82
yuzalaridan hosil bo‗lgan. Me‘dacha oldingi devorining tag qismini yupqa plastinka,
undan keyin teparog‗ini – ko‗ndalang yotgan oq rangli oldingi spaykasi bo‗lgan svod
ustunchalari tashkil etadi. Me‘dachaning oldingi devorlari,
yon tomonlarida,
svod
ustunchalari talamusning oldingi uchlari bilan birgalikda me‘dachalararo teshiklarni
chegaralaydi. Bu teshiklar, III me‘dacha bo‗shlig‗ini oxirgi
miya yarim sharlarida
yotgan yon me‘dachalar bilan bog‗lab turadi. III me‘dachaning yuqorigi devori
svod
va qadoqsimon tana ostida yotadi. III me‘dachaning pastki,
tor devori yon
devorlaridan
ichki
tomonidan
pushtalar
bilan
chegaralangan. Me‘dacha
bo‗shlig‗ining tubi sohasida ikkita botiq hosil bo‗ladi: uning bittasi kulrang do‗ngcha
va voronkaga olib boradi; ikkinchisi esa – xiazma oldida yotadi. Me‘dacha
devorining ichki yuzasi ependima bilan qoplangan.
Miyaning ko‗rib chiqilgan rombsimon (miyachadan tashqari) o‗rta
va oraliq
bo‗limlari birgalikda miya ustuniga birlashadi. Klinika xodimlari,
ayrim hollarda,
miya ustuni tarkibiga ketingi va o‗rta miyani kirtishadi. Miya ustuni filogenetik
jihatdan ancha eski hosila bo‗lib, tuzilishi va funksiyasi bo‗yicha
bosh miyaning
nisbatan yosh qismi bo‗lgan oxirgi miyadan ancha sezilarli farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: