Farg‘ona shahar hokimligi, mahalla fuqarolari yig‘ini, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va ota-ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 68,49 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü68,49 Kb.
#201486
  1   2   3   4   5   6   7
Shartnoma - 4 tomonlama


Farg‘ona shahar hokimligi, mahalla fuqarolari yig‘ini, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va ota-ona o‘rtasida tuzilgan


SHARTNOMA

___” _________ 2023 yil № ____ Farg‘ona shahar


Farg‘ona shahar hokimligi nomidan shahar hokimi Nazarov Vosiljon Shuhratovich (bundan buyon matnda Hokimlik deb yuritiladi) bir tarafdan, mahalla fuqarolari yig‘ini nomidan rais (bundan buyon matnda MFY deb yuritiladi) Yuldashev Shavkat Ergashevich ikkinchi tarafdan, Farg‘ona shaxar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga tasarrufidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi maktab direktori (bundan buyon matnda – Maktab deb yuritiladi) Husanov Sharof Alimovich uchinchi tarafdan va maktabning ____ sinf o‘quvchisi ________________________________ ning otasi (onasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) ____________________________ (bundan buyon matnda Ota-ona deb yuritiladi) to‘rtinchi tarafdan birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar.


I. SHARTNOMA PREDMETI


1. Mazkur shartnoma shartlariga asosan hokimlik maktabning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va moddiy-texnik jihatdan faoliyatini ta’minlaydi, MFY o‘quvchining xulq-atvori, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish hamda o‘quvchining o‘quv davomatini nazoratga oladi, maktab o‘quvchining barcha huquqlarini ta’minlagan holda unga sifatli ta’lim-tarbiya berish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, ota-ona esa o‘quvchini maktabga muntazam ravishda qatnashini nazorat qilish, maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.


II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


2.1. Hokimlik quyidagi huquqlarga ega:

Maktabning xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va moddiy-texnik jihatdan faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirib borish;


Maktabni yangidan qurish, joriy va kapital ta’mirlash va moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha istiqbolli rejalar ishlab chiqish va tasdiqlash;
o‘z vakolatlari doirasida maktab uchun moliyalashtirish hajmini belgilash;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan maktabni rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qilish;
ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



Yüklə 68,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin