68
26-rasm. Bulbar hayvonning harakat funksiyalari.
K – miya qobig‗i; Pm – oraliq miya; S – bo‗yin bo‗limi; Sm – orqa miya;Th –
ko‗krak bo‗limi; L – bel bo‗limi; S – hoch bo‗limi
2.4. Ko‘prik
Ko‗prik miya asosi tomonidan yo‗g‗on oq rangli val ko‗rinishida bo‗lib, orqa
tomondan uzunchoq miyaning yuqorigi uchi bilan, oldingi
tomondan esa miyaning
oyoqchalari bilan chegaralanadi. Ko‗prikning yon chegarasi sifatida uchlamchi va
yoz asablarining ildizchalari orqali sun‘iy o‗tkazilgan chiziq hizmat qiladi.
Ushbu
chiziqdan lateral holatda miyachaning o‗rta oyoqchalari joylashgan bo‗lib, ular bu va
boshqa tomonda miyachaga kirib boradi.
Ko‗prikning dorsal (bel) yuzasi tashqaridan ko‗rinmaydi, chunki u,
miyacha
ostida rombsimon chuqurchaning (IV me‘dachaning tubi) yuqorigi qismini hosil qilib
yashiringan. Ko‗prikning ventral (qorin) yuzasi tolali xarakterga ega va bu tolalar
69
umuman ko‗ndalang boradi va miyachaning o‗rta oyoqchalariga yo‗naladi.
Ko‗prikning ko‗ndalang kesimida u katta oldingi yoki ventral va kichik dorsal
qismidan iborat ekanligini ko‗rish mumkin. Ular orasidagi chegara bo‗lib ko‗ndalang
tolalarning yo‗g‗on qatlami – trapesiyasimon tana hizmat qiladi.
Uning tolalari
eshitish yo‗liga mansub. Trapesiyasimon tana sohasida ham tolalari eshitish yo‗liga
mansub bo‗lgan yadro joylashgan. Ko‗ndalang tolalar piramidali yo‗llarga mansub
bo‗lib, ular ko‗prikning shaxsiy yadrolari bilan bog‗langan. Bu yerdan miyachaning
po‗stlog‗iga boruvchi ko‗ndalang tolalar boshlanadi. O‗tkazuvchi yo‗llarning
ushbu
barcha tizimi ko‗prik orqali, katta yarim sharlarni miyacha yarim sharlarining
po‗stlog‗i bilan bog‗laydi. Katta yarim sharlar po‗stlog‗i qanchalik kuchli rivojlangan
bo‗lsa, ko‗prik va miyacha shunchalik kuchli rivojlangan bo‗ladi. Ko‗prik
odamda
eng ifodalangan bo‗lishi tabiiydir, bu hol uning bosh miyasi tuzilishining o‗ziga xos
tomoni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: