Fizika kafedrasi umumiy fizika fanidan


Laboratoriya mashg‘ulotlarinining maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə2/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#164064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Uslubiy ko\'rsatma kimyo biologiya автовосстановление

Laboratoriya mashg‘ulotlarinining maqsadi va vazifalari
Tajriba o‘tkazishdan maqsad - talabalarda nazariy va eksperimental materiallar asosida fizik qonunyatlarning ob’ektiv ekanligini, o‘zlashtirish imkoniyatining mavjudligini isbot etishdir.
Tajribaining asosiy vazifasi – tabiat va texnikadagi fizik hodisalar mohiyatini fizika fanidagi fundamental tushunchalar orqali tushuntirish hamda fizika qonunlarini kundalik turmushda hamda ishlab chiqarishda qo‘llay bilishlariga zamin tayyorlash, amaliy ko‘nikma va o‘lchash malakalarini hosil qilishdan iborat.
Laboratoriya ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar
1. Talabalar texnika xavfsizligi bilan tanishib chiqib, unga amal qilishi kerak.
2. Talaba navbatdagi amaliy mashg‘ulotda qaysi nomyerdagi laboratoriya ishini bajarishi lozimligini o‘qituvchi unga bir hafta oldin ma’lum qiladi. Bu yerda talabaning vazifasi belgilangan ishning nazariyasini o‘zlashtirish, tegishli qurollar va ishni bajarish tartibi bilan tanishib kelishdan iborat.
3. Har bir talaba laboratoriya ishlari uchun maxsus hisobot daftari tutib, bu daftarda laboratoriya ishini qanday bajarganligi, olgan natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tartibli qilib yozib borishi kerak.
4. O‘qituvchi talabani ishning nazariyasini va ishni bajarish metodikasini o‘zlashtirganligiga ishonch hosil qilgach, unga ishni bajarishiga ruxsat beradi.
5. Talaba ishga kirishgach, o‘qituvchi uning qurollardan to‘g‘ri foydalanayotganligini, olinayotgan natijalariing ishonchliligini ishni bajarish jarayonida tekshirib boradi va talabaning ishini bajarganligi to‘g‘risida uning daftariga hamda laboratoriya jurnaliga belgilab qo‘yadi.
6. Laboratoriya ishining bajarilishi va olingan natijalar, hisoboti o‘qituvchiga grafik bo‘yicha topshirib boriladi. Bu haqda o‘qituvchi tomonidan talaba daftariga va laboratoriya jurnaliga qayd qilinadi.
7. Agar talaba biror sababga ko‘ra bitta yoki ikkita ishni bajara olmasa, qolib ketgan ishni darsdan tashqari vaqtda laboratoriya mudirining nazoratida bajarishi va o‘qituvchiga bu haqdagi hisobotni topshirishi shart. Talabaning o‘zboshimchalik bilan ish navbati grafigini buzishi qat’iy man etiladi.
8. Har bir talaba o‘quv semestri davomida o‘quv ishchi dasturida ko‘rsatilgan praktikum mashg‘ulotini bajarishi va barcha ishlar yuzasidan umumiy kollikvium topshirishi lozim. Shundan keyin o‘qituvchi talabaning sinov daftarchasiga va sinovlar qaydnomasiga ball qo‘yadi.
9. Laboratoriya darsi mashg‘ulotlarida aktiv va namunali qatnashgan, barcha ishlarning natijalarini ilmiy saviyada olishga muvaffaq bo‘lgan ayrim talabalar o‘qituvchi tavsiyasiga ko‘ra, kafedraning qaroriga binoan predmet kollikviumidan ozod qilinadi.
10. Laboratoriyadagi asbob - uskunalarga va boshqa o‘quv jihozlariga sovuqqonlik bilan qarash 'natijasida ularni ishdan chiqargan talaba kafedra va dekanat tomonidan moddiy va ma’naviy jazolanadi.
11. Amaliy mashg‘ulotlar olib borilayotgan vaqtda guruhdagi boshqa talabalarning ishdan e’tiborini chalg‘itmaslik, ularning o‘lchashlariga xalaqit bermaslik zarur.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin