Qatlam bosimi. Qatlam energiyasi manbalari



Yüklə 19,85 Kb.
səhifə1/3
tarix02.05.2023
ölçüsü19,85 Kb.
#106213
  1   2   3
9-ma\'ruza


9-ma’ruza. Neft uyumlarini qatlam bosimini saqlash bilan ishlashni loyihalashtirish
Reja:
1.Neft konini sanoat miqiyosida baholovchi ko’rsatgichlari.

  1. Qatlam bosimi.

  2. Qatlam energiyasi manbalari.

1. Neft konini sanoat miqiyosida baholovchi ko’rsatgichlari.
Neft koni – quruq yoki suv bilan to’yingan tog’ jinslari bilan ajralgan bir yoki bir necha neft uyumlarini ustma – ust joylashishidan tashqil topgan bo’ladi. Ularni bir vaqtda birgalikda yoki bir vaqtda alohida ishlatish mumkin.
Har – bir uyumni alohida ishlatish ob’ekti sifatida qarash mumkin. Bir uyuum tarkibida bir – necha ishlatish ob’ektlari ham bo’lishi mumkin.
Har – bir neft koni o’zining sanoat miqiyosida ishga tushirish xilma – xilligi va imkoniyatlariga qarab sanoat miqiyosida ahamiyatga ega. Konlarni sanoat miqiyosida baholashning cheklangan ko’rsatkichlari mavjud emas. Bu ko’rsatkichlarning asosiysi va umumiysi quyidagilar sanaladi.

  1. Neft zaxirasini tashqil qiluvchi, neftni o’zida ushlab turuvchi etarli

tog’ jinsi xajmining borligi.

  1. Neftni er yuziga chiqaruvchi etarli tabiiy energiyaning mavjudligi.

  2. Neftning tabiiy harakatchanligi etarliligi 4) Neftning etarli sifatga egaligi.

5) Neft, suv va gaz joylashgan tog’-jinslarining yaxshi tasnifga egaligi.
Neft koni va uni o’rab turgan suv xavzasi yagona suv bosimi tizimi deb qaraladi. Bunda konning neftga to’yingan xajmidan suvga to’yingan xajmi katta bo’ladi. Bir suv bosimi tizimidan bir necha neft koni joylashgan bo’lishi ham mumkin.
Suv bosimi tizimida suv oqimi ma’lum bosimlar farqi va tezlikda ta’minot manbaidan oqib chiqish joyi tomon harakatlanadi. Suv bosimi tizimining tabiiy ta’minot manbai shu qatlamlarning er yuzasiga chiqqan yuqori qismi ya’ni tog’lardagi muzliklar, qo’llar, daryolar va yomg’ir suvlari hisoblanadi. Ta’minot manbaidan kelgan suvlar o’z oqimi bilan tizimning eng pastki nuqtasida qo’llar, dengiz va daryolarga qo’shiladi. Suv bosimi tizimining uzunligi bir necha 10 km dan 100 km gacha bo’lishi mumkin.
YOpik suv bosimi tizimlari ham mavjud. Neft konlarini ishlatish natijasida bir - biriga ta’sir ko’rsatishi ham kuzatiladi. Bir konning ishlatilishi ikkinchi konda bosim tushishiga sabab bo’lishi ham mumkin.
Suv bosimi tizimining geometriyasi va tuzilmasidan tashqari fizik kattaliklari: g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, neft, gaz va suvlarning boshlang’ich tarkibi, boshlang’ich bosimi, boshlang’ich harorati va neftning gazga to’yinish bosimlari ham katta ahamiyatga ega. YUqorida sanab o’tilgan fizik ko’rsatkichlar neft qazib olish texnologiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun bu ko’rsatkichlar konni ishga tushirishdan oldin aniqlanishi lozim. Bu ko’rsatkichlar ikki yo’l bilan aniqlanadi: laboratoriya sharoitida va maxsus tadqiqotlar natijasida.
Tizimning ko’rsatkichlarini baholash neft qazib olish texnologiyasining birdan-bir vazifasidan sanaladi. Neft va suv tarkibida gaz doim uchraydi, u ishlatish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Neft gaz va qatlam suvi suv bosimi tizimining asosiy tarkibini tashkil qilib, yagona kompleks hisoblanadi. Bu kompleksning
qonuniyatlarini o’rganish neft va gaz qazib olish texnologiyasini tashkil qiladi.

Yüklə 19,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin