assosiativ o‗rganish, qandaydir indifferent qo‗zg‗atuvchini organizmning
faoliyati bilan vaqt birligida to‗g‗ri kelishi bilan xarakterlanadi.
Bunday
assosiasiyaning – shartli refleksning biologik mohiyati, uning signal ahamiyatiga ega
ekanligida, ya‘ni ushbu qo‗zg‗atuvchi tomonidan keyingi hodisalarni bostirib
kelishini va u bilan, o‗zaro hamkorlikka organizmni tayyorlovchi,
ogohlantiruvchi
omil rolini o‗ynashida. Qandaydir ravishda shartsiz-reflektorli reaksiyani imitasiya
qiluvchi shartli reflekslar ishlab chiqish holati, so‗lak ajralishi yoki elektrli mudofaa
reflekslar paytida kuzatilgan. Oxirgi holatda, masalan, begona qo‗zg‗atuvchi, itlarda
oyoqlarini tortib olishga olib keluvchi kuchsiz elektrli og‗rituvchi rag‗bat bilan birga
ta‘sir ko‗rsatilgan. Bir necha marta, ushbu ta‘sirlar birga o‗tkazilgandan keyin, shartli
signalga ham shunday reaksiya yuzaga kelgan. Bunday shartli reflekslarni
Dostları ilə paylaş: