83
2.
Yarim sharlarning bazal yoki markaziy yadrolar «po‗stloqosti‖ – ichkari
qatlamda yashiringan oxirgi miyaning eski qismi.
Po‗stloqning kulrang moddasi – eng yosh qismi va shu bilan birga, eng katta
qismi. U, qolgan qismlarni plash bilan yopib turganday turadi va shu tufayli plash
yoki mantiya deb nomlanadi. Hayvonlar uchun ko‗rsatilgan
xulq-atvorning ikkita
shaklidan tashqari, odamda uning uchinchi shakli paydo bo‗lgan – jamoa xulq-atvori.
U, odamning mehnat faoliyati jarayonida va ularning nutq yordamidagi muloqatida
yaratiladigan odamlar jamoasining tajribasiga asoslangan. Xulq-atvorning ushbu
shakli, borliqning ikkinchi signal tizimi (nutq) deb nomlanadigan
moddiy substratni
tashkil qiluvchi miya po‗stlog‗ining eng yosh ustki qatlamlarlarini rivojlanishi bilan
bog‗liq (I.P.Pavlov). Evolyusiya jarayonida markaziy asab tizimining barcha
bo‗limlari ichida eng tez va kuchli ravishda oxirgi miya o‗sganligi tufayli, u, odam
bosh miyasining eng katta qismi bo‗lib qolgan va ikkita katta hajmdagi yarim sharlar
(o‗ng va chap) ko‗rinishiga ega. Miya ko‗ndalang tirqishining chuqurligida ikkala
yarim sharlar, o‗zaro, qalin gorizontal plastinka – qadoqsimon tana bilan birlashgan.
Ushbu qadoqqsimon tana bitta yarim shardan ikkinchisiga ko‗ndalang
boradigan
asab tolalaridan iborat. Qadoqsimon tananing tagida ikkita yoysimon oq rangli iplar
ko‗rinishidagi svod joylashgan. Ushbu tyajlar o‗zaro bog‗langan, oldingi va orqa
tomonlari
bir-biridan ajralib, oldingi tomonida
svod
ustunini va orqasida –
svod
oyoqchalari hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: