75
sohasi zararlangan kishi bexos ta‘sirotga javoban tez reaksiya ko‗rsata olmaydi (31-
rasm).
Qora substansiya (substantia nigra ) ovqat yutish va
chaynash reflekslari kabi
murakkab aktlarning koordinasiyalanishiga bevosita daxldor. Qora substansiyaga
elektr toki bilan ta‘sir etilganda ovqat yutish
harakatlari yuzaga chiqib, nafas olish
tegishlicha o‗zgaradi. Qora substansiya plastik tonusni
boshqarishda qatnashadi va
qo‗l barmoqlarining juda aniq bajariladigan mayda harakatlarini yuzaga chiqarishda
va, binobarin, tonusning nozik boshqarilishida rol o‗ynaydi, degan ko‗rsatmalar ham
bor.
Boshqa
hayvonlarga
nisbatan
odamda
qora
substansiya
ko‗proq
rivojlanganligini, aftidan, shu bilan tushuntirsa bo‗lar. Urta miyaning shu qismi (qora
substansiya) zararlanganda mushaklar tonusi oshib ketadi, ya‘ni gipertonus ro‗y
beradi. Ammo, bu gipertonusni faqat qora substansiyaning
roli bilan izohlab
bo‗lmaydi, chunki u shikastlangan taqdirda mushaklar tonusining boshqarilishiga
bevosita dahldor bo‗lgan qizil yadro va retikulyar formasiya bilan aloqasi uziladi.