Farg‘ona shahar hokimligi, mahalla fuqarolari yig‘ini, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va ota-ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 68,49 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü68,49 Kb.
#201486
1   2   3   4   5   6   7
Shartnoma - 4 tomonlama

2.7. Ota-ona quyidagi huquqlarga ega:
O‘quvchining qonuniy huquq va qiziqishlarini himoya qilish;
Maktabning ustavi bilan tanishish;
Mavsumiy cheklov (karantin) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtlardan tashqari vaqtda Maktabning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy hamda ochiq mushg‘ulotlar va h.k.);
Maktabda bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
Maktabda bolalarga ta’lim-tarbiya shakllarini, ta’lim berish tilini tanlash;
Maktabda bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishini hamda bolalarning shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga ta’lim-tarbiya berilishini talab qilish;
Maktabning kun tartibi davomida o‘quvchini Maktabdan olib ketish boshlanish vaqti soat __:__ dan o‘quvchini Maktabdan olib ketishning yakuniy vaqti soat __:__ gacha bo‘lgan davrda yoki o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirish asosida o‘quvchini Maktabdan olib ketish;
Maktab rahbariyatini Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishda __ kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.


2.8. Ota-onaning majburiyati:
Maktab ustavi hamda mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
Pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, o‘quvchilarni aralashtirmay turib, zudlik bilan Maktab rahbariyati bilan muammoni hal qilish;
O‘quvchini Maktabga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota-onalar haqidagi ma’lumotlarni (telefon raqami, yashash va ish joyi xaqida ma’lumotnoma) taqdim etish;
O‘quvchi kasallangan taqdirda, zudlik bilan Maktab ma’muriyati yoki tibbiy xodimlariga xabar berish va o‘quvchi sog‘aygandan so‘ng, tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish;
O‘quvchi vaqtincha qatnamagan kunlari uchun Maktab raxbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta, telegram orqali yuborish);
Maktab ishchi xodimlari va boshqa ota-onalarni xurmat qilish;
O‘quvchini to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalarni shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda o‘quvchini Maktabga ozoda kiyingan holda olib kelish;
O‘quvchining tug‘ilgan kuni va tadbirlarni nishonlash uchun uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari hamda pishiriqlarni Maktabga olib kirmaslik;
Maktabga bolani har qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik;
Yashash joyi yoki telefon raqami o‘zgargan taqdirda, Maktab rahbariyati va sinf rahbariga bu haqda xabar berish;
Bolani oilada tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;
Bolani Maktabdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;
Ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda, Maktabga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish;
Ota-onalar farzandlarining maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etishlarini doimiy nazoratga olishlari lozim.

Yüklə 68,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin