Yuqori jag’ O’tkir osteomieliti va atrofidagi rivojlangan absess va flegmonalari bajardi: Nurhonova Dildora



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#174067
1   2   3   4   5
YUQORI JAG’ O’TKIR OSTEOMIELITI VA ATROFIDAGI RIVOJLANGAN ABSESS VA FLEGMONALARI

LUNJ SOHASI ABSES VA FLEGMONASI


Lunj sohasida abses va flegmonaning rivojlanishiga yuqori va pastki katta oziq, kam hollarda kichik oziq tishlardan infeksiya tarqalishi sabab bo'ladi. Ayrim hollarda, lunj sohasining abses va flegmonasi yuqori va pastki jag4laming o'tkir
yiringli periostitida, yiring periostal to'siqni yorib o'tganda, ko'z osti,
quloq oldi-chaynov sohalari va chakka osti chuqurchasidan infeksiya
tarqalishi natijasida ham rivojlanadi. Lunj mushagiga tashqaridan teri osti
kletchatkasi, ichkaridan shilliq osti qavati bilan qoplangan. Lunj orasida
lunjning yog'li tanasi joylashgan, u fassiya bilan o'ralgan bo'lib, quloq
oldi va chakka osti sohalari bilan tutashgandir.
Lunj sohasi absesida, bemorlar kuchsiz lokal, paypaslaganda
kuchayuvchi og'riqqa shikoyat qiladi. Yiringli o'choq teri va lunj mushagi
orasidagi kletchatkada hosil bo'ladi. Dumaloq shakldagi gazak, infeksiya
manbai - tishning joylanishiga qarab, lunjning yuqori yoki pastki qismida
joylashadi. Atrofdagi to'qimalarda biroz shish kuzatiladi.

Gazak tezlikda teriga o'tadi, shunda teri to'q-pushti yoki qizil rang oladi. Paypaslaganda flyuktuatsiya aniq seziladi. Teri osti absesi yuqori jag' atrofida joylashganida, uni o'rab turuvchi yumshoq to'qimalarda sezilarli shish bo'ladi, flyuktuatsiya hamma vaqt ham aniqlanmaydi, paypaslanganda kuchli og'riq bo'ladi. Ayrimlarda jarayonning kechishi sekin va sust bo'ladi. Yiring 1-2 hafta yoki undan ham ko'proq vaqtda hosil bo'lishi mumkin. Lunj sohasi flegmonasida bemor, og'iz ochganda va chaynaganda kuchayuvchi, keskin, o'z o'zidan kelib chiqadigan og'riqqa shikoyat qiladi. Lunj sohasida ko'p joyni egallovchi, pastki va yuqori qovoqqa, yuqori labga, ayrim paydari pastki labga va pastki jag' osti sohalariga tarqaluvchi gazak vujudga keladi. Ko'z yorig'i shish tufayli siqiladi. Lunj sohasi terisi gazaklanib qizaradi va burmaga yigilmaydi. Lunjni og'iz dahlizi yuqori va pastki gumbazlari shilliq qavatining shishisM va qizarishi -kuzatiladi. Shilliq qavat bo’rtib chiqadi va shu tufayli yuqori va pastki jag' tishlarining izlari tushib qoladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin