Nazorat savollari: Jism qachon tezlikka ega bo‘ladi?
Jism qachon tezlanishga ega bo‘ladi?
Nima uchun jism tekis aylanma harakatda tezlanishga ega bo‘ladi?
Jism boshlang‘ich tezliksiz harakatlanganda yo‘l qanday topiladi?
Traektoriya, yo‘l va ko‘chish ta’riflarini bering.
Ishni bajarish tartibini tushuntiring.
Ishga xulosa qiling.
3-LABORATORIYA ISHI GORIZONTGA 450 BURCHAK OSTIDA OTILGAN SNARYADNING BOSHLANG‘ICH TEZLANISHI VA KO‘TARILISH BALANDLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Gorizontga 450 burchak ostida otilgan snaryadning boshlang‘ich tezligini va ko‘tarilish balandligini aniqlashni o‘rganish.
Kerakli asbob va uskunalar: 1) Ballistik pistolet(to‘pponcha), 2)o‘lchov lentasi, 3) shtativ, halqa va tutqich bilan, bir varoq oq qog‘oz, 4) bir varoq qora qog‘oz(kopirovka).
NAZARIY MA’LUMOT
Moddiy nuqta gorizontga burchak ostida V0 tezlik bilan otilganda u bir vaqtning o‘zida gorizontal (X o‘q bo‘ylab) yo‘nalishda V cos tezlik bilan tekis harakatda hamda vertikal ( Y o‘q bo‘ylab) yo‘nalishda V0 sin boshlang‘ich tezlik va g - tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakatda ishtirok etib, uning traektoriyasi Y=x tg - (1) paraboladan iborat bo‘ladi. Bunda sharchaning uchish masofasi (yer sirtiga tekkuncha ) (2) formula bilan, ko‘tarilish balandligi esa (3) formula bilan ifodalanadi. (1) va(2) formulalardan ko‘rinadiki, = 450 bo‘lgan holda uchish masofasi eng katta qiymatga ega bo‘ladi : (4) Bu formulalar jism bo‘shliqda harakatlanganda o‘rinli bo‘ladi. Havoda esa jism traektoriyasi arabola emas, balki ballistik chiziqdan iborat bo‘ladi (1- rasm). Tajriba qurilmasi shtativga o‘rnatilgan rujinali pistoletdan iborat bo‘lib, istoletni ishlatishdan oldin rujinani siqib, ilgak kiritiladi, so‘ngra sharchani 1-rasm joylanadi. Sharchani otish aytida ilgak chiqarib yuboriladi. Sharcha shtativ qo‘yilgan stol sirtiga yoki maxsus stolcha ustiga borib tushishi mumkin.