Farg‘ona shahar hokimligi, mahalla fuqarolari yig‘ini, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va ota-ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 68,49 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü68,49 Kb.
#201486
1   2   3   4   5   6   7
Shartnoma - 4 tomonlama

IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI


4.1. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.


V. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

5.1. Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda hamda amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.


5.2. Mazkur shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf, bu haqda qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.
5.3. Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo‘l qo‘yiladi.


VI. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

6.1. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtidan boshlab, kuchga kirgan xisoblanadi.


6.2. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
6.3. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
6.4. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinadigan nizolar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sud tartibida hal qilinadi.
6.5. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi.


VII. FORS-MAJOR HOLATLARI

7.1. Taraflar shartnomasi fors-major holatlari, ya’ni yengib bo‘lmaydigan kuch, favqulotda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (zilzila, qo‘rg‘oqchilik, suv toshqini, yong‘in, sel, do‘l, jala va boshqa tabiiy ofatlar) tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlansa, javobgar bo‘lmaydilar.


7.2. Sodir bo‘lgan fors-major holatlari to‘g‘risida taraflar bir-birlarini ushbu holatlar yuz bergan holda zudlik bilan yozma yoki og‘zaki tartibda xabardor qilishlari shart.
7.3. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlarini davomiyligini hisobga olib, shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.



Yüklə 68,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin