117
Shartli va shartsiz ta‘sirotlar bir vaqtga to‗g‗ri kelganda va birga ta‘sir etganda
katta yarim sharlar po‗stlog‗idati turli neyronlar bir-biri bilan bog‗lanadi.
4.3. Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlari
Shartsiz reflekslarning aksariyati bir necha komponentdan tuzilgan murakkab
reaksiyalardir. Masalan, it oyog‗iga elektr toki bilan ta‘sir etib yuzaga chiqariladigan
shartsiz himoyalanish refleksida himoya harakatlari bilan bir qatorda nafas kuchayadi
va
tezlashadi, yurak tezroq uradi, ovoz reaksiyalari paydo bo‗ladi (it g‗ingshiydi,
vovullaydi), qon tarkibi o‗zgaradi (leykositoz, trombositoz va hokazo ro‗y beradi).
Ovqatlanish refleksi ham harakat (ovqatni yamlash, chaynash, yutish),
sekretor,
nafas, yurak-tomir va boshqa komponentlarga bo‗linadi.
Shartli reflekslar, odatda, shartsiz refleks strukturasini gavdalantiradi,
chunki
shartsiz ta‘sirot qaysi asab markazlarini qo‗zg‗atsa, shartli ta‘sirot ham o‗sha asab
markazlarini qo‗zg‗atadi. Shu sababli shartli refleks komponentlari tarkibi shartsiz
refleks komponentlari tarkibiga o‗xshaydi.
Shartli refleks komponentlari reflekslarning shu turi uchun spesifik asosiy
komponentlarga
va nospesifik, ikkinchi darajadagi komponentlarga bo‗linadi.
Himoyalanish refleksida harakat, ovqatlanish refleksida esa harakat va sekretor
komponentlar asosiy hisoblanadi.
Asosiy komponentlarga yo‗ldosh bo‗ladigan o‗zgarishlar — nafas, yurak urishi,
tomirlar tonusining o‗zgarishlari ham hayvonning ta‘sirotga
yaxlit reaksiya
ko‗rsatishi uchun ham muhim, lekin ular, I.P. Pavlov aytganidek, «sof xizmatkorlik
rolini» o‗ynaydi. Masalan, himoyalanish shartli ta‘sirlovchisi tufayli nafas tezlashuvi
va kuchayishi, yurakning tez-tez urishi, tomirlar
tonusining ortishi skelet
mushaklarida modda almashinuvini kuchaytirib, himoya harakat reaksiyalarini
yuzaga chiqarish uchun optimal sharoit tug‗diradi.
Eksperimentator shartli reflekslarni tekshirganda
asosiy komponentlardan
118
birontasini ko‗rsatkich sifatida tanlab oladi. Shuning uchun ham shartli va shartsiz
harakat yoki sekretor yoki vazomotor reflekslar deb aytishadi. Ammo, ular organizm
butun reaksiyasining faqat ayrim komponentlari ekanligini nazarda tutish lozim.
Dostları ilə paylaş: