107
Vissero
–
visseral refleksga
:
Gols
refleksi, mushaklar tonusining bo‗shashishi,
me‘da–ichak yo‗li reseptorlari ta‘sirlangan paytda ko‗z qorachig‗ining torayishi,
nafas olish jadalligini, qon bosimi darajasini va
yurak urishi chastotasini
o‗zgarishlari misol bo‗ladi.
Akson
–
refleks
deb, qo‗zg‗alishning neyron tanasi ishtirokisiz, aksonning bir
shoxidan ikkinchi shoxiga o‗tishi natijasida ro‗yobga
chiqadigan reaksiyalarga
aytiladi. Bu hodisani somatik va avtonom efferent neyronlarning shoxlarida kuzatish
mumkin. Akson–refleksni yuzaga chiqish jarayonida, aksonning bir shoxida paydo
bo‗lgan qo‗zg‗alish (tola ikki tomonlama o‗tkazish qobiliyatiga ega bo‗lganidan)
markazga intilib boshqa shoxga o‗tadi va markazdan qochish yo‗nalishida effektorga
yetib, uni ishga soladi. Masalan, orqa miya bilan aloqasi uzilgan me‘da osti asabining
markaziy uchi ta‘sirlansa, qovuq mushaklari qisqaradi.
Akson–refleksning ahamiyati uncha aniq bo‗lmasa ham, ularga o‗xshagan
periferik reflekslar ichki a‘zolar faoliyatini boshqarishda katta rol o‗ynaydi. Bu
reflekslar chin reflektor yoyga ega – uning reseptori, afferent neyroni, oraliq neyroni,
efferent neyroni va effektori bor. Faqat afferent neyron efferent neyron bilan (odatda,
oraliq neyron ishtirokida)
markaziy asab tizimida emas, balki periferik tugunda
tutashadi. Bu tugunni markaziy asab tizimi bilan bog‗lab turuvchi ganglionaroldi
tolalar kesilsa ham periferik refleks shikastlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: