Fizika kafedrasi umumiy fizika fanidan



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə11/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#164064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Uslubiy ko\'rsatma kimyo biologiya автовосстановление

Nazorat savollari:
1. Gaz molekulalarining tezliklari bo‘icha Maksvell taqsimotini izohlang.
2. O‘rtacha arifmetik, o‘rtacha kvadratik va extimolli tezliklar formulalarini yozing.





6-LABORATORIYA ISHI
SUYUQLIKNING ICHKI ISHQALANISH KOEFFITSENTINI STOKS USULI BILAN ANIQLASH

Ishning maqsadi:

jismlarning qovushoq suyuqlikdagi harakatini o‘rganish va qovushoqlik koffisiyentini Stoks usuli bilan aniqlash.

Kerakli asboblar:

Stoks qurilmasi, sharchalar, mikrometr, elektr sekundomer.



NAZARIY MA’LUMOT
Barcha real suyuqlik va gazlar qovushoqlikka yoki ichki ishqalanishga ega. Qovushoqlik jismning harakatini vujudga keltirgan sabab yo‘qolgach, sekin - asta bu harakatning so‘nishida namoyon bo‘ladi.
Suyuqlik yoki gazdagi qovushoqlikni quyidagicha izohlash mumkin. Suyuqlik yoki gazning bir -biridan dx masofoda joylashgan ikki qatlami V1 va V2 tezlikka ega bo‘lsin. Sekinroq harakat qilayotgan qatlamga tezroq harakat qilayotgan qatlam tomonidan tezlatuvchi kuch ta’sir qiladi. Aksincha, tezroq harakat qilayotgan qatlamga sekinroq harakat qilayotgan qatlam sekinlatuvchi kuch bilan ta’sir qiladi. Bu kuchlar ichki ishqalanish kuchlari bo‘lib, ular qatlamlar sirtiga urinma bo‘ylab yo‘nalgan. Nyuton aniqlashicha qatlamlarning bir - biriga tegib turgan sirtlari yuzasi qanchalik katta bo‘lsa, bu kuchlar shunchalik katta bo‘lib, bir qatlamdan ikkinchi qatlamga o‘tishda oqim tezligining o‘zgarishiga bog‘liq:
(1)

bu yerda:

F - ichki ishqalanish kuchining moduli (son qiymati),




- oqim tezligi gradienti moduli,




S - qatlamlarning bir - biriga tegib turgan sirtlari yuzasi,




 - ishqalanish koffitsienti (qovushoqlik).

Stoks qonuniga ko‘ra, sharcha qovushoq muxitda uncha katta bo‘lmagan tezlik bilan harakatlanganda unga ta’sir etadigan qarshilik kuchi
Fs = 6  r V (2)
formula bilan aniqlanadi; bu yerda: r - sharcha radiusi, V - uning tezligi.
Sharcha qovushoq suyuqlikda harakat qilganda unga R og‘irlik kuchi, FA Arximed kuchi xamda Fs ichki ishqalanish kuchi ta’sir qiladi ;
(3)
(4)
Fs = 6  r V (5)
Bu yerda ; mj va ms - sharcha va suyuqlik massasi,
j va s - ularning zichliklari, r - sharcha radiusi,
V - sharchaning tushish tezligi, g - erkin tushish tezlanishi.
Faqat harakat boshidagina sharcha tezlanuvchan harakat qiladi. Sharchaga ta’sir qilayotgan kuchlar bir-birini muvozanatlagan paytdan boshlab sharcha tekis harakat qila boshlaydi, ya’ni
P= FA + Fs (6)
(3) - (5) ifodalarni (6) formulaga qo‘yib
(7)
munosabatni hosil qilamiz. Bu yerda dan aniqlanadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin