62
soatdan bir necha sutkagacha kerak bo‗ladi. Biroq odamda tiklanish bir necha haftaga
cho‗ziladi, ba‘zida esa tiklanmaydi. Boshqa hollarda esa,
aksincha, haddan ortiq
tiklanadi va buning natijasida orqa miyaning qisman yoki barcha funksiyalari
ortiqcha qo‗zg‗algan holatda bo‗ladi. Quyida spinal funksiyalardan ayrimlarini,
ayniqsa spinal karaxtlik vaqtida yoki undan
keyin aziyat chekadiganlarning, sanab
o‗tamiz:
1. Spinal karaxtlik boshlanganda darhol va ancha sezilarli darajada arterial
bosim tushib ketadi (40 mm sim. ust.gacha). Bu simpatik asab tizimining faolligini
deyarli to‗liq bloklanganligini ko‗rsatadi. Bosim odatda bir
necha kun ichida normaga
qaytadi (hattoki odamda ham).
2. Orqa miyada birlashgan skelet mushaklarining barcha reflekslari
karaxtlikning birinchi bosqichida bloklanadi. Ushbu reflekslarni hayvonlarda
tiklanish uchun bir necha soatdan bir necha kungacha; odamlar uchun - 2
haftadan
bir necha oy talab qilinadi. Hayvonlarda ham, odamlarda ham ayrim reflekslar oxir-
oqibatda o‗ta qo‗zg‗aluvchan bo‗lib qoladi, ayniqsa, bosh va orqa miya yo‗llarining
asosiy qismi kesilganda ayrim yengillashtiruvchi yo‗llar saqlab qolingan bo‗lsa.
Birinchi bo‗lib cho‗zilish reflekslari tiklanadi, keyinchalik asta-sekin murakkabroq
reflekslar: bukish, antigravitasion pozali va qisman qadam tashlash reflekslari
tegishli tartibda tiklanadi.
3. Siydik pufagi va to‗g‗ri ichakning bo‗shashini
nazorat qiladigan orqa
miyaning dumg‗aza bo‗limi reflekslari orqa miya kesilganidan so‗ng birinchi hafta
mobaynida bo‗lmaydi, lekin ko‗p hollarda ular tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: