U ifodaga tezlanish kuchining qiymatini qo‘ysak



Yüklə 0,54 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#168855
Tormozlanish



Tormozlanish xususiyati avtomobilning sekinlashnish va unumli tormozlanish qobilyatini ko‘rsatadi. Tormozlanish xususiti tortish hususiyatiga teskari bo‘lib, tormozlanish davrida foydali ish bajarilmaydi, balki avtomobilni harakatlantiruvchi kuch issiqlik energiyasiga aylanib atmosferaga tarqaladi.
Avtomobil tezligini kamaytirish yoki butunlay to‘xtatish uchun hamma avtomobillar tormoz boshqarmasi bilan jihozlangan. Tormozlanish vaqtida tormoz kolodkalari bilan tormoz barabani orasida ishqalanish sodir bo‘ladi. Natijada g‘ildirakning aylanishiga qarshilik qiluvchi ishqalanish momenti hosil bo‘ladi (1-rasm a).
1-rasm.
Avtomobilning yetakchi g‘ildiragidagi g‘ildirak bilan yo‘l sirti orasidagi urinma tortish kuch quyidagicha bo‘ladi:

b
u ifodaga tezlanish kuchining qiymatini qo‘ysak
Bu ifodadan tezlanishni aniqlaymiz:
Agar barcha qarshiliklar yig‘indisi P (Py Pторм ) bo‘lsa, o‘rinma kuch
Py ga teng bo‘lganda avtomobilning harakati tekis harakat bo‘ladi; agar urinma kuch Py bo‘lsa, avtomobil harakati tezlanuvchan bo‘ladi; agar urinma kuch Py bo‘lsa harakat sekinlanuvchan bo‘ladi.
Avtomobilning harakati davomida vaziyatga qarab, sekinlatish yoki to‘xtatish zaruriyati tug‘iladi. Agar dvigatel yetakchi g‘ildiraklardan ajratib qo‘yilsa, avtomobil o‘zining inersiyasi hisobiga harakatini davom ettiradi. Avtomobilning harakatlanishiga qarshi kuchlar hisobiga (yo‘lning, havoning qarshilik kuchlari, transmissiyadagi ishqalanish kuchi va h.k.) avtomobilning tezligi pasayib boradi va
nihoyat avtomobil to‘xtaydi. Bu holda to‘xtash yo‘li katta bo‘ladi. To‘xtash yo‘lini
qisqartirish uchun qo‘shimcha tormoz kuchidan foydalaniladi. Tormoz kuchi g‘ildirak bilan yo‘1 orasida hosil bo‘ladi. Tormoz boshqarmasi harakatlanayotgan avtomobil tezligini kamaytirish, to‘xtatish va to‘xtab turgan avtomobilni o‘z joyida
ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Tormoz tizimlarining turlari va ularning vazifasi. Avtomobil tormoz boshqarmasi quyidagi tormoz tizimlaridan tuzilgan:
- ishchi tormoz tizimi;
- ehtiyot tormoz tizimi;
- to‘xtab turish tormoz tizimi;
- yordamchi tormoz tizimi.
Ishchi tormoz tizimi avtomobil harakatini sekinlatish, shu jumladan, to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi tormoz yo‘li, tormoz vaqti va maksimal sekinlanish qiymatlari bilan baholanadi. 2-rasmda «Tiko» avtomobilining ishchi tormoz tizimi ko‘rsatilgan. Ehtiyot tormoz tizimi ishchi tormoz tizimi ishlamay qolganda avtomobilni to‘xtatish uchun xizmat qiladi. Agar avtomobilda alohida ehtiyot tormoz tizimi bo‘lmasa, uning vazifasini ishchi tormoz tizimining ishlab turgan qismi (masalan, oldi yoki orqa tormoz mexanizmlarining konturi) yoki to‘xtatib turish tormoz tizimi bajaradi. To‘xtatib turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilni o‘z joyida ushlab turish uchun xizmat qiladi. Bu tormoz tizimi to‘la yuklangan avtomobilni qiyaligi 25% dan kam bo‘lmagan yo‘lda chegaralanmagan vaqt mobaynida ushlab tura olishi kerak. Yordamchi tormoz tizimi qiyalikdan pastga harakatlanayotgan avtomobil tezligini cheklash uchun xizmat qiladi. Yordamchi tormoz tizimi to‘la massasi 12 tonnadan ortiq avtomobillarga va to‘g‘ri joylarda foydalanish mo‘ljallangan avtomobil hamda avtobuslarga o‘rnatiladi. Har bir tormoz tizimi tormoz mexanizmlari va tormoz yuritmasidan tashkil topgan.
2
-rasm. Tiko avtomobilining ishchi tormoz tizimi. 1-tormoz pedali; 2-vakuum kuchaytirgich; 3-asosiy silindr bachogi; 4-asosiy silindr; 5-oldingi g‘ildirak ish silindri; 6-tormoz diski; 7-saqlagich klapan; 8- orqa g‘ildirak ish silindri; 9-tormoz barabani
Tormoz mexanizmlari. Tormoz kuchini hosil qilish vazifasini tormoz mexanizmi bajaradi. Tormoz mexanizmlari g‘ildiraklarda yoki transmissiyada joylashgan bo‘lishi mumkin. Tormoz mexanizmi qancha katta qarshilik hosil qilsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Uning maksimal qiymati g‘ildirak va yo‘l orasidagi ilashishga hamda yo‘ldan g‘ildirakka ta’sir qiluvchi vertikal reaksiyaga (Rz) bog‘liq, ya’ni: PI max = Rz ·φ; (bu yerda: φ - ilashish koeffitsiyenti). Ilashish koeffitsiyenti qancha katta bo‘lsa, tormoz kuchi shuncha katta bo‘ladi. Masalan, quruq asfalt yo‘lda (φ=0,8) tormozlanish samaradorligi yaxshi bo‘lsa, xuddi shu yolda yomg‘irdan keyin (φ=0,5) tormozlanish samaradorligi pasayadi. G‘ildirak bilan yo‘1 orasidagi ilashish yaxshi bo‘lishi uchun g‘ildirak g‘ildirashi kerak. Agar g‘ildirak g‘ildirashdan to‘xtasa, ya’ni blokirovkalansa, u holda g‘ildirak yo‘1 ustida sirpanadi va ilashish koeffitsiyenti 20-30 % ga kamayadi. Friksion tormoz mexanizmlari keng tarqalgan bo‘lib, ularning ishlash prinsipi aylanuvchi detallarning qo‘zg‘almas detallarga ishqalanishiga asoslangan. Aylanuvchi detallarning shakliga qarab tormoz mexanizmlari barabanli va diskli bo‘lishi mumkin. Tormoz mexanizmlari quyidagi mezonlar orqali baholanadi:
- samaradorligi;
- barqarorligi;
- muvozanatlashgani;
- reversivligi.
Tormoz mexanizmi qancha katta tormoz momenti hosil qilsa, shunchalik samarador hisoblanadi. Tormoz mexanizmidagi ishqalanish koeffitsiyentining o‘zgarishi (qizishi, namlanishi, moylanishi va h.k. natijasida) tormoz samaradorligi ta’sir etmasa, bunday tormoz mexanizmlari barqaror hisoblanadi. Tormozlanish vaqtida tormoz mexanizmi hosil qilayotgan ishqalanish kuchlari aylanayotgan detallarning tayanchi (podshipnik)ga yuklanish hosil qilmasa, bunday tormoz mexanizmlari muvozanatlashgan deyiladi. Avtomobilning oldinga va orqaga harakati davomida tormoz samaradorligi o‘zgarmasa, bunday tormoz mexanizmlari reversiv deyiladi. Barabanli tormoz mexanizmlari kolodkalar tayanchining joylashgan joyiga qarab va keltirilgan kuchlarning xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Keltirilgan kuchlari teng bolgan va tayanchlari bir tarafga joylashgan tormoz mexanizmi (3-rasm, a). Ishchi silindrdagi porshen yuzalari teng bo‘lgani uchun keltirilgan kuchlar R1 va R2 o‘zaro teng bo‘ladi. Tormoz mexanizmini baholash uchun sxemada barabanning kolodkaga berayotgan reaksiyasi N1 va N2 hamda T1 va T2 ko‘rsatilgan. Shuningdek, tayanchda hosil boiayotgan reaksiyalar vertikal Y va gorizontal U tashkil etuvchilari orqali ko‘rsatilgan. Agar kolodkalarga ta’sir etayotgan kuch momentlari yig‘indisini ko‘rib chiqsak, 1-kolodka hosil qilayotgan tormoz momenti 2-kolodka hosil qilayotgan tormoz momentidan katta bo‘ladi. Buning sababi shundaki, 1- kolodkaga ta’sir qilayotgan kuch R1 bilan ishqalanish kuchi T1 uning yo‘nalishi bir tarafga yo‘nalgan va natijada 1-kolodka aylanayotgan barabanga yanada kuchliroq ishqalanadi. 2-kolodkadaesa kolodkaga ta’sir qiluvchi kuch R2 bilan ishqalanish kuchi T2 qarama-qarshi tarafga yo‘nalgan va natijada 2-kolodka aylanayotgan barabanga yaxshi ishqalanmaydi. 1-kolodka aktiv kolodka deb ataladi, 2-kolodka esa passiv kolodka deb ataladi. Agar avtomobil orqa tarafga harakatlansa, kolodkalarning roli almashadi. Yuqorida keltirilgan mezonlar bo‘yicha baholaydigan bo‘lsak, 3-rasm, a da ko‘rsatilgan tormoz mexanizmi avtomobil oldingi va orqa tarafga harakatlanganda bir xil samarador ishlaydi, ya’ni reversiv, tormoz mexanizmi muvozanatlashgan emas, chunki N1 va N2, T1 va T2 o‘zaro teng emas. Tormoz mexanizmining barqarorligi yetarli emas. Bu tormoz mexanizmi toia massasi 7,5 tonnadan ortiq bo‘lmagan yuk avtomobillarida (MAN, O‘zotayo‘1) va yengil avtomobillarda (Neksiya, Tiko, Damas, MAN avtomobillarining orqa g‘ildiraklarida) ishlatiladi.
3
-rasm. Kolodka-baraban turidagi tormoz mexanizmlarining asosiy sxemalari: 1-aktiv kolodka; 2-passiv kolodka; 3-tayanch barmog‘i; 4-gidrоsilindr; 5-orqa kolodka; 6-sharnir; 7-oldingi kolodka; 8-keruvchi musht
Keltirilgan kuchlari teng bo‘lgan va tayanchlari ikki tarafga joylashgan tormoz mexanizmi (3-rasm, b). Bu tormoz mexanizmida har bir kolodka o‘zining ishchi silindri orqali harakatga keltiriladi. Silindrlarning o‘lchami bir xil bo‘lgani uchun keltirilgan kuchlar R1 va R2 o‘zaro teng bo‘ladi. Avtomobil oldinga harakatlanganda ikkala kolodka ham aktiv hisoblanadi va shuning uchun bu tormoz mexanizmi oldingi tormoz mexanizmiga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Avtomobil orqaga harakatlanganda ikkala kolodka passiv hisoblanadi va tormoz samaradorligi pasayadi. Tormoz barabani ikkala tarafga aylanganda ham bu tormoz mexanizmi muvozanatlashgan. Tormoz mexanizmining barqarorligi esa yetarli emas. Bu turdagi tormoz mexanizmi asosan oldingi g‘ildiraklarda ishlatiladi, chunki tormozlanish vaqtida oldingi g‘ildiraklarda yuklanish ortadi va avtomobilni tez to‘xtatish uchun samarali tormoz mexanizmidan foydalanish zarur. Kolodkalarning ishqalanishi hisobiga qo‘shimcha tormoz kuchi hosil qiluvchi tormoz mexanizmi (3-rasm, d). Bu tormoz mexanizmlari servotormoz deb ham ataladi. Sharnir 6 bilan biriktirilgan oldingi kolodka 7 va orqa kolodka 5 prujinalar yordamida qo‘zg‘almas tayanch 3 ga tiralib turadi. Tormozlanish vaqtida gidrosilindr 4 ning porshenlari kolodkalarni baraban tarafga siljitadi va kolodkalarning yuqori uchlari bilan tayanch 3 orasida tirqish hosil bo‘ladi. Kolodkalar aylanayotgan barabanga ishqalanganda baraban bilan birga biroz aylanadi va orqa kolodka 5 ning yuqori uchi tayanch 3 ga tiralib qoladi. Shundan keyin oldingi kolodka 7 aktiv kolodka bo‘lib hisoblanadi va uning tayanchi bo‘lib orqa kolodka 5 ning pastki uchi xizmat qiladi. Orqa kolodka 5 ham aktiv kolodka deb hisoblanadi. R kuchi hosil qilayotgan momentning yo‘nalishi keltirilgan kuch R, hosil qilayotgan moment yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lgani uchun kolodka 5 ning barabanga siqilishi sezilarli darajada oshadi. Bu turdagi tormoz mexanizmining samaradorligi avval ko‘rib o‘tilgan tormoz mexanizmlariga nisbatan yuqori. Avtomobil orqaga harakatlanganda tormoz mexanizmining samaradorligi o‘zgarmaydi, faqat kolodkalarning roli o‘zgaradi. Bu tormoz mexanizmlarining kamchiligi ular muvozanatlashmagan va barqarorligi past. Kolodkalari teng siljuvchi tormoz mexanizmi (3-rasm, e). Ajratuvchi musht 8 buralganda oldi va orqa kolodkalarning uchlari bir xil masofaga siljiydi. Bu mexanizmda keltirilgan kuchlar ta’siri teng emas, ya’ni R2>R1. Kolodkalar teng siljigani uchun kolodkalarning reaksiya kuchlari o‘zaro teng (N1=N2), shuningdek ishqalanish kuchlari ham teng (T1=T2). Bu tormoz mexanizmi muvozanatlashgan, samaradorligi avtomobil oldinga va orqaga harakatlanganda ham bir xil, barqarorligi yuqori. Bu tormoz mexanizmlari to‘la massasi 8 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobillarda ishlatiladi. Lentali-barabanli tormoz mexanizmi aylanuvchi baraban 1 dan va aylanmaydigan lenta 2 dan iborat (4-rasm, a). Tormozlanish vaqtida lenta barabanga siqiladi va tormoz momenti hosil boiadi. Bu vaqtda baraban tayanchlariga katta radial yuklamalar ta’sir etadi va ravon tormozlanishni ta’minlab bo‘lmaydi. Lentaning bikrligi kichik bo‘lgani uchun lenta va baraban orasidagi tirqish katta bo‘lishi kerak (boshqa tormoz mexanizmlariga nisbatan).
4
-rasm. Lentali-barabanli va diskli tormoz mexanizlarning sxemalari: 1-aylanuvchi baraban; 2-aylanmas lenta; 3-disk; 4 va 5-kolodkalar.
Lentali tormoz mexanizmlarida tirqishni sozlovchi qurilma murakkab va ishonchli emas. Shu kamchiliklari uchun lentali tormoz mexanizmlari zamonaviy avtomobillarda juda kam ishlatiladi. Diskli tormoz mexanizmi aylanuvchi disk 3 dan va ikkita aylanmaydigan kolodkalar 4 va 5 dan iborat (4-rasm, b). Tormozlanish vaqtida kolodkalar diskka siqiladi va tormoz momenti hosil qilinadi. Diskli tormoz mexanizmining samaradorligi barabanli tormoz mexanizmiga nisbatan past, lekin barqarorligi yuqori. Ishqalanish kuchlari disk tayanchida yuklama hosil qiladi, shuning uchun diskli tormoz mexanizmi muvozanatlashmagan. Tormoz mexanizmining konstruksiyalari. Barabanli tormoz mexanizmlari ishqalanuvchi, aylanuvchi va qo‘zg‘almas detallardan, shuningdek qo‘shuvchi va sozlovchi qurilmalardan tashkil topgan. Ishqalanuvchi detallar tormoz momenti hosil qiladi, qo‘shuvchi qurilma ishqalanuvchi detallarni bir-biriga siqadi. Sozlovchi qurilma esa tormozlanish bo‘lmaganda ishqalanuvchi detallar orasida kerakli tirqish bolishini ta’minlaydi. 5-rasmda keltirilgan kuchlari teng bo‘lgan va tayanchlari bir tarafga joylashgan barabanli tormoz mexanizmi ko‘rsatilgan. Tayanch disk 3 ko‘prik karteriga qotirilgan. Tayanch diskning pastki tarafiga ikkita barmoq 13 o‘rnatilgan va bu barmoqlarga ekssentrik halqalar mahkamlangan. Barmoqlar holati gayka 14 lar bilan ushlab turiladi. Ekssentrik halqalar 1 va 5 ga kolodkalarning pastki uchlari kiygizilgan. Qaytaruvchi prujina 4 yordamida har bir kolodka o‘zining sozlovchi ekssentrigi 11 ga tiralib turadi. Sozlovchi ekssentriklar tayanch diskka bolt 9 yordamida mahkamlanadi. Prujina 10 yordamida sozlovchi ekssentriklarning kerakli holati ushlab turiladi. Shunday qilib, har bitta kolodka barabaniga nisbatan sozlovchi ekssentrik 11 va ekssentrik halqa 12 yordamida sozlanadi. Kolodkalarning yuqori uchlari silindr 2 ning porshenlariga tiralib turadi. Kolodkalarning yon tarafga siljishdan skoba 7 ushlab turadi. Oldingi va yuqori kolodkalarga mahkamlangan friksion qoplamalarning uzunligi bir xil emas. Oldingi qoplama 8 orqa qoplama 6 dan uzunroq. Buning sababi ikkala qoplama bir xil yoyilishini ta’minlash, chunki oldingi kolodka aktiv bo‘lgani uchun kattaroq tormoz momenti hosil qiladi. Tormoz barabani g‘ildirak gupchagiga mahkamlangan. Kolodkalarni almashtirish uchun tormoz barabanini yechib olish mumkin.
5
-rasm. Kolodka-barabanli bir tayanchli tormoz mexanizmi: 1 va 5-ekssentrik halqalar; 2-silindr; 3-tayanch disk; 4-qaytaruvchi prujina; 6- orqa qoplama; 7-skoba; 8-old qoplama; 9-bolt; 10-prujina; 11-ekssentrik; 12- ekssentrik halqa; 13-ikkita barmoq; 14-gayka.
Ajratuvchi musht o‘z vali bilan bir butun qilib tayyorlangan va kronshteyn 7 ga o‘rnatilgan. Valning uchidagi shlitsalarga richag 5 mahkamlangan. Shu richagda kolodka va baraban orasidagi tirqishni sozlovchi chervakli uzatma joylashgan. So‘nggi vaqtlarda diskli tormoz mexanizmlari tobora ommalashib bormoqda. «Neksiya» avtomobilining oldingi g‘idiraklarida joylashgan diskli tormoz mexanizmi ko‘rsatilgan. Avtomobilning harakat yo‘nalishiga nisbatan diskning orqa tarafiga buraluvchi sapfaning kronshteyniga cho‘yanli support 5 o‘rnatilgan. Supportga aluminiy qotishmasidan tayyorlangan silindr 7 o‘rnatilgan. Silindr 7 ning porsheni kolodka 8 ga tegib turadi. Shuningdek, supportga skoba 9 mahkamlangan bo‘lib, skobaning uchi kolodka 2 ga tegib turadi. Tormozlanish vaqtida silindr 7 ning porsheni kolodka 8 ni chap tarafga va skoba 9 kolodka 2 ni o‘ng tarafga siqadi. Silindr 7 trubka 6 yordamida asosiy tormoz silindri bilan ulangan silindrning ichki yuzasida maxsus ariqcha o‘yilgan bo‘lib, bu ariqchada rezinadan tayyorlangan zichlovchi halqa o‘rnatilgan. Bu xalqa nafaqat tarmoq suyuqligini tashqariga chiqarmaydi, balki tormozlanish tugagandan keyin porshenlarni avvalgi holatiga qaytarish uchun ham xizmat qiladi va disk bilan kolodka orasidagi kerakli tirqishni (0,05-0,08 mm) ushlab turadi. Ichki tarafdan diskli tormoz mexanizmi kojux 4 bilan yopilgan. Tormoz mexanizmlarini sozlash. Tormoz mexanizmlarini sozlashdan maqsad baraban va kolodka orasidagi kerakli tirqishni ta’minlab berishdan iborat. Avtomobildan foydalanish vaqtida kolodkalardagi friksion qoplamalarning yeyilishi natijasida bu tirqish kattalashadi, shuning natijasida tormoz tizimining ishga tushish vaqti ko‘payadi va tormoz samaradorligi pasayadi. Tormoz mexanizmlarini sozlash to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin. Tormoz mexanizmlarini qisman sozlash baraban va kolodka orasidagi kerakli tirqishni o‘rnatish uchun o‘tkaziladi. To‘liq sozlash esa friksion qoplamalarning barabanga to‘liq yopishishini ta’minlash uchun o‘tkaziladi. Bunday to‘liq sozlashni, masalan, tormoz mexanizmini sochib qayta yiqqandan keyin o‘tkazish kerak. Ikkala turdagi sozlash ham tormoz mexanizmi sovuq holatda bo‘lganida va g‘ildirak podshipniklari to‘g‘ri o‘rnatilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Tormoz mexanizmlarini qisman sozlaganda g‘ildirak ko‘tariladi va qo‘l bilan aylantirilib, har bitta kolodka barabanga tekkuncha sozlovchi ekssentrik yordamida kolodka suriladi. Kolodka barabanga tekkandan so‘ng g‘ildirak erkin aylanishni boshlaguncha kolodka orqaga qaytariladi. Ikkinchi kolodka bilan ham shu ish amalga oshiriladi. Tormoz mexanizmlarini to‘liq sozlaganda kolodkalar tayanchlarining ekssentrik o‘qlaridagi belgilar bir-biriga yaqinlashguncha ekssentrik o‘qlar buraladi. Shundan so‘ng tormoz pedali bosiladi va tormoz mexanizmi ishga tushiriladi. So‘ngra kolodkalar barabanga tekkuncha sozlovchi ekssentrik o‘qlar teskari tarafga buraladi va bu o‘qlar shu holatda qotiriladi. Nihoyat tormoz pedali qo‘yib yuboriladi va sozlovchi ekssentriklar yordamida kolodka va baraban orasidagi tirqish sozlanadi. Avtomobilga texnik xizmatni soddalashtirish uchun ba’zi tormoz mexanizmlarida kolodka va aylanuvchi disk orasidagi tirqish avtomatik tarzda sozlanadi (Neksiya).
Tormoz yuritmasining vazifasi haydovchi tormoz pedalida yoki tormoz richagida hosil qilgan kuchini tormoz mexanizmiga yetkazish yoki tormoz mexanizmini ishga tushiradigan energiya manbaini boshqarishdan iborat. Tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarini oson, tez va bir vaqtda ishga tushirishi kerak va tormoz mexanizmlariga yetkazilayotgan kuchlarni kerakli miqdorda taqsimlab borishi kerak. Shuningdek, tormoz yuritmasi tormoz pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizmlarini ishga tushiruvchi kuchlar orasidagi mutanosiblikni ta’minlab borishi zarur. Tormoz yuritmalari yuqori FIK ga ega bo‘lishi, konstruksiyasi sodda bo‘lishi va foydalanishda ishonchli bo‘lishi kerak. Tormoz yuritmalari mexanik, gidravlik (suyuqlik yordamida), pnevmatik (havo yordamida), elektrik yoki kombinatsiyalashgan (pnevmogidravlik, pnevmo-elektrik va h.k.) turlarga bo‘linadi.
Mexanik tormoz yuritmasi richag, tortqi, valik va troslardan iborat bo‘lib, shu detallar orqali tormoz pedalidagi kuch tormoz mexanizmlariga uzatiladi. Mexanik tormoz yuritmasi tormoz mexanizmlarining bir vaqtda ishga tushishini va tormoz ta’minlab bera olmaydi. Sharnirli birikmalarning va tayanchlarning ko‘pligi ishqalanishga sarflanadigan energiyani ko‘paytiradi. Shuning uchun bu yuritmalarda FIK ancha past. Yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklari hisobiga mexanik tormoz yuritmasi ishchi tormoz tizimlarida ishlatilmaydi. Lekin avtomobillarni o‘z joyida chegaralanmagan vaqt mobaynida ushlab turish uchun mexanik tormoz yuritmasi to‘xtatib turish tormoz tizimida keng qo‘llaniladi.
Gidrablik tormoz yuritmasi gidrostatik hisoblanadi, ya’ni tormozlanish vaqtida gidravlik tormoz yuritmasining hamma qismida suyuqlik bosimi bir xil oshadi va shu bosim hisobiga pedaldagi kuch tormoz mexanizmlariga uzatiladi. Gidravlik yuritmali tormoz tizimining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Yuritma tormoz pedali 6 dan, vacuum kuchaytirgich 5 dan, asosiy tormoz silindri 4 dan, oldingi 1, 2 va orqa 9, 10 g‘ildirak tormoz mexanizmlarining silindrlaridan, tormoz kuchi rostlagichi 8 dan va hamma silindrlarni birlashtiruvchi trubkalar 3, 7 lardan tuzilgan. Asosiy tormoz silindri va g‘ildirak silindrlari, shuningdek barcha trubkalar suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Tormoz pedali 6 bosilganda asosiy tormoz silindrining porsheni suyuqlikni trubkalar orqali g‘ildirak silindrlariga siqib chiqaradi. Suyuqlik g‘ildirak silindrlarining porshenlarini har tarafga siljitadi va shuning natijasida tormoz kolodkalari barabanga siqiladi. Kolodka va baraban orasidagi tirqish yo‘qolgandan keyin asosiy silindrdagi suyuqlikning g‘ildirak silindrlariga uzatilishi to‘xtaydi. Agar tormoz pedaliga qo‘yilgan kuch yana davom ettirilsa, yuritmadagi suyuqlik bosimi osha boshlaydi va bir vaqtda hamma g‘ildiraklarda tormozlanish hosil bo‘ladi. G‘ildiraklardagi tormozlanishning baravar boshlanishi va tormoz pedalidagi kuch bilan tormoz mexanizmlarini ishga tushiruvchi kuchlarning o‘zaro bog‘liqligini gidravlik yuritmaning ishlash prinsipi ta’minlab beradi.
Tormoz pedaliga ta’sir etayotgan kuch olinganda, pedal prujina ta’sirida o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Shuningdek, prujina ta’sirida asosiy tormoz silindrining porshenlari ham o‘zining avvalgi holatiga qaytadi. Tormoz mexanizmidagi prujinalar hisobiga kolodkalar ham avvalgi holatiga qaytib, g‘ildirak silindrlarining porshenlari orqali suyuqlikni trubkalardan asosiy silindrga siqib chiqaradi. Tormoz tizimi ishlashining ishonchliligini oshirish uchun gidravlik tormoz yuritmasi ikki konturli qilib tayyorlanadi.
Masalan: Neksiya, Matiz avtomobillarining ishchi tormoz tizimi ikki konturli qilib ishlangan. Gidravlik tormoz yuritmasining afzalliklari quyidagilardir: g‘ildirak silindrlari porshenlarining o‘lchamlarini o‘zgartirish hisobiga g‘ildiraklar va ko‘priklarga taqsimlanayotgan tormoz kuchlarining kerakli qiymatini hosil qilish mumkin; tormoz mexanizmlarining ishga tushish vaqti juda kam; FIK yuqori, massa va o‘lchamlari kichkina; yuritmani avtomobilda kompanovka qilish (joylashtirish) qulay. Gidravlik tormoz yuritmasining kamchiliklari: uzoq vaqt tormozlanish mumkin emas, chunki suyuqlikning bosimi katta bo‘lgani uchun (10- 12 MPa), uzoq vaqt tormozlanganda, zichlovchi rezina halqalar bu bosimni ushlab tura olmaydi; mahalliy nosozlik boiganda butun tormoz tizimi ishlamay qolishi mumkin (masalan, trubkalardan bittasi yorilganda); past haroratda (-30°C dan past) FIK sezilarli pasayadi.
Gidravlik tormoz yuritmasining konstruksiyasi. Bir porshenli asosiy tormoz silindrining konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Asosiy tormoz silindrining korpusi 5 ikki hajmdan iborat bo‘lib, ular ikkita teshik 2 va 3 bilan o‘zaro tutashgan. O‘tkazuvchi teshik 2 kompensatsiya qiluvchi teshik 3 dan kattaroq qilib ishlangan. Yuqoridagi hajm 4 tormoz suyuqligi uchun rezervuar boiib xizmat qiladi va qopqoq 8 bilan yopilgan. Qopqoqda suyuqlik qo‘shish uchun teshik ishlangan va rezbali probka 6 bilan yopilgan. Hajm 4 atmosfera bilan probka 6 dagi kichkina teshikcha 7 orqali tutashgan. Asosiy silindrning pastki qismida silindr 13 va porshen 17 joylashgan. Tormoz pedali bilan boglangan turtkich 1 ning kallagi porshen 17 ning ichki qismiga tiralib turadi. Silindr 13 ning turtkich tarafi chexol 20 bilan yopilgan. Porshenning yo‘naltiruvchi qismida zichlovchi halqa 18 joylashgan. Porshen silindridan chiqib ketmasligi uchun tiraluvchi halqa 19 xizmat qiladi. Porshen kallagida oltita teshik 16 joylashgan va ular halqasimon klapan 15 bilan yopib turiladi. Halqasimon klapanga rezinali manjet 14 prujina 12 yordamida siqib turiladi. Silindrning ichida rezinadan tayyorlangan teskari klapan 10 joylashgan va bu klapan ham prujina 12 yordamida silindr qirrasiga siqib turiladi. Teskari klapan 10 ning o‘rtasida o‘tkazish klapani 9 joylashgan va o‘z o‘rindig‘iga prujina 11 yordamida siqib turiladi.
Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin