109
asab tizimining har ikkala qismi bir–biriga ko‗maklashadi (41-rasm).
Simpatik tizimning qo‗zg‗alishi ko‗z qorachig‗ini kengaytirsa, parasimpatik
tizim uni, aksincha toraytiradi. Ammo, bu refleksda,
avtonom asab tizimi
bo‗limlari o‗rtasida qarama–qarshilik ham, hamkorlik ham bo‗lmaydi,
parasimpatik asab rangdor pardaning halqa mushaklarini, simpatik asab esa radial
41-rasm. Reflektor yoyi.
A - Vegetativ (chapda) va somatik (o‗ngda) reflekslar; B – gomonim yoy; V – teri
va mushaklarda (I) va ichki a‘zolarda (II) joylashgan geteronim yoyi, reteptori
bilan; G – ―Ko‗p qavatli‖ reflektor yoy darajasi (
E. Asratyan bo‘yicha, 1956
).
mushaklarini innervasiyalaydi.
Simpatik chegara ustuni butunlay
olib tashlangan hayvonlarda, bir qaraganda,
ichki a‘zolar faoliyati uncha o‗zgarmaydi. Ammo, ular issiq va sovuqqa,
umuman
boshqa muhit o‗zgarishlariga yaxshi moslasha olmaydi. Zararlovchi omillarga
qarshilik ko‗rsatish qobiliyati susayib ketadi. Simpatoektomiya qilingan hayvonlarda,
havf tug‗ilganda yurak urishining tezlashishi, ko‗z qorachig‗ining kengayishi, skelet
mushaklari tomirlarining kengayishiga o‗xshash himoya reaksiyalari kuzatilmaydi.
Parasimpatik asablarni kesib tashlash ham a‘zolar faoliyati uchun befarq emas.
Sayyor asabni kesish,
yurak urishining tezlashishiga, me‘da bezlarida xlorid kislota
110
ajralishining kamayishiga va boshqa o‗zgarishlarga olib keladi. Ammo, me‘da–ichak
yo‗lining harakati uncha o‗zgarmaydi, sababi, ganglionaroldi parasimpatik tolalar
hazm a‘zolari devoridagi
silliq mushak tolalarida emas, balki metasimpatik tizim
neyronlarida tugaydi. Bu tolalar kesilsa, metasimpatik tizim me‘da–ichak
harakatlarini o‗z–o‗zicha boshqarib turaveradi.
Dostları ilə paylaş: