115
maydonlarga qo‗yilgan turli-tuman ta‘sirotlarga javoban yuzaga chiqa oladi.
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i juda rivojlangan hayvonlarda
shartli reflekslar
miya po‘stlog‘ining funksiyasi
hisoblanadi.
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i olib
tashlangach shartli reflekslar yo‗qolib, faqat shartsiz reflekslar qoladi. Bundan
anglashiladiki, shartli reflekslarga qarama-qarshi o‗laroq, shartsiz reflekslarning
yuzaga chiqishida markaziy asab tizimining quyi bo‗limlari — po‗stloq ostidagi
yadrolar, miya stvoli va orqa miya yetakchi rol o‗ynaydi. Ammo, funksiyalar yuksak
darajada kortikallashgan odam va maymunlarda ko‗pgina
murakkab shartsiz
reflekslar katta yarim sharlar po‗stlog‗ining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadi.
Primatlarda katta yarim sharlar po‗stlog‗ining zararlanishi natijasida shartsiz
reflekslarning patologik ravishda buzilishi va ba‘zilarining yo‗qolib ketishi shundan
guvohlik beradi.
Shartsiz reflekslarning hammasi ham darrov tug‗ilish paytigacha hozir
bo‗lavermasligini ta‘kidlab o‗tish lozim. Ko‗pgina shartsiz reflekslar, masalan,
lokomosiya, jinsiy aktga taalluqli reflekslar odam va hayvon tug‗ilgandan keyin uzoq
vaqt o‗tgach
yuzaga chiqadi, lekin ular asab tizimi normal taraqqiy etgandagina
namoyon bo‗ladi. Shartsiz reflekslar filogenez jarayonida mustahkamlangan va
irsiyat yo‗li bilan o‗tadigan reflektor reaksiyalar fondiga qo‗shiladi.
Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida vujudga keladi.
Shartli refleks hosil
bo‗lishi uchun tashqi muhit yoki organizm ichki holatining biron o‗zgarishi katta
yarim sharlar po‗stlog‗iga sezilib, biron shartsiz refleksning yuzaga chiqishi bilan bir
vaqtga to‗g‗ri kelishi kerak. Faqat shundagina tashqi muhit yoki organizmning ichki
holatini o‗zgarishi, shartli refleksning ta‘sirlovchisi —
shartli ta’sirlovchi
yoki
signal
bo‗lib qoladi. Shartsiz refleksga sabab bo‗luvchi ta‘sirot —
shartsiz ta’sirot
shartli
refleksning vujudga kelishida shartli ta‘sirotga yo‗ldosh bo‗lishi, uni mustahkamlashi
kerak.
Oshxonada pichoq va vilkaning jaranglashi yoki itga ovqat beriladigan idishning
taqillashi so‗lak ajralishi uchun bu tovushlar ovqat bilan takror bir vaqtga to‗g‗ri
kelishi — so‗lak ajralishi uchun dastlab indifferent bo‗lgan ta‘sirlovchilar
ovqat
116
bilan, ya‘ni so‗lak bezlarining shartsiz ta‘sirlanishi bilan mustahkamlanishi kerak.
Xuddi shuningdek, itning ko‗z oldida elektr lampochkasini yoqish yoki qo‗ng‗iroq
chalish oyoq terisiga elektr tokini ta‘sir ettirish bilan bir vaqtga to‗g‗ri keltirilsa (har
gal oyoq terisiga elektr toki ta‘sir ettirilganda oyoq bukish shartsiz refleksi kelib
chiqadi), faqat shundagina oyoq bukish shartli refleksini vujudga keltira oladi. Xuddi
shuningdek, shamni loaqal bir marta ko‗rish badan kuyish sezgisi bilan to‗g‗ri
kelgandan keyingina yosh bola yonayotgan shamdan qo‗lini tortib olib yig‗lashi
mumkin. Yuqorida keltirilgan hamma misollarda avvaliga nisbiy indifferent bo‗lib
ko‗ringan tashqi ta‘sirotlar — idish-tovoqning taqillashi,
yonib turgan shamni
ko‗rish, elektr lampochkasining yonishi, qo‗ng‗iroq tovushi shartsiz ta‘sirotlar bilan
mustahkamlangandagina shartli ta‘sirlovchi bo‗lib qoladi. Tashqi olamning dastlab
indifferent bo‗lgan signallari faqat shundagina faoliyatning muayyan turi uchun
ta‘sirlovchi bo‗lib qoladi.
Shartli reflekslar hosil qilish uchun
vaqtincha aloqa
vujudga kelishi zarur.
Boshqacha
aytganda, shartli ta‘sirotni sezuvchi po‗stloq hujayralari shartsiz refleks
yoyining tarkibiga kiruvchi po‗stloq neyronlariga vaqtincha
bog‘lanishi
kerak (42-
rasm).
Dostları ilə paylaş: