Yuqori jag’ O’tkir osteomieliti va atrofidagi rivojlangan absess va flegmonalari bajardi: Nurhonova Dildora



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/5
tarix05.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#174067
1   2   3   4   5
YUQORI JAG’ O’TKIR OSTEOMIELITI VA ATROFIDAGI RIVOJLANGAN ABSESS VA FLEGMONALARI

KO’Z KOSASI ABSES VA FLEGMONASI

KO’Z KOSASI ABSES VA FLEGMONASI


Yuqori jag' atrofidagi odontogen
yiringli yallig'lanish jarayonlari (ko'z osti sohasi flegmonasi, yuqori jag'
osteomiyeliti, o'tkir yiringli gaymorit, infraorbittal anasteziya asorati) ko'z
kosasi yumshoq to'qimalariga tarqalishi mumkin.
Ko'z kosasi (orbita) chegarasi uning devorlariga to'g'ri keladi. YOg'
kletchatkasi ko'z olmasi atrofida yetarlicha bir xil tarqalgan. Ko'z kosasi
distal bo'limida pastki ko'z yorig'i orqali qanotsimon-tanglay chuqurchasi
bilan aloqador bo'lgan yog' qavati joylashgan.
Ko'z kosasi absesida bemor ko'rish qobiliyatining o'zgarishi ko'z
olmasida pulsatsiya harakteriga ega bo'lgan og'riqqa shikoyat qiladi. Ko'z
kosasi absesida qovoqlar sohasida yallig'lanuvchi shish paydo bo'ladi.
Qovoqlar terisi ba’zan o'zgarmaydi, ba’zan bu yerda ekssudat tiqilib
qolishi (mikrotsirkulyatsiyadagi turg'unlik) hisobiga teri ko’kimtir rang
oladi. Paypaslaganda, qovoqlar infiltratsiyalangan, yumshoq, og'riqsiz.
Qon’yuktiva shilliq qavati shishgan, giperemiyalangan ko'pincha
ko’kimtir rangda bo'ladi. Ko'z soqqasiga bosim og'riqli. Ekzoftalm
kuzatiladi, ko'rish qobiliyati o'zgaradi, ko'z oldida har xil shakllar paydo
bo'ladi, ko'zda diplopiya paydo bo'ladi.

Flegmonada bemor shikoyati: chakka, peshona, ko'z osti sohalariga intensiv, irradiatsiya beradigan, pulsatsiyali og'riq va qattiq bosh og'rig'iga shikoyat qiladi. Ko'z olmasi harakati (ko'pincha bir tomonga) chegaralanadi, qovoqlar infiltratsiyasi kuchayadi, qon’yuktivalar shishib, yarim yopilgan qovoqlar orasidan ko'rinib qoladi (xemoz) va ko'rish pasayishi bilan kechadigan diplopiya paydo bo'ladi. Ko'z tubi tekshirganda, to'rparda venularlari kengayganligi, har xil darajada ko'rishning pasayganligi aniqlanadi. G'ovaksimon sinus trombozi rivojlanganda, qovoqlarda kollateral shish yanada kuchayadi va ikkinchi ko'z qovoqlarida ham shunday o'zgarishlar rivojlanadi, intoksikatsiya oshib borishi tufayli bemor umumiy ahvoli og'irlashadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin