Fizika kafedrasi umumiy fizika fanidan



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə15/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#164064
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Uslubiy ko\'rsatma kimyo biologiya автовосстановление

Nazorat savollari:

  1. Issiqlik sig‘imi, solishtirma va molyar issiqlik sig‘imlari nima?

  2. Qattiq jismlardagi issiqlik harakati nimadan iborat?

  3. Qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi. Dyulong va Pti qonunini bayon eting.

  4. Qattiq jismlar issiqlik sig‘imida klassik va kvant nazariyalarining bir-biridan farqi nimadan iborat?

  5. Issiqlik sig‘imini o‘lchash metodlari va kalorimetrlarning tuzilishini tushuntiring.

  6. Issiqlik miqdori, issiqlikning balans tenglamasi qanday tuziladi?

Adabiyotlar:

1. S. P. Strelkov, Mexanika. 38 §
2. M.Rahmatullaev, Mexanika 39, 40 §.
3. D. V. Sivuxin, Umumiy fizika kursi. 96, 101§.



9-LABORATORIYA ISHI
O‘ZGARMAS TOK KO‘PRIGI YORDAMIDA QARSHILIKLARNI O‘LCHASH


Ishning maqsadi: o‘tkazgichlar qarshiligini o‘zgarmas tok ko‘prik sxemasi yordamida o‘lchash usuli bilan tanishish, qarshiliklarni o‘lchash, o‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulashdagi qarshilikni hisoblab formulalarni tekshirish.
Kerakli asboblar: Tok manbai, o‘tkazgichlar, qarshiliklar, Uitson koprigi

Nazariy ma’lumotlar
O‘zgarmas tok ko‘prik sxemasi (Uitson ko‘prigi) usuli o‘tkazgichlar qarshiligini aniqlash usullaridan biir hisoblanadi. Mazkur usul juda katta aniqlikka ega bo‘lib, laboratoriya o‘lchashlarida keng qo‘llaniladi. 1-Rasmda ko‘prik usulining sxemasi ko‘rsatilgan . o‘lchanayotgan Rx qarshilik va uchta o‘zgaruvchan Ro R1 R2 qarshiliklarni berk ASVD to‘rtburchak hosil qiladigan tarzda ulanadi. To‘rtburchakning bir diagonaliga galvanometr ulangan . agar galvanometrdagi tok kuchi nolag teng bo‘lsa, ASDA va SVDS konturlariga Krixgofning 2- qoidasini qo‘llab,
Ix*Rx- I1R1=0 (1)
I0*R0- I2R2=0
ifodani hosil qilish mumkin.

S va D tugunlarga Kirxgofning 1- qoidasi qo‘llaniladi,
Is=Ix, I1=I2 (2)
hosil bo‘ladi.
(1) va (2) munosabatlarga ko‘ra
(3)
formula kelib chiqadi. Mazkur formula ko‘rikning muvozanati (galvanometr ulangan diaganalidagi tokning noliga teng bo‘lishi) shartini ifodalaydi.
Tajribada R0 o‘rniga odatda qarshiliklar magazini ulanadi, AV reoxordning AD va DV qismlari (yelkalari esa R1 va R2 qarshiliklar rolini o‘ynaydi 2-rasm).
Reoxord kalibirlangan (aniq diametrli).

2-rasm

Simdan tayyorlanganligi sababli AD va DV yelkalar qarshiliklarning nisbatini ularning uzunliklari nisbati bilan almashtirish mumkin:



bu munosabatni (3) formulaga qo‘ysak,



ifoda hosil bo‘ladi. Bu ifodadan esa qarshilikni aniqlash formulasini topamiz:
(4)
Bu yerda l1 va l2 -reoxord yelkalarining galvanometr strelkasi nolni ko‘rsatgan paytdagi uzunliklari.

O‘LCHASHLAR:


Kerakli asboblar: reoxord, galvanometr ,kalit, o‘zgarmas tok manbai, qarshiliklar magazini, qarshiliig noma’lum bo‘lgan o‘tkazgichlar.
1-Mashq. Noma’lum qarshiliklarni o‘lchash.
1. 2-Rasmdagi tasvirlangan sxema bo‘yicha zanjir yig‘iladi .
- o‘rniga noma’lum qarshilikni o‘tkazgichlardan biri ulanadi. Qarshiliklar magazinidan biror R0 qarshilik tanlab olinadi (mazkur ishda R0 =100 ;10; 1 1 hamda 0,1 Om qilib olish mumkin ). K kalitni ulab reoxord surilgichi D ning galvanometr strelkasi nolni ko‘rsatadigan vaziyati topiladi. l1=l2 bo‘lganda o‘lchash eng yuqori aniqlikka ega bo‘aldi. Shu sabali , R0 ni D surilgich iloji boricha reoxodning o‘rtasiga yaqin bo‘ladigan qilib tanlab olinadi.
2. L1=l2 yozib qo‘yiladi.
3. Ko‘prikning muvozanatini buzib, yana qaytadan l1 va l2 larning 2-3tadan qiymatlari aniqlanadi, hamda 1-jadvalga yoziladi. (4) formula yordamida nomalum qarshilik hisoblab topiladi.


















1
















2
















3
















4. Aynan ana shu usul bilan qolgan noma’lum qarshiliklar ham hisoblab topiladi. Natijalarni 1-jadvalga yozib qo‘yiladi.
2-Mashq. O‘tkazgichlarni ketma-ket va parallel ulash.
1. Qarshiliig 1-mashqda aniqlangan o‘tkazgichlardan ikkitasi ketma-ket ulanadi va 1-mashqdagi usul bilan qarshilik aniqlanadi.
2. Mazkur o‘tkazgichlar parallel ulanadi qarshiliig ulanadi.
3. Ikkala o‘tkazgichlarning 1-mashqda topilgan qarshiliklarni bilgan xolad, o‘tkazgichldarni ketma-ket va parallel ulangandagi qarshiliklarni nazariy formula yordamida hisoblab topiladi.
4. Nazariy hisob natijalari bilan taqqoslab ko‘riladi. O‘lchash va hisob natijalari 2-jadvalga yozib qo‘yiladi.
2-Jadval.

o‘lch.usuli



















ketma-ket



















Parallel




















Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin