Ishni bajarish tartibi: Laboratoriya universal ta’minlash manbaining iste’molchiga kuchlanish beruvchi murvatini 4 V holatga qo‘ying, Laboratoriya universal ta’minlash manbarining iste’molchiga kuchlanish beruvchi musbat klemmasi ampermetming musbat klemmasiga ulanadi. 0‘rganilayotgan o‘tkazgich (masalan, diametri 1 mm bo‘lgan nixrom sim)ning bir uchi ampermetming manfiy klemmasiga ikkinchi uchi esa reostat orqali kalitning bir qutbiga ulanadi. Kalitning ikkinchi qutbi tok manbaining manfiy klemmasiga ulanadi. 0‘tkazgichning uchlariga qutblarini moslab voltmetr ulanadi. Qurilma yig‘ib bo‘lingach, manba ulanadi. Ampermetr va voltmeter ko‘rsatgichlarini yozib olinadi va (2) ifoda orqali o‘tkazgichning solishtrima qarshiligi hisoblab topiladi. Natijalar jadvalga yoziladi.
Jadval
№
d
S
l
I
U
R
Ρ
Δρ
δ
1
2
3
Nazorat savollari: 1. To‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lgan o‘tkazgichlar uchun qarshilikni hisoblash formulasini yozing va uni tushuntiring.
2.0‘tkazgichning solishtirma qarshiligi deb nimaga aytiladi? U qanday kattaliklarga bog‘liq?
3. Om qonunini yozib uni ta’riflang.
Adabiyotlar:
S.P.Strelkоv, Mexanika. 98 - 99 §.
M.Rahmatullaev, Umumiy fizika kursi. Mexanika. 67 §
D.V.Sivuxin, Umumiy fizika kursi, 1 tоm 89, 91 §
11-LABORATORIYA ISHICH O‘G‘LANMA LAMPANING QARSHILIGI VA QUVVATINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: cho‘g‘lanma elektr lampochkasining ist’emol qiladigan quvvqtuni hamda R qarshiligini amperimetr va voltmetr yordamida tajribada aniqlashdan iborat.
Kerakli jihozlar va qurilmalar: o‘zgarmas tok manbai, kalit, jilgichli reostat, cho‘lg‘anma elektr lampochkasi, o‘zgarmas tok amperimetri va voltmetri, ulash simlari.
Nazariy ma’lumotlar Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga osonlik bilan aylanadi, shuning uchun ham elektr energiyasining foydalanish sohalari kengdir. M: elektr plitkasida, cho‘g‘lanma lampada elektr energiyasi issiqlikka aylanadi.
Zanjirdagi elektr toki energiyasining boshqa turdagi energiyalarga aylanishining o‘lchovi tokning ishidan iborat. Agar elektr zanjiridagi iste’molchida EYuK manbai bo‘lmasa, zanjirda sarflangan elektr energiyasi ichki energiyaga aylanadi, ya’ni issiqlik ta’siriga sarf bo‘ladi. Zanjirning bir qicmida o‘zgarmas tokning bajargan ishi A ni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
(1)
Elektr tokining ishi XBS da J (Joul) birlikda o‘lchanadi:
Bu yerda I – zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi, U – zanjirning biror qicmidagi kuchlanish, t – tokning o‘tish vaqti.
(1) formula zanjirning bir qicmidagi tokning bajargan ishini hisoblash imkonini beradi. Tok o‘tganda zanjirning qizishi sababli ajralgan issiqlik miqdorini hisoblashda U ning o‘rniga ni olish kerk. U holda ushbu tenglamani yoza olamiz:
(2)
Elektr zanjiridagi tokning quvvati, zanjirning bir qicmidan o‘tayotgan tokning vaqt birligida bajargan ishini xarakterlaydi: (3)
Agar (3) formulaga A ning (1) dagi ifodasini qo‘ysak, tok quvvatining quyidagi ifodasini yozish mumkin:
(4)
Tok quvvati XBS da W (yoki Vt - vatt) birliklarda o‘lchanadi.
Elektr zanjiridagi cho‘g‘lanma lampochkaninig R omik qarshiligini quyidagi formuladan toppishimiz mumkin: (5)
Zanjirdagi Rqarshilik Ω (Om) o‘lchov birlikda o‘lchanadi.