108
tushuniladi. Bunday refleks paydo bo‗lganda, ichki reseptorlardan impulslarni qabul
qiluvchi segmentdan afferent tolalar olgan tana sohasida sezgirlik ortadi.
Bunday
reflekslarni chaqirish uchun juda ham kuchli va uzoq muddatli ta‘sir zarur bo‗ladi.
3.5. A’zolar faoliyatiga avtonom asab tizimining ta’siri
Avtonom asab tizimi, hayotiy funksiyalarning dinamik uyg‗unligini
saqlashda
qatnashuvchi a‘zolar faoliyatini muvofiqlashtiradi va moslashtiradi, metabolizmni,
qo‗zg‗aluvchanlikni, ichki a‘zolar
va markaziy
asab tizimi avtomatizmini ham
boshqaradi. Ko‗pchilik ichki a‘zolar ikki yoki uch xil, ya‘ni
simpatik
,
parasimpatik
va
metasimpatik
innervasiyaga
ega.
Simpatik asab tizimi
qo‗zg‗alganda, organizmda rivojlanadigan o‗zgarishlarni
tasavvur qilish uchun, tashlanishga yoki qochishga tayyorlangan
hayvonni eslash
kifoya. Bu vaqtda, uning ko‗z qorachiqlari kengayib, ko‗zlari yonadi, yuragi gupillab
uradi, teri va ichki a‘zolarining qon tomirlari torayib,
skelet mushaklari va miya
tomirlari kengayadi. Havo yo‗llarining silliq mushaklari bo‗shashib, kengayadi,
o‗pkaga havo ko‗p kiradi, shu tufayli organizmga ko‗p miqdorda kislorod yetkaziladi.
Jigar va yog‗ hujayralari qonga ko‗plab glyukoza va yog‗
kislotalarini ajratadi,
binobarin, miya va skelet mushaklari energiya manbai bilan yaxshi ta‘minlanadi. Bu
o‗zgarishlarning barchasi, organizmning qiyin ahvoldan chiqishiga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: