77
signal beruvchi havo tarkibidagi kimyoviy moddalar aniqlanadi. Bu –
distant
reseptor. Shuning uchun, hamda boshqa analizatorlarning
rivojlanishi va
takomillashuvi oqibatida quruqlikda yashovchi hayvonlarning oldingi miyasi kuchli
o‗sgan va markaziy asab tizimining boshqa bo‗limlaridan ustun. Ya‘ni, u, hid bilish
miyasidan hayvonning barcha xulq-atvorini boshqarish a‘zosiga aylangan. Xulq-
atvorning ikkita asosiy: 1) instinktiv – turning tajribasiga
asoslangan shakliga
(shartsiz reflekslar) va 2) individual – individning tajribasiga asoslangan (shartli
reflekslar) shakliga mos ravishda oldingi miyada ikkita guruh markazlar rivojlanadi:
1) bazal yoki po‗stloqosti, bosh miya yarim sharlari yadrolari; 2)
bosh miya
po‗stlog‗i. Oldingi miyaning ushbu ikkita guruh markazlariga barcha asab impulslari
kelib tushadi va ularga barcha afferent sezuvchi yo‗llar cho‗ziladi. Ushbu yo‗llar
(ayrimlaridan tashqari), avval, bitta umumiy markaz – talamus orqali o‗tadi.
Organizmni modda almashunivini o‗zgartirish yo‗li orqali muhitga moslashishi,
oldingi miyada vegetativ jarayonlarni boshqaradigan
yuksak markazlarni
(gipotalamus) paydo bo‗lishini belgilagan.
Oldingi miyaning ikkita qismidan (oraliq miya va oxirgi miyadan) po‗stloq va
po‗stloqosti yadrolar oxirgi miyaga, talamus va gipotalamus esa –
oraliq miyaga
taalluqli.
Dostları ilə paylaş: