Yuqori jag’ O’tkir osteomieliti va atrofidagi rivojlangan absess va flegmonalari bajardi: Nurhonova Dildora



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/5
tarix05.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#174067
  1   2   3   4   5
YUQORI JAG’ O’TKIR OSTEOMIELITI VA ATROFIDAGI RIVOJLANGAN ABSESS VA FLEGMONALARI

YUQORI JAG’ O’TKIR OSTEOMIELITI VA ATROFIDAGI RIVOJLANGAN ABSESS VA FLEGMONALARI

Bajardi:Nurhonova Dildora

Reja


KO’Z OSTI ABSES VA FLEGMONASI

KO’Z KOSASI ABSES VA FLEGMONASI

LUNJ SOHASI ABSES VA FLEGMONASI

CHAKKA OSTI SOHASI ABSES VA FLEGMONASI

YONOQ SOHASI ABSES VA FLEGMONASI

KO’Z OSTI ABSES VA FLEGMONASI

Ko'z osti sohasining abses va flegmonalari. Yallig'lanish yuqorigi

qoziq va birinchi kichik oziq tishlardan, ko'proq-yuqorigi yon kurak yoki

ikkinchi kichik oziq tishlardan infeksiya tarqalishi natijasida vujudga

keladi. Ko'z osti sohasidagi jarayon lunj sohasidan infeksiya tarqalishi

tufayli ikkilamchi ravishda rivojlanishi mumkin.


Qoziq tish chuqurchasi absesida bemorlar shu joydagi og'riqqa
shikoyat qiladilar. Boshlanishida, qoziq tish chuqurchasi absesi, yuqori
jag' oldingi yuzasi o'tkir yiringli periostitiga o’xshash bo'ladi. Ko'z osti
va lunj sohalarida, yuqori labda shish paydo bo'ladi. Burun qanoti ozgina
ko'tariladi, burun lab juyakchasi silliqlashadi. Shish yumshoq kuchsiz
og'riqli, terming rangi o'zgarmaydi, burmaga yig'iladi.
Og'iz dahlizi yuqori gumbazi silliqlashadi, uning ustidagi shilliq
qavat shishadi va qizaradi. Paypaslaganda chuqurlikda og'riqli soha
aniqlanadi. Bimanual paypaslaganda, shu soha aniqroq bilinadi.
Ko'z osti sohasi flegmonasida ko'z va chakkaga tarqaluvchi o'z-o'zidan sodir
bo'ladigan kuchli og'riq bo'ladi. Ko'z osti, lunj sohalarida tarqalgan shish
bo'ladi, u yonoq sohasi, yuqori lab, pastki qovoqqa,ayrim hollarda yuqori
qovoqqa ham tarqaladi. Yuqori jag' tanasi oldingi yuzasidagi to'qimalar
gazaklangan, paypaslaganda og'riqli. Gazakning ustida teri ravshan qizil,
birikkan, burmaga qiyinchilik bilan yig'iladi

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin