Farg‘ona shahar hokimligi, mahalla fuqarolari yig‘ini, umumiy o‘rta ta’lim maktabi va ota-ona o‘rtasida tuzilgan shartnoma



Yüklə 68,49 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü68,49 Kb.
#201486
1   2   3   4   5   6   7
Shartnoma - 4 tomonlama

2.6. Maktabning majburiyatlari:
Farg‘ona shaxar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktabiga o‘quvchini qabul qilish bo‘yicha beriladigan yo‘llanma asosida o‘quvchini qabul qilish;
O‘quvchining yoshi, individual, psixologik va jismoniy xusususiyatlari, iste’dodi hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish;
O‘quvchining hayotini muhofaza qilish, jismoniy hamda psixologik sog‘ligini ta’minlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari hamda qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondashishni ta’minlash, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga rioya qilish;
Pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bola va ota-onalarning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni turli tazyiqlardan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
O‘quvchining Maktabda bo‘lish jarayonida umumiy o‘rta ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablarining to‘laqonli bajarilishini ta’minlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida sifatli ta’lim berish;
O‘quvchilarning rivojlanishi va umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida ota-onalarga ko‘maklashish;
Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda o‘quvchilarni har taraflama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish;
O‘quvchilarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish va oliy ta’limga sifatli tayyorlash imkoniyatini yaratish;
O‘quvchini Maktabda xodimlarning qo‘pol munosabatlari, bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘satadigan muammolarning turli ko‘rinishlaridan himoya qilishni ta’minlash;
Pedagog va ota-onalarning bola manfaati yo‘lidagi hamkorlik usullarini ustuvor ravishda qo‘llash;
O‘quvchiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, davolanuvchi-profilaktik tadbirlar, reja asosida profilaktik emlash, sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tarafidan tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida o‘tkazish;
O‘quvchida o‘qishga intilish hissini o‘rgatish, ularni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
Ota-onalardan bola ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan narsalar va boshqa maqsadlarda majburiy tarzda pul yig‘maslik;
O‘quvchiga tegishli bo‘lgan narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;
Ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan o‘quvchini qabul qilib olish va ularga topshirish;
Ota-onalarni Maktab ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari, Maktabning manzili va telefoni hamda ta’limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish.



Yüklə 68,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin