Fizika kafedrasi umumiy fizika fanidan



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə13/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#164064
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Uslubiy ko\'rsatma kimyo biologiya автовосстановление

Ishni bajarish tartibi:

  1. Tekshirilayotgan jism havoda tortib olinadi. (m1-o‘lchanadi). Buning uchun jismni ingichka simga bog‘lab, tarozi pallasidagi ilgakka osib qo‘yiladi va ikkinchi pallaga tarozi toshlari qo‘yib muvozanatga keltiriladi;

  1. Jism osilgan palla ostiga distillangan suvli idish joylashtiriladi va jism suvga botiriladi. Bunda jismning idish tubiga va devorlariga tegib qolmasligiga hamda jism sirtida havo pufakchalari bo‘lmasligiga e’tibor beriladi. Tarozini qaytadan muvozanatga keltirib, ms aniqlanadi;

  1. (1) va (3) formulalar yordamida qattiq jism zichligi hisoblab topiladi, o‘lchash va hisoblash natijalarini 1 - jadvalga yoziladi;

(Tajriba kamida uch marta takrorlanib, zichlikning o‘rtacha qiymati, o‘rtacha xatolik va nisbiy xatolik hisoblab topiladi.





m1, kg

m2, kg

Ms, kg

, kg/m3

o‘rt, kg/m3

||, kg/m3

=()o‘r /o‘r100%



1






















2






















3
























2. SUYUQLIKLAR ZICHLIGINI ANIQLASH
Qattiq jism tomonidan siqib chiqarilgan distillangan suv massasi m1, siqib chiqarilgan suyuqlik (eritma) massasi m2 bo‘lsa, berilgan suyuqlik zichligi
bo‘ladi, bu yerda: m1 = mj – m1j , m2 = mj – m2j,
mj - jismning xavoda o‘lchangan massasi;
m1j -jismning suvga botirilganda uni muvozanatlovchi tarozi toshlari mssasi;
m2j-jismning tekshirilayotgan suyuqlikka botirilganda uni muvozanatlovchi tarozi toshlari massasi.
Jismlarni tarozida tortishda havo tomonidan ko‘rsatiladigan Arximed kuchini hisobga oladigan zichlik formulasini keltirib chiqaramiz. Jism hajmini Vj , suvning zichligini o, havo zichligini h deb belgilasak, suyuqlik zichligi uchun
(1)
formula hosil bo‘ladi. Jism hajmini m1=Vj (o - h) formuladan topib, so‘ngi ifodaga qo‘ysak. suyuqlik zichligi uchun aniq
(2)
formula hosil bo‘ladi (o jadvaldan olinadi, h = 1,29 kg/m3 deb olinadi).


Ishni bajarish tartibi:
1. Qattiq jism osilgan ingichka simni tarozi pallaridan biriga joylashgan ilgakka ilib qo‘yiladi va tarozi toshlari yordamida muvozanatga keltiriladi (mj);
2. Jism distillangan suvga to‘lasicha botirilib, tarozi yana muvozanatga keltiriladi (m1j aniqlanadi). Bunda jism idish tubiga, devoriga tegmasligi, sirtida havo pufakchalari bo‘lmasligi kerak.
3. Jism quritilib, so‘ngra tekshirilayotgan suyuqlikka botiriladi hamda m2j aniqlab olinadi.
4. (1) va (2) formulalar yordamida tekshirilayotgan suyuqlik zichliklari topiladi. Tajriba uch marta takrorlanadi, o‘lchash va hisoblash natijalari jadvalga yoziladi (tekshiriladigan suyuqlikni o‘qituvchi tanlab beradi)
jadval



mj, kg

mj, kg

m2, kg

, kg/m3

o‘r, kg/m3

||, kg/m3

=()o‘r/o‘r100%

1






















2






















3






















Nazorat savollari:

  1. Modda zichligi nima?

  1. Arximed qonunini izohlang. Arximed kuchi formulasini yozing.

  1. Gidrostatik tortish usulini tushuntiring.

  1. Ishni bajarishda havoning ta’siri qanday qilib hisobga olinadi?

  2. Ish qanday bajariladi?




Adabiyotlar:

  1. S.P.Strelkov, Mexanika. 98 - 99 §.

  1. M.Rahmatullaev, Umumiy fizika kursi. Mexanika. 67 §

  1. D.V.Sivuxin, Umumiy fizika kursi, 1 tom, 89,91§

8- LABORATORIYA ISHI
QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG‘IMINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: Oddiy kalorimetr yordamida qattiq jismning solishtirma issiqlik sig‘imini tajribada aniqlash.
Kerakli asbob uskunalar: kalorimetr, ikkita termometrlar, tekshiriladigan qattiq jismlar, issiqlik manbai, suv qaynatgich, texnik tarozi va uning toshlari.
NAZARIY MA’LUMOT.
Qattiq jismning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlashda aralashtirish usulidan foydalaniladi. Solishtirma issiqlik sig‘imi c bo‘lgan m massali qattiq jism T gradusgacha qizdirilib, suvli kallorimetrga botirilsin. Kalorimetrdagi suvning massasi m1, solishtirma issiqlik sig‘imi C1, temperaturasi T0 bo‘lib, kalorimetrning massasi m2, solishtirma issiqlik sig‘imi C2 va temperaturasi T0 bo‘lsin. Bu vaqtda qattiq jismning temperaturasi pasayib, kalorimetr va undagi suvning temperaturasi ko‘tariladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng bu temperaturalar tenglashadi. Faraz qilaylik, oxirgi temperatura T1 bo‘lsin. Bu vaqtda qattiq jism o‘zidan chiqargan issiqlik miqdori:
Q=cm(T-T1) (1)

Kalorimetrdagi suv qabul qilgan issiqlik miqdori:




Q1=C1m1 (T1 - T0) (2)

Kalorimetr qabul qilgan issiqlik miqdori:




Q2=C2m2(T1-T0) (3)

Aralashtirish metodiga asosan qattiq jism chiqargan va kalorimetr bilan suv qabul qilgan issiqlik miqdorlari bir biriga teng bo‘lgani uchun, issiqlikning balans tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:


Q=Q1+Q2 (4)

(1),(2) va (3) larni nazarda tutib, (4) ni quyidagicha yozish mumkin


mc(T-T1)=m1C1(T1 -T0)+C2m2(T1-T0) (5)

(5) tenglikdan qattiq jismning solishtirma issiqlik sig‘imi:




(6)
bo‘ladi.

Jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash uchun ko‘pincha kalorimetrdan foydalaniladi (1-rasm). Kalorimetr tsilindrik metall idishidan iborat bo‘lib, hajmi kattaroq bo‘lgan xuddi shunday idishning ichiga issiqlikni yomon o‘tkazadigan tengliklar (probka, yog‘och va shunga o‘xshash) ustiga joylashtiriladi. Idish devorlari orasidagi havo issiqlikni yomon o‘tkazadi.
Tekshiriladigan jismni isitish uchun alohida idish ishlatiladi (2-rasm). Bu idishga suv solib, ipga bog‘lab tekshiriladigan jism suvga tushiriladi. Suv isitgich P yordamida qaynatiladi. Uning temperaturasi T yordamida o‘lchanadi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin