120
yuqorida tasvirlangan fiziologik hodisalar (so‗lak ajralishi, qusish,
nafasning
o‗zgarishi, gandiraklash)da ifodalanadigan shartli refleks tajriba sharoitining ta‘sirida,
morfin yuborishga tayyorgarlik ko‗rish yoki teri ostiga fiziologik eritma yuborishning
o‗zidayoq kelib chiqadi. Morfindan zaharlanishga xarakterli simptomlar shartli
refleksda organizmga morfinning bevosita ta‘sir etishidagiga nisbatan sustroq
ko‗rinadi.
Boshqa ko‗p moddalar miya po‗stlog‗ining markazlariga
bevosita yoki refleks
yo‗li bilan ta‘sir etsa, ularga doir shartli reflekslarni vujudga keltirish mumkin.
Masalan, A.O. Dolin indifferent ta‘sirotni teri ostiga bulbokapnin yuborish bilan
birga qo‗llagan. Bu ta‘sirlovchi 10—12 marta takrorlangach, bulbokapnindan
zaharlanish manzarasini shartli refleks yo‗li bilan gavdalantira oladigan bo‗lib qoldi.
Hayvonda katalepsiya holati ro‗y beradi, bulbokapninning o‗zi ta‘sir etgandagi kabi,
katalepsiya holatida oyoqlar go‗yo mumga o‗xshab qoladi, istagan vaziyatda shunday
qotib qoladiki, itni turli-tuman vaziyatga kiritsa bo‗ladi.
Bu tajribalarning
hammasi shuni isbot etadiki, shartli refleks hosil bo‗lishi
natijasida faoliyatini o‗zgartirmaydigan - qo‗zg‗almaydigan yoki tormozlanmaydigan
bironta ham a‘zo yo‗q. Organizmning har bir funksiyasini shartli reflektor ta‘sirotlar
bilan yuzaga chiqarish yoki tormozlash mumkin. Hozirda olib borilyotgan
tadqiqotlarda bosh miya katta yarim sharlarining po‗stlog‗ida funksiyalarni
boshqarish imkoniyatlari katta ekanligi ko‗rsatib berildi.
4
Dostları ilə paylaş: