134
shartli ta‘sirotdan biroz oldin ta‘sir qildirilsa, qo‗shimcha ta‘sirotga javoban ikkinchi
tartibli shartli refleks hosil bo‗lib qolishi mumkin.
4. Shartli refleksning kechikishi.
Shartli ta‘sirot bilan shartsiz ta‘sirot ta‘siri
o‗rtasida ozmi-ko‗pmi vaqt o‗tsa, bunda shartli refleks birmuncha kechikadi.
Masalan, chiroq yoqilishiga nisbatan so‗lak ajratish shartli
refleksi hosil qilingan
hayvonda chiroq yoqilishi bilan ozuqa berish o‗rtasida juda oz vaqt (1-5 sekund)
o‗tsa, chiroq yoqilishi bilanoq darrov so‗lak ajralaveradi. Ammo chiroq yoqilishi
bilan ozuqaning berilishi o‗rtasida ko‗proq vaqt (2-3 minut) o‗tsa, keyinchalik chiroq
yoqilishi bilan so‗lak ajralishi o‗rtasida ham ko‗proq vaqt (2-3 minut) o‗tadigan
bo‗lib qoladi. Bu vaqtda shartli ta‘sirot shartli refleks markazini dastlab tormozlaydi,
so‗ngra qo‗zg‗atadi. Shartli tormozlanish organizm uchun nihoyatda
katta ahamiyatga
ega. Shartli tormozlanish bo‗lmaganida edi, organizm shartsiz ta‘sirot bilan
mustahkamlanmagan, ammo shartli ta‘sirot bo‗la oladigan
har qanday signallarga
ham ortiqcha, keraksiz reaksiyalar bilan javob beraverar edi.
Tormozlanish tufayli
organizm faqatgina shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlanadigan, o‗zi
uchun zarur
reaksiyalarni vujudga keltiradi va shunday qilib,
tashqi muhitga mukammalroq
moslashadi.
Dostları ilə paylaş: