153
«qo‗ng‗iroq» yozuvining o‗zi o‗qishni biladigan kishida shartli
reflektor reaksiyani
vujudga keltiradi.
Odam
ustidagi
tajribalarda
nutq
signallari
shartli
ta‘sirlovchini
mustahkamlaydigan signal sifatida muvaffaqiyat bilan qo‗llanilishi mumkin. Shu
maqsadda shartli ta‘sirlovchi, masalan, qo‗ng‗iroq tovush qo‗llanishi bilan birga
so‗zlar shaklida yo‗l-yo‗riq beriladi: «kalitni bosing», «o‗rningizdan turing»,
«qo‗lingizni tortib oling» deyiladi va hokazo. Shartli ta‘sirlovchi so‗zlar
shaklidagi
yo‗l-yo‗riq bilan bir necha marta takrorlanish natijasida (misolimizda — qo‗ng‗iroq
tovushiga) shartli refleks hosil bo‗ladi, buning xarakteri yo‗l-yo‗riqqa mos keladi.
So‗z g‗oyat mustahkam shartli reflekslarni hosil qilishga asos bo‗la oladigan shartli
signalni mustahkamlovchi kuchli ta‘sirotdir.
Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biridan ajralmas tizimlardir. Odamning
hamma idrok hamda tasavvurlari va sezgilarining ko‗pchiligi so‗zlar bilan
ifodalanadi.
Bundan anglashiladiki, tevarak-atrofdagi dunyoda mavjud buyum va
hodisalardan keluvchi konkret signallar birinchi signal tizimini qo‗zg‗atadi, bu
qo‗zg‗alish esa ikkinchi signal tizimiga o‗tadi.
Bola nutqni egallaguncha, ya‘ni tilga kirguncha birinchi signal tizimi ikkinchi
signal tizimining ishtirokidan tashqari, yakka ishlashi mumkin (patologiya hodisalari
bundan mustasno).
Dostları ilə paylaş: