140
yuzaga chiqarilgan asab impulslarining razryadlari ikkala yarim shar po‗stlog‗ini
birlashtiruvchi qadoqsimon tana qirqib qo‗yilganiga qaramay, qarama-qarshi yarim
sharga ham tarqaladi. Farmakologik modda — aminazin (xlorpromazin) retikulyar
formasiya funksiyalarini susaytirganda impulslar bir yarim
shardan ikkinchi yarim
sharga o‗tmay qo‗yadi.
Ta‘sirlovchilarni differensiallash jarayonida ichki tormozlanish qo‗zg‗alish
irradiasiyasini
cheklab,
neyronlarning
muayyan
guruhlarida
qo‗zg‗alish
konsentrasiyasiga yordam beradi.
I.P. Pavlov shartli reflekslarga tormozlovchi signallarning ta‘sirini tekshirib,
qo‗zg‗alishgina emas, tormozlanish ham irradiasiyaga va konsentrasiyaga qodir,
degan xulosaga kelgan.
Tormozlanish irradiasiyasini quyidagi tajribada ko‗rish mumkin. Itning keyingi
oyog‗i bo‗ylab 5 ta kasalka (suykanchiq)
biriktirilgan, bular terining turli
bo‗laklariga; mexanik ta‘sir ko‗rsatgan. Yuqoridagi to‗rtta kasalka ijobiy shartli
signallar sifatida qo‗llanilgan: ularning ta‘sirida itda so‗lak
ajratish shartli refleksi
yuzaga chiqqan. Pastdagi kasalka teriga ta‘sir etganda ovqat berilmagan, bu ta‘sirot
tormozlovchi effekt bergan. Tajribalarning ko‗rsatishicha, pastdagi kasalka
qo‗llanilgach, terining boshqa qismlariga ta‘sir etishlariga ta‘sir etish kuchsiz effekt
berdi, faqat eng yuqoridagi kasalka ta‘sirida kuchli shartli refleks vujudga keldi.
Tormozlovchi agent ta‘siridan qisqa vaqt (masalan, 1 minut) keyin ijobiy
ta‘sirlovchilar qo‗llanilganda ham, shunday natija olinadi. Uzoqroq muddatdan keyin
refleksning tormozlanishi susayadi va shartli reflekslar tiklanadi.
I. P. Pavlov bu ma‘lumotlarni shunday izohladi:
tormozlovchi shartli signal
ta‘sir etganda shu ta‘sirotni idrok etuvchi po‗stloq hujayralarida tormozlanish
jarayoni ro‗y beradi; bu jarayon avval po‗stloqqa yoyiladi (irradiasiya), so‗ngra
boshlang‗ich nuqtada to‗planadi (konsentrasiya). Tormozlanish irradiasiyasi turli
itlarda tezlik bilan — 20 sekunddan 5 minutgacha vaqt ichida avj oladi. Tormozlanish
konsentrasiyasi esa 4—5 baravar sekinroq ro‗y beradi.
Ichki tormozlanish
irradiasiyasining tabiati hozircha aniq emas.