Ishni bajarish tartibi:
Stoks usuli bilan suyuqlik qovushoqligini aniqlash uchun tekshirilayotgan suyuqlik (glitserin) quyilgan uzun shisha idish olinadi (1-rasm).
1-rasm
Idish sirtiga A va B belgilar qo‘yilgan. A belgi sharchaga ta’sir qilayotgan kuchlar bir-birini muvozanatlab, sharcha tekis harakat qila boshlagan balandlikka mos keladi. Pastki B belgi vaqtni o‘lchash qulay bo‘lishi uchun qo‘yilgan.
Sharchani suyuqlikka tashlab, uning belgilar orasidagi l masofani bosib o‘tishi uchun ketgan t vaqt sekundomer yordamida aniqlanadi. Mikrometr yordamida sharchaning d diametrini uch marta o‘lchab, uning o‘rtacha qiymati hisoblab topiladi. (7) formula bilan suyuqlikning ichki ishqalanish koeffitsienti (qovushoqligi) hisoblab topiladi va jadvaldagi qiymati bilan taqqoslanadi.
O‘lchash va hisoblash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi :
Nazorat savollari:
Ichki ishqalanish kuchi qanday hosil bo‘ladi?
Nyuton formulasi va Stoks qonunlarini tushuntiring?
(7) formulani keltirib chiqaring.
Suyuqlikning qovushoqligi nimalarga bog‘liq?
Adabiyotlar:
|
1. S. P. Strelkov, Mexanika. 38 §
2. M.Rahmatullaev, Mexanika 39, 40 §.
3. D. V. Sivuxin, Umumiy fizika kursi. 96, 101§.
| 7-LABORATORIYA ISHI
QATTIQ JISM VA SUYUQLIKLAR ZICHLIGINI GIDROSTATIK TORTISH USULI BILAN ANIQLASH
Ishning maqsadi:
|
zichlikni aniqlash usullari bilan tanishish, gidrostatik tortish yo‘li bilan eritmalar va qattiq jism zichligini aniqlash.
|
Kerakli asboblar:
|
tarozi, tarozi toshlari, silindr shaklidagi qattiq (metall) jismlar, distillangan suv, turli eritmalar to‘ldirilgan shisha idishlar, ingichka sim.
|
NAZARIY MA’LUMOT
Moddaning birlik hajmidagi massasi uning zichligi deyiladi:
S hu sababli modda zichligini aniqlash biror miqdordagi modda massasini va uning hajmini o‘lchash bilan amalga oshiriladi. Jism yoki suyuqlik massasini shayinli tarozida tortib o‘lchanadi. Murakkab sirtli jism hajmini esa hisoblab topish qiyin. Bu masalani xal qilish uchun odatda gidrostatik tortish usulidan yoki piknometrdan foydalaniladi.
Gidrostatik tortish usulida tekshirilayotgan qattiq jismni havoda va zichligi aniq bo‘lgan suyuqlikka (masalan, distillangan suvga) botirilgan holda tortib olinadi. Suyuqlik zichligini aniqlashda esa biror qattiq jismni tekshirilayotgan suyuqlikka hamda distillangan suvga botirilgan holda tortib olinadi.
1. QATTIQ JISM ZICHLIGINI ANIQLASH
Qattiq jismning havodagi vazni R1 (massasi m1), suvga botirilgan holdagi vazni esa R2 ( bu holdagi tarozi toshlari m2) bo‘lsin. U holda jism tomonidan siqib chiqarilgan suv massasi ms= m1-m2 bo‘ladi.
Qattiq jism zichligini (1)
formula bilan topish mumkin, bu yerda o - suv zichligi.
(1) formulada massalarni o‘lchashda xavoda Arximed kuchi ta’sirida jismlar vaznining kamayishi hisobga olinmagan. Buni hisobga olib, qattiq jism zichligini ifodalovchi aniq formulani keltirib chiqaramiz. Suv zichligi o, havo zichligini h deb belgilasak, qattiq jismning xaqiqiy zichligi uchun:
(2)
formulani hosil qilamiz. Bu yerda V - siqib chiqarilgan suv hajmi (jism hajmi). bu hajmni
ms= V ( o - h )
ifodadan toish mumkin. Shunday qilib, qattiq jismning xaqiqiy zichligi uchun
(3)
formula hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |