94
37-rasm. Limbik tizimning tuzilishi.
Hissiyotlarning rivojlanishida miyaning turli tuzilmalarini ahamiyati juda
kattadir. Hissiyotlarning vujudga kelishi gomeostazni ta'minlovchi
va fiziologik
ritmlarni boshqaruvchi tuzilmalarga bog‗liq. Masalan, och yirtqich hayvon ovqatga
bo‗lgan ehtiyojini qondirish, ya‘ni gomeostazni saqlash uchun o‗zidan
kichikroq
hayvonga hujum qiladi va o‗zidan kuchliroq hayvonning tajovuzidan qo‗rqib,
vahimaga tushadi va undan o‗zini olib qochadi. Hissiyotlarga tegishli miya
tuzilmalaridan eng muhimi limbik tizimdir. Bu tizimga talamusning oldingi yadrolari
va sal pastroqda joylashgan gipotalamus kiradi. Hissiyotlarni qo‗zg‗atuvchi vegetativ
reaksiyalarni gipotalamusning ma‘lum qismlari yuzaga chiqaradi. O‗rta miyaning yon
qismlarida chuqur joylashgan bodomsimon yadro,
u bilan yonma-yon turgan
gippokamp ham limbik tizim tarkibiga kiradi. Gippokamp va limbik tizimning
boshqa tuzilmalarini belbog‗ pushta o‗rab turadi. Deyarli barcha analizatorlardan
miya po‗stlog‗iga chiquvchi afferent impulslar
limbik tizimning birorta
tuzilmalaridan o‗tadi. Po‗stloqdan periferiyaga yo‗l olgan impulslar ham o‗z
navbatida bu tuzilmalardan o‗tadi.
95
Bodomsimon yadroni elektr toki bilan bevosita ta‘sir etilsa g‗azablanish,
qo‗rqish va tajovuz hissiyotlarni hosil qiladi. Bu yadroni gippokamp bilan birga
qo‗shib olib tashlash tajovuzkor maymunlarni yuvvosh va ishonuvchan qilib qo‗yadi.
To‗rsimon tuzilma va po‗stloq osti yadrolari (qora substansiya) ham
hissiyotlarni rivojlanishida faol ishtirok qiladi. Katta yarimsharlar po‗stlog‗ining
talamus bilan bevosita bog‗langan peshona sohalari hissiyotlar uchun katta
ahamiyatga ega.
Miyaning limbik tizimi emosiyani asab substrati bo‗lib xizmat qiladi. Bularga
po‗stloqni
qadimiy va qari sohalari, hamda miyaning yangi po‗stlog‗i (limbikli,
orbitalli, chakkani bir qismi), oraliq miyani katta qismi, to‗rsimon hosilalar, yoki
retikulyar (to‗rsimon) formasiya va o‗rta miyalar kiradi. Limbik hosilalar ko‗pincha
limbik tizimni hosil qiladi. Miyaning barcha limbik strukturalarini
morfologiyasi va
faoliyati bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Limbik strukturalarning ichki tomonida
joylashgan bir necha doiralarni ko‗rish mumkin. Bu doiralar: bodomsimon tana –
oxirgi tasma – gipotalamus – bodomsimon tana; gippokamp – to‗plam – to‗siq -
so‗rg‗ichsimon tana – Vik-d-‘Azira tutami – talamusning oldingi yadrosi (ko‗rish
bo‗rtig‗i) – belbog‗ jo‗yagi – to‗plam – gippokamp (Peyps doirasi) orqali qo‗zg‗alish
uzoq vaqt davomida aylanib yurishi mumkin. O‗zida ko‗plab yuqoriga ko‗tariluvchi
va pastga tushuvchi yo‗llarga ega bo‗lgan o‗ziga xos
tuzilma - oldingi miyaning
medial tutami retikulyar formasiya bilan birgalikda kuchli yopiq tizimni tashkil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: