144
parabiotik tormozlanishning tabiati asos e‘tibori bilan birligidan kelib chiqadimi, bu
masala hali ravshan emas.
Nevroz holatlari yo butun yarim sharlar po‗stlog‗ini yoki uning o‗ta zo‗riqqan
va funksional jihatdan susaygan ayrim qismlarini o‗z ichiga olishi mumkin. Miya
po‗stlog‗idagi ayrim qismlarning funksiyasi buzilgan taqdirda oliy asab faoliyatining
o‗zgarishlari ko‗ruv yoki eshituv, yoki terining muayyan reseptorlariga ta‘sir
etilgandagina aniqlanishi mumkin.
M. K.Petrovaning kuzatishlariga qaraganda, chuqur nevroz holatlari somatik
buzilishlarga, masalan, terining ekzematoz zararlanishiga, ba‘zi umumiy
kasalliklarning yomonlashuviga va zo‗riqishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Oliy asab faoliyatining buzilishi bir necha kun va haftalardan ko‗p yillargacha
kuzatilishi mumkin. Miya po‗stlog‗idagi patologik holatning chuqurligi va qancha
davom etishi uning sababiga va hayvonning individual xususiyatlariga — asab
tizimining tipiga bog‗liq.
Asab jarayonlarining o‗ta zo‗riqishi sababli hayvonda kelib chiqqan patologik
holatlarni bartaraf qilish uchun dam beriladi, ya‘ni shartli refleks tajribalari bir necha
hafta yoki oylab to‗xtatib qo‗yiladi va tajriba sharoiti yengillashtiriladi (buning uchun
nevroz holatini vujudga keltirgan ta‘sirotlar qo‗llanilmay turadi). Shartli reflektor
faoliyatning buzilishini tuzatish uchun brom va kofein tuzlari dori moddalar sifatida
ishlatilib, yaxshi natijalar olinadi. Natriy bromid tormozlanish jarayonlarini, kofein
esa qo‗zg‗alish jarayonlarini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: